Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Ular ketishi kerak: “Manchester Yunayted”ning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan futbolchilar.

Ular ketishi kerak: “Manchester Yunayted”ning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan futbolchilar.

Baho:
+ | -1

Kecha “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Garchi, Rangnik shogirdlari 3 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, hamon “qizil iblislar”ning o‘yinida o‘zgarish yo‘q va qandaydir ishonchsiz tarzda harakat qilmoqda.

Ser Aleks Fergyuson va klub afsonalari ham o‘z sevimlilarining ko‘rsatayotgan o‘yinidan norozi. Ular chempionlikka harakat qilmayotgan jamoaning o‘yiniga keskin tarzda e’tiroz bildirmoqda. Premyer-liganing yetti karra g‘olibi Roy Kin sevimli klubining holatiga munosabatini bildirib o‘tdi:

“Maktominay va Fred “Manchester Yunayted”ning o‘rta chizig‘ida o‘ynashar ekan, ular katta sovrinlarni qo‘lga kirita olmaydi. Bunday o‘yinchilar bilan “Man Siti” bilan farqni yo‘qotib bo‘lmaydi. Umuman imkoniyat yo‘q”.

Rangnik uchun “asal oyi” boshlandi. “Manchester Yunayted” muxlislari va xo‘jayinlarining bosimi bir muncha vaqt yuqori bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik nemis mutaxassisi kelishini ham MYU o‘yiniga katta ta’sir o‘tkazishiga ishonmaydi. Sababi, “qizil iblislar” tarkibida jamoaga mos bo‘lmagan o‘yinchilar bor. Hozir esa aynan shu haqida suhbatlashamiz.  

 

Fred (yarimhimoyachi, 28 yosh)

Fernandes haqli ravishda hazillashdi. Fredning yilda bir yoki ikki marta gol uradi, ammo braziliyalik ushbu gollarni juda mhim paytda kiritadi.  Fred ajoyib yarimhimoyachi, lekin “Manchester Yunayted” uchun emas, balki “Shaxtyor” uchun. Butun mavsumni “Arsenal”ga yoki “Kristal Pelas”ga qarshi bahslarda gol urish orqali muvaffaqiyatli ddeb bo‘lmaydi. Uning Premyer-ligadagi butun faoliyati davomida atigi 4 ta gol bor. Uning urgan gollari o‘z yo‘liga, ammo Kin haq, braziliyalikning saviyasi Premyer-liga chempionligi uchun kurashadigan jamoaga mos emas.

 

Garri Maguayr (markaziy himoyachi, 28 yosh)

Futbol tarixidagi eng qimmat markaziy himoyachi. Britaniyaliklar futbolchilar uchun ortiqcha pul to‘lashni yaxshi ko‘rishlariga yana bir misol. Ehtimol, biz klub menejerlarining qobiliyatsizligi bunga sabab bo‘lar. Van Deykni sotib olmoqchi bo‘lgan Gvardiola Diasni sotib olgan joyda esa “qizil iblislar” Maguayrga pul tikishdi. Yevropa chempionati kabi qisqa turnir yaxshi o‘ynashi mumkin. Ammo Garri beqaror va kulguli xatolarga moyil. Bunday markaziy himoyachi bilan Angliya chempioni bo‘lish qiyin.

Skott Maktominay (yarimhimoyachi, 24 yosh)

Shunchaki, bu futbolchi yaxshi o‘ynay olmayapti. Imkoniyatlarni qanday yaratishni bilmaydi. Maktominay mehnatsevar yigit, lekin unga tajriba yetishmaydi. Skott tezda qaror chiqarishga qiynaladi va imkoniyatni qo‘ldan bosh beradi. Raqibning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, u shunchalik tez-tez xato qiladi.

 

Antoni Marsyal (xujumchi, 25)

Antoni endigina yigirma besh yoshda. Bunga ishonish qiyin, chunki u ham dinozavrlar davrida o‘ynaganga o‘xshaydi. Ammo jiddiyroq aytadigan bo‘lsak, Marsyal “Vest Xem” yoki “Lester” uchun munosib futbolchi, ammo “Manchester Yunayted”da o‘ynashi g‘alati holat. U Premyer-ligada mavsum davomida o‘rtacha atigi 8,6 ta darvoza tomon zarba yo‘llagan. Eng yaxshi mavsum bir mavsumda 7 ta gol. Saloh bir yarim oy ichida shuncha gol urdi.

 

Donni van de Bek (yarimhimoyachi, 24 yosh)

MYUning eng omadsiz xaridlaridan biri. Ehtimol Sulsher uni omadsizga aylantirgandir. Donni Rangnik tuzadigan jamoaga tushadigan futbolchiga o‘xshab ko‘rinishi aniq va Ralf unga ishonishni mumkin. Ammo gollandiyalikning o‘zi jamoadan juda ham norozi. U Manchesterda o‘zini noqulay his qilmoqda. Bunday sharoitda yangi klub haqida o‘ylash va o‘z omadini boshqa joydan qidirishdan osonroq variant yo‘q..

 

Aleks Telles (himoyachi, 28 yosh)

“Manchester Yunayted” futbolchini bor-yo‘g‘i 15 million yevroga sotib oldi, biroq ular braziliyalik jamoaga nima bera olishi haqida aniq tushunchaga ega emas edi. Aleks har doim bitta o‘yinda yonib turishi mumkin, ammo muhim bahslarda uning darajasi ko‘rinib qoladi. Tellesning Chempionlar ligasi yarim finali qahramoniga aylanishini tasavvur qilishning deyarli imkoni yo‘q. Braziliyalikka tajriba yetishmayapti.

 

Jessi Lingard (vinger, 28 yosh)

Jessi Lingard alohida masala. U ko‘p holllarda juda ham zo‘r o‘ynaydi. Ba’zida esa uning o‘yiniga tushinish qiyin. Aslida, shu narsaga klubning o‘zi sababchi. Jessi futbol olamiga qanday kirib kelgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Jessi har doim beqaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, chamamizda. Uning borligi jamoaga foyda ham emas, zarar ham emas. Ehtimol, Lingard boshqa jamoaga o‘tgani foydaliroq bo‘lishi mumkin.

 

Diogo Dalot (himoyachi, 22 yosh)

Agar van de Bek “Manchester Yunayted” rahbariyati rejasida yo‘q bo‘lsa, unda Dalot ham bu ro‘yxatga kirishi kerak. Dalot “Milan”da ijarada o‘ynagandan so‘ng, italiyaliklarga shartnomasini to‘liq sotib olishga ko‘ndira olmadi. Terma jamoada 0 ta o‘yin o‘tkazgan portugaliyalikning MYUning cho‘qqiga chiqishida yordamchiga aylanishiga kimdir jiddiy ishonadimi?

 

Pol Pogba (yarimhimoyachi, 28 yosh)

Jahon chempioni “Manchester Yunayted” safida kutilganidek o‘yin ko‘rsatmayapti. Klub fransuz bilan ancha oldin xayrlashishi kerak edi. Pogbaga boshqa jamoalardan talab bor. Ammo, negadir MYU uni boshqa klubga qo‘yib yuborishni istamayapti. Ko‘pincha Pogbaning o‘yiniga ishonch yetishmaydi. Go‘yoki, Pogbada yulduzlik kasalining sindromi kechayotgandek. Umuman olganda, Pol MYUning o‘yiniga mos emas. Ehtimol, boshqa jamoaga ketishi kerakdir?!


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 23:53, 06.12.2021.
O'qildi: 16409 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.