Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Yozgi transfer bozorida jamoasini almashtirib, ishonchni oqlay olmayotgan futbolchilar to‘rtligi

Yozgi transfer bozorida jamoasini almashtirib, ishonchni oqlay olmayotgan futbolchilar to‘rtligi

Baho:
+ | -

Shu yilning yozgi transfer bozori haqiqatdan ham tarixda qoladigan bo‘ldi. Sababi, bu ikki futbol daholari o‘z jamoalarini o‘zgartirishdi. Lekin, bu maqola ular haqida emas.

Jek Grilish ("Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga, Transfer narxi 117,5 million yevro)



Jek Grilish — yozgi transfer bozorining eng ko‘zga ko‘ringan xaridlaridan biri. Lekin, Jek hozircha o‘ziga sarflangan mablag‘larni oqlay olmayapti. Agar Transfermarkt portali xabariga tayanadigan bo‘lsak, u holda "Manchester Siti" angliyalik yarim himoyachiga 117,5 million yevro sarfladi, bu — endi futbol tarixidagi eng yirik transferlarning biri sanaladi.

Xosep Gvardiola Grilishga ishonishda davom etmoqda, ammo, angliyalik futbolchi "shaharliklar" tarkibida shu kungacha 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. "Manchester Siti"ning o‘yini va tarkibini hisobga oladigan bo‘lsak, bu natija Grilish uchun kamlik qiladi.

Grilishning "shaharliklar" tarkibida bunday xira o‘yin namoyish etiayotganini sababi ma’lum. U "Aston Villa" tarkibida yetakchi bo‘lib o‘rganib qolgan, biroq u Xosep Gvardiolaning tishli mexanizmi bo‘lgan yulduzlar yig‘ilgan tarkibga tushib qoldi.

Albatta, Jek Grilish katta ehtimol bilan "Manchester Siti" muhitiga ko‘nikib ketadi va o‘z darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi, ammo u hozircha o‘ziga sarflangan mablag‘larni oqlay olmayapti.

Saul Niges ("Atletiko"dan "Chelsi"ga ijara asosida. Ijara narxi 5 million yevro)


Saul Niges "Chelsi" klubiga Madridning "Atletiko" jamoasidan keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara asosida ko‘chib o‘tdi, ammo, u hozir o‘ziga bildirilgan ishochnni umuman oqlay olmayapti. Ispaniyalik yarim himoyachining londonga ko‘chib o‘tishi "Chelsi"ga lotoreyada katta yutuq chiqib qolgandek tuyulgandi, lekin Saul Tomas Tuxelning futboliga moslasha olmayapti. Shunday bo‘lsada, germaniyalik mutaxassis Saulni matbuotda himoya qilib kelmoqda.

"Saul xavotirga tushmasa bo‘ladi. U qattiq mehnat qilishda va moslashishda davom etishi kerak, shundagina imkoniyatga ega bo‘ladi. Biz 11 nafar futbolchiing barchasiga imkoniyat beramiz. Men bu masalaga ijobiy munosabatda bo‘lishni xohlayman. Agar boshqacha qaraydigan bo‘lsak, u holda yil boshidan beri 8 nafar futbolchiga asosiy tarkibdan joy bermagan bo‘lardim. Bu haqiqat, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi" - deydi Tuxel.

Saul joriy mavsum "Chelsi" tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi (597 minut) va bir qator o‘yinlarga golli uzatmalarni amalga oshirdi. Albatta, Kante va Jorjinyolar bilan raqobatlashish muammoli, lekin ispaniyalik futbolchi Londonga ko‘chib o‘tayotganida bularning barchasidan xabardor edi. U "Chelsi"ga kelib zahira o‘rindig‘ida o‘tirishni rejalashtirmagan.

Qandaydir vaziyatda Saul chap qanot yarim himoyasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Saul bu pozisiyada YECHL doirasida "Zenit" jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushgandi, lekin o‘sha uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etilgandi. Hozircha hammasi ispaniyalik futbolchining "Atletiko"ga qaytib ketishiga qarab ketmoqda.

Denzel Dumfris ("PSV"dan "Inter"ga. Transfer bahosi 12,5 million yevro)

Denzel Dumfris o‘tgan mavsum "PSV" tarkibida juda yaxshi o‘yin namoyish etdi, keyin Yevropa chempionatida ham o‘zini ko‘rsatishga erishdi, shuning uchun uning "Inter"ga o‘tishi mantiqiy ko‘rildi. O‘ng qanot futbolchisida hech qanday muammo yuzaga kelmaydigandek ko‘ringandi, lekin nimadir noto‘g‘ri ketdi. Shubhasiz, "Inter" Dumfrisni "PSJ"ga ketgan Xakimiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilgandi.

Xakimi bor paytda asosan vaqtini zahira o‘rindig‘ida o‘tkazgan Darmian asosiy tarkib uchun raqobatda Dumfrisdan ustun keldi. Italiyalik futbolchi noyabr oyida jarohat olganidan keyin Dumfris muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. Lekin shunga qaramasdan, joriy mavsumda Darmian "Inter"ning asosiy tarkibida ko‘p maydonga tushgan futbolchi bo‘lib qolmoqda.

Dumfris Darmianga qaraganda, ko‘proq hujumkor futbolchi sanaladi, aynan mana shu narsa hozirgi "Inter"ga juda zarur, biroq, Simone Indzagi hozircha o‘z vatandoshiga ko‘proq ishonch bildirmoqda.

Xerdan Shakiri ("Liverpul"dan "Lion"ga. Transfer narxi 6 million yevro)

Fransiyaning "Lion" klubi rahbariyati joriy yilning yozida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qilishdi. Jamoaga Peter Bosh taklif etildi, shuningdek, bir qator tajribali futbolchilar sotib olindi va ularning orasida Shakiri ham bor. Shveysariyalik futbolchi "Liverpul"da zahiradan maydonga tushib, yorqin o‘yin namoyish etaverardi, shuningdek, o‘z terma jamoasi tarkibida ham samarali o‘yin ko‘rsatardi, shu sababli, ko‘pchilik Xerdanni "Lion"ning yetakchi futbolchisiga bo‘lishini taxmin qilishgandi.

Biroq, kutilgan natija ro‘y bermadi. Shakiri o‘zining gollari va golli uzatmalari bilan muxlislarni xursand qila olmayapti.  U 13 uchrashuvda 1 ta gol kiritdi va ikkita golga asistentlik qildi. Qolaversa, Shakirining asosiy tarkib futbolchisi deyish qiyin. Mavsum boshida Xerdan asosiy tarkibdan joy olayotgandi, lekin u hozirgi kelib zahira futbolchisiga aylanib qoldi.

Kiritildi: 16:02, 24.12.2021.
O'qildi: 3534 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.