Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

«Manchester Yunayted»ning umidlari. Ular hozir qayerda?!

«Manchester Yunayted»ning umidlari. Ular hozir qayerda?!

Baho:
+ | -

Dunyoda yuz millionlab muxlislari bo‘lgan jamoa «MYU», Ser Aleks Fergyusonning so‘nggi, 2012-2013 yilgi mavsumidan beri hech qanday sovrin yuta olmagan(Angliyada). To‘g‘ri, bu jamoa 20 marta Angliya chempioni bo‘lgan. Yana 12 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Ammo, «qizil iblislar»ning so‘nggi 10 yillik tarixiga nazar solsangiz, jamoa ancha bo‘shashib qolganiga guvoh bo‘lasiz. Bizning quyida bayon qiladigan mavzumiz, aslida boshqa narsa haqida. Bu mavzu «MYU» yoshlariga bag‘ishlanadi. Ular 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi mamlakat kubogi bahsida zafar quchgan edi. Ammo o‘sha yigitlar hozir qayerda? Ularga nima bo‘ldi? Bilishni istaysizmi, unda o‘qishda davom eting!

Tom Xiton

Xiton 2002 yilda «Reksxem» klubidan jamoaga qo‘shilgach, yoshlar va asosiy tarkibning zahira darvozaboni sifatida faoliyat yuritadi. U hech qachon asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagan. Shu sababdan 2010 yilda jamoani tark etib, «Kardiff» klubiga yo‘l oladi. Shundan beri Xiton «Byornli», «Aston Villa» kabi jamoalarda o‘ynadi. U hatto Angliya terma jamoasiga ham jalb etilgan. Bugungi kunda esa, Xiton yana «MYU» sharafini himoya qilmoqda.

Jerar Pike

Dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan birining katta futboldagi qadamlari aynan Manchester shahrida rivojlangan. Pike «Barselona» akademiyasidan «MYU»ga ko‘chib o‘tadi. U tez orada klub bilan APL hamda YECHL g‘olibiga aylanadi. 2008 yilda yana Ispaniyaga qaytgan Pike, o‘z sovrinlar jamg‘armasini endi «Barsa» safida to‘ldira boshlaydi. Sakkizta La liga tituli, yana uchta YECHL kubogi, Jahon hamda Yevropa chempionligi Pike nomini futbol tarixida o‘chmaydigan qilib qo‘ydi.

Li Sims

«MYU» yoshlari tarkibidagi yana bir himoyachi. U bir paytlar Pike bilan birga himoya markazida faollik ko‘rsatar edi. Sims Yoshlar o‘rtasidagi chempionlikdan keyin «Kardiff» klubiga o‘tadi, ammo bu ko‘chish omadli bo‘lmaydi.

Fil Bardsli

Pike hamda Simsning yaxshi harakati Filning yaxshi o‘yiniga qattiq bog‘langan edi. Negaki, u «MYU» yoshlari safida o‘ng qanotni qo‘riqlagan. U bir muddat katta jamoa safida ham harakat qiladi. 2008 yilda esa, Bardsli «Sanderlend» safiga yo‘l oladi. Uning keyingi faoliyati ham APLda, «Stok Siti» hamda «Byornli» tarkibida kechdi.

Pol MakSheyn

MakSheyn klub yoshlari safiga 2003 yilgi zafarli o‘yindan bir yil ilgari qo‘shilgan edi. Ammo hech qachon asosiy jamoa tarkibida o‘ynamagan. Irlandiya terma jamoasining sobiq a’zosi keyingi paytlarda «Vest Brom», «Sanderlend» hamda «Riding» futbolchisi sifatida harakat qildi. Uning eng esda qolarli goli 2012-2013 yilgi mavsumning so‘ngi kunida kiritilgan edi.

Devid Jons

2003 yilgi chempionlikda yoshlar tarkibida sardorlik qilgan futbolchi, klubning yana bir omadsiz vakil hisoblanadi. Jons «MYU» kattalari safida harakat qilmaydi. Shunga qaramay, yarim himoyachi APLda «Derbi», «Vulverxempton», «Byornli» kabi klublar sharafini himoya qildi. Futbolchi ayni damda 36 yoshni qarshi olgan va «Reksxem» klubida o‘ynovchi-murabbiylik bilan shug‘ullanmoqda.

Kris Iglz

Iglzni omadli futbolchilar safiga qo‘shsak bo‘ladi. Negaki, u 2003 yilgi chempionlikdan keyin atigi 6 oy o‘tib, «MYU»ning asosiy tarkibida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazadi. Ammo bu yurish davomli bo‘lib chiqmadi, afsuski. Umumiy hisobda 17 marta maydonga tushirilgan futbolchi, 2008 yilda «Byornli»ga sotib yuboriladi. Hozirda 35 yoshda bo‘lgan Igls, «Oldxem» klubida faoliyat yuritmoqda.

Ben Kollett

Ben 2003 yilgi g‘alabaning eng asosiy sababchilaridan biri edi. Biroq u «MYU»ning asosiy jamoasiga kirish baxtiga erisha olmadi. Kollet 2003 yilda klubning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi. U o‘shanda Fergyuson nazariga tushgan edi. Buni qarangki, futbolchi bilan noxush hodisa yuz berdi. Uning oyog‘i o‘yinlarning birida sinib ketadi. Shu sabab, Kollett 2008 yildayoq faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Unga o‘shanda kompensasiya sifatida 4,3 million funt to‘lab beriladi.

Juzeppe Rossi

Rossi yana «MYU»ning kelajagi sifatida qaralayotgan yosh hujumchilardan biri edi. Uning faoliyati ham jarohatlar bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Italiyalik futbolchi AQSHda tavallud topadi va «qizil iblislar» akademiyasiga qo‘shiladi. U ko‘proq amaliyot istab «Vilyarreal»ga ketishga majbur bo‘lgan.

Rossi Ispaniyada o‘zini bir muncha namoyish eta bildi, ammo bu yana «MYU»ga qaytish uchun kamlik qilardi. Shu sabab u ona yurti Italiyaga, «Fiorentina»ga yo‘l oldi. Uning tizzasidan olgan jiddiy jarohati, eng gullagan davrlarini zahira o‘rindig‘ida o‘tkazishga majbur qilgan edi.

Li Lourens

Futbolchi iqtidorga ega edi. Lidan ko‘p narsa kutilayotgandi. U «MYU» yoshlari bilan g‘alabasidan so‘ng, «Shrevsberi Taun»ga ijaraga berib yuboriladi. Lourensning tuganmas jarohatlari karyerasiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Oxir-oqibat futbolchi «MYU»ni tark etishga majbur bo‘ldi.

Devid Pul

Vinger vazifasini qoyilmaqom qilib bajara oladigan Pul, 2005 yilgacha «MYU» yoshlari safida harakat qildi. So‘ng, tajriba orttirish maqsadida quyi liga jamoalariga yo‘l oladi. «Evil Taun» hamda «Stokport» jamoalari Devidni jon deb asosiy tarkibda maydonga tushirar edi. Lekin unga «MYU»ga qaytish nasib etmadi. Futbolchi boshqa klublarda uzoq vaqt ijara asosida o‘ynadi va sotib yuborildi.


Aynan mana shu futbolchilar yordamida «MYU» 2003 yilgi Yoshlar kubogini(FA Youth Cup) «Midlsbro» ustidan g‘alaba qozonib, qabul qilib olgandi. Hozir esa ularning qaysilaridir, hali-hamon yuqori notada o‘ynamoqda, kimlardir esa futboldan allaqachon ketgan. Yana birlari, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Biz esa ularning barchasiga faqatgina omad va zafarlar tilab qolamiz.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:19, 06.12.2021.
O'qildi: 7115 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.