Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (3-qism)

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (3-qism)

Baho:
+ | -

"Le Bleu" guruh bosqichida Shveysariya, Janubiy Koreya va Togo terma jamoalari ishtirok etishi kutilgandi, ochig‘ini aytganda, guruh fransuzlar uchun juda qulay edi, ammo bu futbol. Jamoa maydonda ham, maydon tashqarisida ham butunlay parokanda edi. Zaif o‘yin va qiyin saralash, darvozabonlar mojarosi, shundan so‘ng saralashda asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan "Lion" darvozaboni Gregori Kupe murabbiy Bartezga ishonch bildirmoqchi ekanligini bilib, asabiylashdi va terma jamoani tark etdi. Kupeni ko‘pchilik futbolchilar qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, bu vaziyatda Zidan asosiy rol o‘ynadi, u Bartezning yaqin do‘sti bo‘lgan va oxirgi paytlarda darvozabonga hamroh bo‘lgan ochiqchasiga zaif o‘yin va bir qancha janjallarga qaramay, uni qo‘llab-quvvatlagan. Raymond Domenek ham Bartezni asosiy darvozabon qildi. Ichki muhitdagi muammolar, futbolchilarga nisbatan hurmasizliklar, yomon o‘yin, bu holatlar Fransiyaga yarashmas edi. Uning ustiga Jahon chempionati oldidan Londonning "Arsenal" jamoasi yetakchisi bo‘lgan Pires termaga chaqirilmadi. Shuningdek, termaning yana bir yuldu futbolchisi Nikolya Anelka ham tushunarsiz tarzda termaga chaqirilmagan edi. Bu qarorlar o‘yinchilarda zodiak belgilari borligi bilan ifodalangan, chunki Domenek munajjimlikning ashaddiy tarafdori bo‘lgan va u futbolchilar omadsizlikka olib kelishi mumkinligiga ishongan.

Guruh bosqichi deyarli falokatga aylandi

Birinchi turda fransuzlar “Le Bleu” jahon chempionatining bir saralash guruhidan joy olgan Shveysariya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishdi. Avvalgi ikki o‘yinda during natija qayd etilgan edi. Bu safar jamoalar xuddi shunday ssenariy bo‘yicha o‘ynashdi, o‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi va golsiz durang bilan yakunlandi.  Zidanning o‘yinida o‘ziga bo‘lgan ishonch ko‘rinmadi. U keraksiz joyda sariq kartochka ishlab oldi. Himoyachilarga ko‘maklashgani esa o‘yindan so‘ng eslanmaydigan hodisa edi. 

Janubiy Koreyaga qarshi ikkinchi turda jamoa ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, hisob 9 daqiqadayoq ochildi, Anri o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Raqibning harakatchanligi va doimiy bosimiga qaramay, fransuzlar o‘yinni to‘liq nazorat qilishdi, shu bilan birga yana bir necha xavfli vaziyatlar yaratishdi, biroq uchrashuv oxiriga kelib ular ancha charchab qolishdi va koreyslar bundan unumli foydalanishdi. Oxirgi 15 daqiqada Koreya terma jamoasi hisobni tenglashtirishga shoshildi va natijada 81 daqiqada o‘sha jamoa yetakchisi Pak Ji Sung Bartezning ustidan to‘pni tashlab hisoblni tenglashtirdi. 1:1! Fransuzlar o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng hujumga o‘tishdi, ammo koreyslar himoyada bexato o‘ynashdi va o‘zlari uchun ijobiy natijani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi va yakunda Zidanning asabi dosh bermay yana bir sariq kartochka ishlab oldi. Endi Zinedin 3 turda maydonga tusha olmas edi.

Baxtsiz start, jamoadagi muammolar va murabbiyning tushunarsiz qarorlaridan so‘ng, Zizu ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishga qaror qildi. U barcha futbolchilarni jamoa yashaydigan mehmonxona tashqarisiga yig‘di va murabbiylarsiz yig‘ilish o‘tkazdi. Uzoq suhbat davomida jamoa barcha shaxsiy va maydondagi muammolarini muhokama qilishga va aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Zidanning o‘ziga nisbatan talabchanligi jahon chempionati paytida ortdi, u ushbu turnir uchun borni bermoqchi edi va boshqalardan ham shuni talab qildi.

 Togo terma jamoasi bilan guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Domenek shogirdlariga pley-offga chiqish uchun faqat g‘alaba kerak edi. Birinchi taym fransuzlarning to‘liq ustunligi bilan o‘tdi, ammo ular gol ura olmadilar va katta bosim tufayli ularning o‘yinida biroz keskinlik yuzaga keldi. 30 yoshini nishonlagan Patrik Viyera hotirjamlik bilan zarba yo‘llab raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib Anri oradagi farqni yiriklashtirib qo‘ydi. O‘yin 2-0 hisobida yakunlandi va Fransiya pley-off yollanmasini qo‘lga kiritdi.

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:30, 27.12.2021.
O'qildi: 2334 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.