"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa futbolchisi Usmon Dembelening yangi shartnoma imzolashi haqida fikr bildirdi:
"Men u bilan juda yaxshi munosabatdaman. Usmon menga jamoadagi faoliyatini davom ettirishni istashini aytdi. Chunki u bu yerda baxtiyor. Hozirdda uning vakillari bilan yangi bitim tuzish borasida muzokaralar ketmoqda. Agar u bu yerda qolsa, bizning asosiy futbolchilarimiz qatorida bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, Dembele avvalroq "Bavariya"hamda "Nyukasl"dan berilgan takliflarni rad etgan edi.