Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Tobol»: 11 yil kutilgan chempionlik

«Tobol»: 11 yil kutilgan chempionlik

Baho:
+ | -

Qozog‘iston chempionatida yangi chempion nomi ma’lum bo‘ldi. Hamyurtimiz Igor Sergeev to‘p suradigan Kustanayning «Tobol» klubi o‘z tarixida ikkinchi marta shohsupaga ko‘tarildi. Uzoq vaqt davomida «Astana» va «Qayrat» boshqa da’vogarlarni yaqinlariga yo‘latmay kelishdi. «Astana»ning 6 yillik (2013|2019) hukmronligiga o‘tgan yili «Qayrat» chek qo‘ygandi. Kustanayliklar g‘alabasining ahamiyati shundaki, «Astana» hozirgi, «Qayrat» esa sobiq poytaxtning jamoalari, infratuzilma va moliyaviy imkoniyatlar bobida ularga teng keladigani yo‘q. Kustanay esa, aholi soni bo‘yicha 11, hududi bo‘yicha 8-o‘rindagi shahar. 2010 yildagi chempionlikdan keyin «Tobol» qatorasiga 7 yil davomida hatto yetakchi to‘rtlikdan joy olishni ham uddalay olmadi. Lekin so‘nggi mavsumlarda barqarorlik namoyish etib, bu galgisida 1-o‘rinni egalladi.


Muvaffaqiyat siri nimada?

Umirzoq Shukeevning hokim lavozimiga tayinlanishi bilan Kustanayga futbol qudrati ham kirib keldi. Futbol ishqibozi bo‘lgan rahbar asta-sekin «Tobol»ni qo‘llab-quvvatlay boshladi: ham e’tibor, ham moliyaviy sarmoyalar bilan. Shu tariqa klub 2002 yilda ilk bor sov-rindorlar uchligiga ko‘tarildi. 2003 yilda jamoa Intertoto kubogida qatnashib, 3-raundgacha yetib bordi. Shundan keyin «Tobol» muntazam ravishda yetakchi uchlikda yurdi, UYEFA kubogi turnirlarida ishtirok etdi («Bazel» va «Galatasaroy» bilan durangga erishgan), mamlakat va Intertoto kuboklariga sazovor bo‘ldi. 2004 yilda hokimlikka kelgan Sergey Kulagin o‘rindoshining ishini davom ettirdi.

Ana shu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, 2010 yilda «Tobol» o‘z tarixida ilk marta chempionlikka erishdi. Biroq tarixiy muvaffaqiyatdan keyin jamoaga ko‘z tegdi - muvaffaqiyatning asosiy tashabbuskori bo‘lgan klub direktori Halimjon Yerjanov bilan bosh murabbiy Ravil Sabitov o‘rtasida ixtilof yuzaga keldi. Hokim Sabitovga ishonch bildirdi, Yerjanov, uning ortidan yetakchi futbolchilar jamoani tark etdilar. Ularning o‘rnini o‘rtamiyona o‘yinchilar to‘ldirishdi. Natijada «Tobol» omadsizlikka uchradi, Sabitov 12-turdan keyin iste’foga chiqarildi. 2012 yilda Kulagin ham o‘z lavozimidan chetlatilgach, jamoa qatorasiga 6 mavsumni o‘rtamiyonalar safida o‘tkazdi.

2015 yilda yangi hokim Arximed Muhambetov kelishi bilan Kustanay futboli yana jonlandi. «Tobol» faoliyatini 20 yildan beri yoritib kelayotgan «Kustanay yangiliklari» gazetasi muxbiri Farid Dandibayev shunday hikoya qiladi: «Qozog‘iston futbolida ko‘p narsani ma’muriy resurs hal qiladi. Arximed Muxambetov klubga jiddiy e’tibor qaratib, sezilarli sarmoyalar kiritmoqda. Joriy mavsum klub byudjeti davlat tomonidan kamaytirildi. Lekin «Tobol»da xususiy homiylar paydo bo‘lishdi. Ularning qay tariqa kelganliklaridan bexabarman. Agar Muxambetov lavozimini tark etmasa, jamoa yanada ko‘proq ko‘mak oladi. Chunki u YECHLda ishtirok etadi. Hozir Kustanaydagi stadionni UYEFAning 4-toifasi talablariga moslash uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda».


Resurslar: maoshlar, 3ta arena, muxlislar qiziqishi

Qozog‘istonning 1-raqamli futbol sharhlovchisi Oydin Hojiahmat izohi: «Tobol» joriy mavsumdagi eng bar-qaror jamoa bo‘ldi. Ortiqcha ochko yo‘qotmadi, atigi 1 marta mag‘lubiyatga uchradi. 26 uchrashuvning 18tasida g‘alaba qozondi. Hokimning ko‘magi bilan «Tobol» ko‘plab imkoniyatlar va kuchli tarkibga ega bo‘ldi. Futbolchilarning aksariyati terma jamoa a’zolari, legionerlar saviyasi yuqori. Jamoa Toshichsiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi.

Imkoniyatlar borasida «Tobol» «Astana» va «Qayrat»dan qolishmaydi. Maosh masalasida esa faqat «Qayrat» saxiyroq. Jamoa asosiy va zaxira stadionlariga, manejga ega, infratuzilma bo‘yicha «Qayrat»dan ke-yingi o‘rinda».

Mavsum davomida «Tobol» bosh murabbiyi o‘zgardi: Babayan o‘rnini Moskalenko egalladi. Babayan davrida jamoa risoladagidek o‘ynayotgandi, Moskalenko yanada kuchaytirdi - ayniqsa, oldingi chiziqni. Bundan tashqari, avval jamoa standartlardan unumli foydalanar va himoyaga ko‘proq e’tibor berardi. Endi u hujumkor o‘ynamoqda. Lekin ishonchli himoyani ham unutgan emas - chempionatda barcha jamoalardan ozroq to‘p o‘tkazib yubordi. Avvallari «Tobol» ko‘pincha o‘zidan zaifroq jamoalarga imkoniyatni boy berardi. Hozir bu kamchilikka barham berildi.

Shaharda jamoaga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. Ayniqsa, iyul oyida «Tobol» o‘z maydonida Xorvatiyaning «Xayduk» klubini taslim etganidan keyin. Ehtimol, bu so‘nggi 10 yillikdagi eng ehtirosli bellashuv bo‘lgandir. Tribunalardagi bayramona muhitni ta’riflash qiyin. Muxlislarga stadion eshiklari ochilganidan keyin, ular chipta xarid qilish uchun soatlab, hatto undan ham ko‘proq vaqt navbatda turishga majbur bo‘lishmoqda. Demak, qiziqish chindan ham kuchaygani aniq.

«Astana» va «Qayrat» odatdagidan zaifroq

Mavsum starti «Qayrat» uchun o‘ta omadsiz kechdi. «Astana» butun mavsumni o‘z saviyasidan ancha past darajada o‘tkazdi. Menimcha, chempionlikni uning o‘zi boy berdi. Hozir jamoada tartibsizlik hukmron - rahbariyat o‘zgargan, boshqaruv muammolar girdobida. «Astana» «Tobol» va «Qayrat»ga qarshi bahslarda 3ta durang va bitta mag‘lubiyatni qayd etdi. Nazarimda, Tixonov aynan shu o‘yinlarda chempionlikni boy berdi. Oxir-oqibat, uning jamoasi ilk marta Qozog‘iston tashqarisida ham namoyish etilgan uchrashuvni hakamdan xafa bo‘lgan va oltin medallardan judo bo‘lgan holda tark etdi.

 

Hakamlar yordam berishganmi?

Oydin Hojiahmat: «Tobol» hakamlarni sotib olgan, degan fikr tasdiqlanmadi. Lekin mavsum davomida hakamlar «Tobol» foydasiga qaror chiqarishgani rost. Buni butun mamlakat ko‘rdi. Xalq orasida «Tobol»ga yordam beradigan bir nechta hakamlar borligi va jamoa o‘yinlariga aynan ular ko‘proq tayinlanishi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Lekin bu bilan jamoa chempionligi haqqoniy emas, degan fikrga kelmaslik kerak. «Tobol» - yaxshi shakllangan kuchli jamoa. U hakamlar ko‘magisiz ham chempion bo‘lishga qodir».

Farid Dandibayev: «Men hakamlar natijalarga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarni qabul qilishdi, deya olmayman. «Tobol» mavsum davomida yuksak saviyada to‘p surdi».

Maqola muallifi va «Tobol» muxlisi Valeriy Polevikov monologi: «Kustanayda tug‘ilib, 20 yil shu shaharda yashadim. Men tomosha qilgan dastlabki uchrashuv: 2003 yil, Intertoto kubogi, «Tobol» - «Poloniya». O‘shanda 6 yoshda edim va charchab, onamning tizzasida uxlab qolgandim. Lekin o‘yin menga yoqib qolgandi. O‘sha yillari Kustanay futbolining oltin davri edi. Har yili 2 yoki 3-o‘rin, yevrokubok musobaqalari. Kimga qarasang, futbol haqida gapirayotgan, stadionga oshiqayotgan. 10 yoshga chiqqunga qadar har yili tug‘ilgan kunimda sham yoqib, «Tobol»ning chempion bo‘lishini so‘rardim. 2010 yildagi chempionlikdan keyin «Tobol»ga qiziqishim pasayib ketdi, bir necha yil futbolga befarq bo‘lib qoldim. Keyinchalik qiziqishim qaytgan bo‘lsada, Qozog‘iston chempionatini ko‘rmadim. Chunki Yevropa ligalariga qiziqib qolgandim. Hozir «Tobol» muxlisiman, deya olmayman. 11 yilda ko‘pi bilan 20tacha uchrashuv guvohi bo‘ldim. Sababi, boshqa shaharga ko‘chib ketganman. Biroq natijalarni kuzatib boraman, klubdagi voqealardan xabardorman. Va nihoyat, «Tobol» yana chempion. Klubning 54 yillik faoliyatidagi 4-sovrin. Vujudim ajib hissiyotlar og‘ushida. O‘zim olisdaman, lekin xayolan Kustanaydaman. Shahar shodiyonasini his etyapman. Qalbim faxr va quvonchga to‘la. Shu sababli daryo nomi bilan ulug‘langan jamoaga tabrigimni yo‘lladim».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:00, 15.12.2021.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.