Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

“Barselona“ning ayni paytdagi ayanchli qismatida kim yoki kimlar aybdor?

“Barselona“ning ayni paytdagi ayanchli qismatida kim yoki kimlar aybdor?

Baho:
+ | -

Kecha Chempionlar Ligasi bir-biridan qiziq va kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi. “Atalanta“ – “Vilyarreal“ o‘yinining ob-havo tufayli boshqa kunga ko‘chirilishi, “Chelsi“ning Sankt-Peterburgda jiddiy qarshilikka uchrab, 1 o‘rinni boy berib qo‘ygani, “Sevilya“ning yana Yevropa Ligasiga yo‘l olayotgani va eng asosiysi, “Barselona“ning pley-off eshigi oldidan “uloqtirib“ yuborilmog‘ini ko‘pchilik kutmagandi. Biz bugun aynan mana shu katalon klubi va undagi muammolar haqida fikr yuritmoqchimiz. Jamoa nega bu qadar ojizlanib qolgan? Kechagi “Bavariya“ga boy berilgan bahs qaysi xatolar evaziga sodir bo‘ldi? Bunday natijalar qayd etilishiga kimlar yoki nimalar sababchi bo‘lmoqda? Shu kabi savollarga batafsil javob berishga harakat qilamiz.

Germaniyada yutqazilgan pley-off chiptasi

“Nemis mashinasi“ bilan bo‘lgan bahsda “Barselona“ning har tomonlama raqibga kuchi yetmadi. Bunga butun dunyo va o‘sha “ko‘k-anor ranglilar“ning ashaddiy muxlislari ham guvoh bo‘lishdi. Ilk bo‘limning o‘zidayoq 2 gol urishga muvaffaq bo‘lgan nemis klubi qolgan 45 daqiqalikda ham raqibga aslo imkon qoldirmadi. Aslida, bu o‘yinda mehmonlar uchun faqat va faqat g‘alaba qoniqarli natija bo‘lardi. Durang qayd etilgan taqdirda ham “blaugranas“ning taqdiri “Benfika“ – “Dinamo Kiyev“ uchrashuvidagi natijaga bog‘liq bo‘lardi. Aksiga olib, Portugaliyadagi matchda ham mezbonlar kiyevlik raqiblarini tor-mor keltirdi. Shu tariqa, ispan klubi 18 yillik tanaffusdan so‘ng yana Yevropa Ligasi havosidan nafas oladigan bo‘ldi.

Klub o‘yinidagi muammolar

Futbolni yetarlicha tushunadigan har qanday muxlis Kataloniya bosh jamoasining qisqa uzatmalarga asoslanib, to‘p nazoratini egallash orqali o‘yin qurishini yaxshi biladi. Bu ularning an’anasiga aylanib qolgandi. Biroq Gvardiola ismli daho ketganidan buyon, “Barsa“ ushbu uslubdan tobora uzoqlashib bormoqda. Hatto Enrike murabbiyligida trebl qayd etilgan mavsumda ham klub tiki-taka usulidan to‘liq foydalanmasdi. Yaqinda Xavi jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, muxlislar yana o‘sha afsonaviy uslub qaytadi deb o‘yladi. Deyarli shunday bo‘ldi ham. Xavi boshchiligidagi ilk uchrashuvda “ko‘k-anor ranglilar“ 65% to‘p nazoratiga egalik qildi, raqib darvozasi tomon 16ta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Qisqasi, butun o‘yin davomida dominantlik qildi. Biroq katta jamoalar bilan kechadigan bahslarda ko‘rinib qoldiki, Xavi qo‘l ostidagi futbolchilar kuchli bosim va tartibli futbolga qarshi hali tayyor emas. Ular hali yana tajriba to‘plashlari kerak, nazdimizda.

Yaxlit taktik sxemaning yo‘qligi

Hozirgi “Barselona“da aniq taktika bor deb aytish qiyin. Kuman davrida boshlangan taktik rotasiyalar sabab ayni paytda klub sxema tanlovi bo‘yicha arosatda qolib ketgan. Goh 3-5-2, goh 4-3-3, ba’zida esa 4-4-2 singari chizmalar bilan harakatlanayotgan mazkur jamoa yangi taktik ishlanmalarga moslasha olmayapti. Shuningdek, futbolchilar ham aniq bir pozisiyaga ega emas. Darvozabondan tashqari deyarli hamma o‘zi uchun notanish bo‘lgan pozisiyalarda sinab ko‘rilmoqda. Bu esa ularning bor salohiyatini ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmoqda. Masalan, Dest, Depay, Koutinyo, Alba kabi o‘yinchilarni mana shu ampluada harakat qiladi deb ishonch bilan ayta olmaysiz. Agar bugun Dest va Albalar himoyada harakatlanayotga bo‘lsa, navbatdagi bahs qaydnomasida yarim himoyachi sifatida ko‘rsatiladi. Depay hamda Koutinyo esa markazdan qanotlarga rotasiya qilinaverib, o‘z chizig‘i qaysi ekanligini unutib yuborgan bo‘lsa ham ajabmas.

Inqiroz boshlanishidagi aybdor

Kimnidir alohida ajratib aybdor deya ko‘rsatishdanda osoni yo‘q. Ha, klubning hozirgi salbiy natijalari kimlarningdir noto‘g‘ri harakatlari bois yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Masalan, klub sobiq prezidenti Xosep Bartomeu – bu inqirozda eng ko‘p tanqidlarga duchor bo‘layotgan va yagona aybdor deya ko‘rsatilayotgan shaxslardan. Uning olib borgan transfer siyosati, moliyaviy islohotlari “blaugranas“ uchun umuman foyda keltirmadi. Biroq biz uchun qaysidir insonni bu salbiy natijalar qayd etilishida asosiy aybdor deya ko‘rsatish xato bo‘ladi. Asosiy aybdor “Barsa“da avlodlar almashinuvining boshlanganligi. Baribir qachondir Messi, Xavi, Inyesta, Suares, Neymarlarning jamoani tark etishi kataloniyaliklarga ta’sir qilishi kerak edi. Fati, Niko, Gavi, Puchdek yosh iqtidorlar tajriba to‘plab, jamoaga moslashib ketgunga qadar “Barselona“ ijobiy natijalarni hayol qilishi mumkin emas. Tajribalilar ortidan shijoatli yoshlar keladi va ular tajriba orttirib, klub ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shadi.

 ******

Ma’lumki, har narsada vaqti kelib o‘sish va pasayishlar kuzatiladi. Futbolda ham bu qoidalar o‘zgarmagan. Qaysidir jamoa eng yuqori darajaga chiqib turgan vaqtda boshqasi o‘sha yuqori darajadan pastga qarab sho‘ng‘iyotgan bo‘ladi. Muhimi, yiqilishdan so‘ng yana qayta o‘rnidan tura bilmoqlik kerak. Kuchlilarning qudrati aynan mana shunda to‘la namoyon bo‘ladi. Bizningcha, “Barselona“ hozir ayni shu jarayonni boshdan kechirmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:05, 09.12.2021.
O'qildi: 6857 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.