Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Taxtga qaytayotgan “qirollik klubi“

Taxtga qaytayotgan “qirollik klubi“

Baho:
+ | -

Oxirgi yillarda ispan futboli katta va jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi. Ayniqsa, grandlar uchun so‘nggi yillar ancha og‘riqli bo‘ldi. Ronalduning Ispaniyani tark etishi “buqalar yurti“ futbolida inqilob qilish uchun ilk sabab bo‘ldi deyishimiz mumkin. Shundan so‘ng, YECHLning 13 karra g‘oliblari juda ko‘p islohotlarga qo‘l urdi. Jamoada yoshlar va akademiyaga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Jamoa rahbariyati yirik xaridlar amalga oshirish uchun har qanday transferlarga pul sarflashdan tiyildi va hozir shu olib borilgan islohotlar o‘ta samarali bo‘lgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Madrid superklubi yana avvalgi qudratini tiklab bormoqda. Hozir biz aynan mana shu haqida batafsil so‘z yuritishga qaror qildik.

Papa Karlo effekti

Karlo Anchelotti oxirgi yilarda xuddi Joze Mourinyo singari murabbiylik faoliyatidagi natijalari biroz orqaga ketayotgandi. Ammo yozda u uchun yana bir imkon paydo bo‘ldi. Zidandan ayrilgan “Real Madrid“ klubi ZiZuning o‘rniga uning ustozini olib kelishni lozim topdi. Klub prezidenti Florentino Peresning fikricha, Anchelottining tajribasi “Real“ning kelajakdagi jamoasi uchun juda mos tushadi. Bundan tashqari, “qirollik klubi“ oxirgi yillarda juda kam gol urayotgandi. 1:0 hisobi Madrid jamoasi uchun odatiy holga aylanib qolgandi. Anchelotti esa buni to‘g‘irlashi kerak edi va qaysidir ma’noda to‘g‘irlay oldi ham.

Karlo ota hozirda “Real Madrid“ murabbiylari orasida g‘alaba ko‘rsatkichi yuqoriligi bo‘yicha 75% bilan birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, joriy mavsum ochko to‘plash bo‘yicha La Ligada madridliklarning uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etmoqda. Qo‘shimchasiga, ayni damda “qaymoqranglilar“ 21 o‘yinda 51ta gol urdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan mavsum 52 bahsda 88ta gol urilgan edi. Agar italiyalik mutaxassis jamoani shu tempda boshqarishda davom etsa, Top-5 chempionatlarning barchasida chempion bo‘lgan ilk murabbiyga aylanishi mumkin. Avval Anchelotti “Real“ bilan La Ligani yuta olmagandi. Ko‘ramiz, italyan bu mavsumda buning uddasidan chiqa olarmikan!?

Benzema & Vinisius dueti

Bu ikki futbolchi hozirgi kunda “blankos“ uchun ajralmas qismlarga aylanib bormoqda. Ayni paytda, bu ikkovlon gol+assist tizimida 43 ochko to‘plab ulgurdi. Benzema 2 yildan buyon “Real“ atalmish mexanizmni oldinga “tortayotgan“ bo‘lsa, Vinini shu mavsum bosh murabbiy Anchelotti super yulduzga aylantirdi.

Karim o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Oltin to‘p“ga loyiq futbolchilar ro‘yxatida 4-o‘rinni egalladi. Bu uning “Oltin to‘p“da eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Agar fransuz Madridning oq tomoni bilan sovrin yutganida edi, balki shu “Oltin to‘p“ni ham qo‘lga kiritarmidi!? Biroq hali ham hujumchi uchun kech emas. Benzema keyingi yil “France Football“ beradigan oliy mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin. Buning uchun u nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi (ya’ni klubi bilan trebl qayd etishi kerak. To‘g‘ri, sal g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin hozirgi “Real Madrid“ barcha sovrinlarni yuta oladigandek tuyulmoqda). Vinicius ham fransiyalik hamkasbi kabi klub muvaffaqiyati uchun qo‘lidan keladigan har qanday ishni qilishga tayyor.

Kuzataylikchi, bu juftlik shu tarzda qayergacha bora olishar ekan? Har holda, oxirgi o‘yinlaridagi natijalar ularning “ishtahasi karnay“ ekanligidan dalolat bermoqda.

Tajribali KMK triosi

Bu uchlikdek tajribali yarim himoyachilar hozirda Yevropaning hech qaysi top jamoasida mavjud emas. Ularning yoshi o‘tib borayotgan bo‘lsa-da, hali hamon top darajasini yo‘qotmagan. Bu futbolchilar“qirollik klubi“ning tayanchlari sanalmish Kazemiro, Modrich va Kroos, albatta. Yuqoridagi shaxslarsiz “Real“ hozirgi darajasiga erishishi ancha qiyin bo‘lardi.

Bu uchala maestro bu mavsum birgalikda 10ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlashdi. Bu o‘yinlarda “qaymoqranglilar“ 10 marta g‘alaba qozondi, 25ta gol urdi va 5 marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Ajoyib natija, shunday emasmi?

Eslatib o‘tish lozim, ayni paytda ularga o‘rinbosar sifatida Valverde, Kamavinga, Blanko va Isko kabi iqtidorli futbolchilar zaxirada o‘tiribdi.

Barqaror himoya

Ramos va Varan ketganidan so‘ng ko‘pchilik madridliklarning himoya chizig‘i sochilib ketadi, degan fikrda edi. Mavsum boshida shunday ham bo‘lib ko‘rinayotgandi. Biroq Militao va Alaba tezda “til topishib“ ketishdi va hozir ularning ko‘rsatayotgan o‘yini Ramos hamda Varanning yo‘qligini bilintirmayapti. Qayd etish lozim, jamoa 3 uchrashuvdan buyon gol o‘tkazmayapti.

Kurtua ham bu mavsumni ajoyib o‘tkazyotganini ta’kidlamasdan iloj yo‘q. Dastlabki kelgan mavsumidagi “qovun tushiraveradigan“ Kurtuadan endi asar ham qolmagan.

 ******

Yuqorida yozilganlardan tashqari, “blankos“ning 2022 yil uchun rejalari aqlbovar qilmas darajada dahshatli. Florentino Peres janoblari Madridda “galaktikos“ni qayta qurmoqchi. Hujum chizig‘ida Mbappe, Xoland va Vinisius triosini yig‘ishni niyat qilgan Peres katta loyihani amalga oshirish payida. Bundan ko‘rinib turibdiki, Yevropa “qirol“lari yana o‘z joyiga qaytish orzusida. Madrid tomonlarda misoli bir ajdarho uyg‘onmoqda, azizlar.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:30, 15.12.2021.
O'qildi: 9146 marta.
Fikrlar: 101 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.