Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man
02/10 19:00 Ravshan 0-1 Al-Vakra
02/10 19:00 Oltin Asr 0-1 Xolidiya
02/10 19:00 Nasaf 2-1 Shabab al-Ahli
02/10 20:00 Ukraina 2-3 Braziliya
02/10 21:00 Al-Hussayn 2-1 Kuvayt SK
02/10 21:45 Jirona 2-3 Feyenoord
02/10 21:45 Shaxtyor 0-3 Atalanta
02/10 23:00 At-Ta'vun 1-2 Al-Quva al-Javiya
02/10 23:59 Shturm 0-1 Bryugge
02/10 23:59 Aston Villa 1-0 Bavariya
02/10 23:59 Dinamo Zagreb 2-2 Monako
02/10 23:59 Lill 1-0 Real Madrid
02/10 23:59 Liverpul 2-0 Bolonya
02/10 23:59 RB Leypsig 2-3 Yuventus
02/10 23:59 Benfika 4-0 Atletiko
03/10 20:00 Fransiya - Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya

Xolandning "Real"ga o‘tishi xavfli transfer. Bu Anchelotti jamoasini barbod qilishi mumkin

Xolandning "Real"ga o‘tishi xavfli transfer. Bu Anchelotti jamoasini barbod qilishi mumkin

Baho:
+ | -1

Mbappe va Xoland kelajak futbolining umidi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Ammo yil boshida ispanlar Kilian va Erling bilan kelishuvlar uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha maoshlarni hisobga olgan holda taxminan 852 million yevroga tushishini hisoblab chiqdi. Hamma bilib turibdiki, La Liga mashhurligi oldingidaymas. Sabablari ko‘p - "Barselona"ning qulashi, "Real"da avlodlar almashinuvi, qiziqish uyg‘otgan Messi va Ronalduning ketishi. Mbappe va Xolandning kelishi katta daromad olib kelishi ham dargumon. Xolandning agenti Rayola FIFAning yangi qoidalariga qaramay, norvegiyalik futbolchi Madridni tanlasa, «Real»dan ancha-muncha pulni undirib olishi bor gap. Albatta, unga Mbappega taklif qilinadigan maosh taklif qilinmaydi, forvard 20 million yevroga rozi bo‘ladi. Ammo ikkita futbolchi uchun olti yillik shartnomalari bilan qo‘shib hisoblaganda bir milliard sarflash katta tavakkaldir.

100 milliondan katta transferlar ko‘p hollarda omadli chiqmagan

Shunday bo‘ldiki, hatto "Yuventus" 117 million yevroga sotib olgan Ronaldu unga kiritilgan sarmoyani oqlay olmadi. Chunki uning maoshi A seriyadagi butun jamoalarning umumiy maoshidan yuqori holatlar mavjud edi. "Borussiya D"dagi Xoland ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, ammo yangi klubga o‘tish - bu xavf. Azar ham Ispaniya futboli qiroli bo‘laman deb o‘ylagandi, chunki u faoliyatining ma’lum bir bosqichida Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. Natijada u zaxira o‘rindig‘iga mixlandi. 100 million yevrodan qimmatroq transferlarning deyarli hech biri o‘zini oqlamagan. Pogba, Neymar, Koutino, Felish, Dembele. Ammo istisno sifatida Mbappeni misol qilishimiz ham mumkin. Lekin Mbappeni "PSJ"ga olib kelishlarining asosiy sababi Chempionlar ligasini yutish edi, bu marrani parijliklar halo ham zabt etishganicha yo‘q. Demak, buni ham omadsiz transfer, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Xolandni olib kelish Benzemani haqorat qilishdir

"Real" norvegiyalikni olib kelib, vaziyatni yomonlashtirishi mumkin, chunki Xoland, Mbappe va Benzema uchligi birga o‘ynay olishi dargumon. Bu o‘z navbatida Kazemiro, Modrich va Kroosga bo‘lgan bosimni kuchaytirib yuboradi. Ular esa hamma narsani o‘z zimmasiga olish uchun yosharmayapti. To‘g‘ri, Valverde tarkibda, lekin u ham har o‘yinda ishtirok eta olmayapti. Hech qanday shubha yo‘qki, Xoland bilan shartnoma imzolash Benzema foydasiga bo‘lmaydi.

Norvegiyalik hali katta natijalarga erishmagan

Erlingning oyog‘i teggan hamma narsa ham oltinga aylanmaydi. “Borussiya D” Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Ha, norvegiyalikning Chempionlar ligasida jarohat olgan vaqtida uning gollari jamosiga yetishmadi. Natijada, “Sporting” Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi. "Borussiya D" ajoyib jamoa bo‘lib qolmoqda, "Leypsig" uchun qiyin mavsumda "Bavariya"dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda Ammo bu Erling uchun yetarli emas, chunki “Borussiya D” safida 75 ta o‘yinda 76 ta gol va 20 ta golli uzatma muallifi Chempionlar ligasida nafaqat gol urish, balki g‘alaba qozonishni ham istaydi.

Kilian va Erling kelisha olmasligi mumkin

Nazariy jihatdan, hamma narsa chiroyli. Beyl, Azar va Benzemalarni asosiy tarkibdan olib ularning o‘rniga. O‘ngda Vinisius, chapda Mbappe va markazda Xolandni o‘ynatish mumkin. Bu yosh va g‘ayratli hujum omadli "Sevilya"ni, "chaqilmas yong‘oq" "Betis"ni parchalab tashlaydi va Xavi o‘smirlarini sezmay ham qolishi hech gap emas. "Real Madrid" ketma-ket bir necha yil chempion bo‘lib yurishi ham tayin. Chempionlar ligasida esa hujumchilarning imkoniyatlarini hisobga olsak, ular ketma-ket bo‘lmasa ham ushbu sovrinni yutishi mumkin. Ammo Ronaldu va Messi yoshliklarida bir jamoada til topishishlari qiyin edi. "Borussiya D"dagi Xoland Roys emas, Sancho emas, balki yangi Ibrahimovich ekanligini tushunadi. Zlatan bir jamoada Messi bilan kelisha olmadi. Garchi Mbappe terma jamoada Benzema va Grizmannga, "PSJ"da esa Neymar va Messiga adekvat javob bersa-da, Erlingning ambisiyasi bilan o‘ynay olmasligi mumkin.

Uning xarakterini tushinish qiyin, bu esa o‘z navbatida Anchelotti oldida murakkabliklarni yuzaga keltiradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:01, 20.12.2021.
O'qildi: 5786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.