Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

CHL qur’asi paytida qiziq holat ro‘y berdi. Qur’a qaytadan o‘tkaziladimi?

CHL qur’asi paytida qiziq holat ro‘y berdi. Qur’a qaytadan o‘tkaziladimi?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash paytida tashkilotchilar xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida qiziq holat yuzaga keldi.

“Vilyareal”ga raqib tanlanayotgan paytda, tashkilotchilar xatoga yo‘l qo‘yib, ehtimoliy raqiblar savatchasiga “MYU”ni qo‘shib qo‘yishdi. Taqdirni qarangki, Arshavin aynan “MYU” sharigini chiqarib berdi va shu tariqa ushbu xato haqida hamma bilib qoldi. Shariklar ikkinchi marta tortilib, bu safar “Vilyareal”ga raqib sifatida “Manchester Siti” chiqdi.

U ham mayli, keyingi qur’a – “Atletiko”ga qarshi raqiblar tanlanayotganda, “MYU” sharigi ehtimoliy raqiblar savatchasiga solinmadi. Avvalgisida “MYU”ga atalgan sharik bekorga tashlab yuborilgani uchun shu tariqa xatoni to‘g‘rilashgandir, kim biladi. Rasmda ko‘rib turganingizdek, “Atletiko”ga aslida “MYU” emas, “Liverpul” qizartirilishi kerak edi. Ekranda shu holat bo‘lgani bilan, savatchaga “MYU” sharigi ham, “Liverpul” sharigi ham solinmadi.

Natijada “Atletiko” – “MYU” juftligi ehtimoli umuman yo‘qoldi. Bu texnik xato, aslida butun qur’ani boshqatdan o‘tkazishga ham arzirli sabab ham bo‘la olardi.

Manba: https://t.me/asl_futbol

Ҳа, "Атлетико" аллақачон УЕФА билан қуръадаги хато борасида музокара олиб бормоқда, "Юнайтед" ҳам тушунтириш кутяпти. Тўғрида, икки жамоа ҳам бир-бирига тушишнинг ўрнига "Бавария" ва "ПСЖ" мисолида кучлироқ рақибларга дуч келишди. Агар "Зальцбург" ва "Спортинг"ни олишганида шунақа эътироз қилишармиди)

Хуллас, баъзи журналистлар, жумладан Палмерининг ёзишича, қуръа бошидан ўтказилиши мумкин.

Kiritildi: 17:39, 13.12.2021.
O'qildi: 8004 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.