“Barselona” va “Anji”ning sobiq hujumchisi Samuyel Eto'O Kamerun futbol federasiyasi prezidenti etib saylandi, deb xabar berdi assosiasiya matbuot xizmati.
Eto'O Kamerun terma jamoasi safida 118 o‘yinda 56 gol urgan. Shuningdek, futbolchi to‘rt marta Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Futbolchi "Barselona" va "Inter" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Ispaniya va Italiya chempioniga ham aylangan.