Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Pavel Xan: “Maqsadimiz yangi yilda yangi chempionlarni kashf qilish”

Pavel Xan: “Maqsadimiz yangi yilda yangi chempionlarni kashf qilish”

Baho:
+ | -

Tugab borayotgan 2021 yil unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Unda bir yil ortga surilgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Bu nufuzli musobaqa ko‘plab muxlislarga unutilmas va quvonchga boy onlarni tuhfa yetdi. O‘zbekiston delegasiyasi uchun ushbu Olimpiya o‘yinlari taekvondo bo‘yicha tarixiy oltin medal qo‘lga kiritilgani bilan yanada esda qolarli bo‘ldi. Ulug‘bek Rashitov sharafiga Yaponiyada O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 19 yoshli Ulug‘bek yosh bo‘lsada, faoliyati yorqin g‘alabalarga boy. Qahramonimiz ustozi Pavel Xan bilan bolaligidan bu muvaffaqiyatlar sari qadam bosgan. E’tiboringizga taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoa bosh murabbiyi bilan tashkil qilgan suhbatimizni havola qilamiz.

Pavel Afanasiyevich, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitovni qanday tasvirlab bera olasiz?
– Ulug‘bekni 13 yildan ortiq vaqtdan beri taniyman. Rashitov bilan bo‘lgan ilk uchrashuvimiz hamon yodimda. Olti yoshli bolakayni ko‘rganimda, uning jismoniy kuchi meni hayratga solgan edi. Elementlarning barchasi uyda mustaqil ishlab chiqilganini bilgach, bu o‘zbek taekvondosining kelajagi ekanini angladim. Uning jangovar xarakteri meni hayratga soldi. O‘sha paytda ham u qat’iy, maqsadi sari intiladigan bola edi. Olimpiya medali sari bosilgan murakkab yo‘l, albatta, astoydil mashg‘ulot orqali bo‘ldi. Biz davlatimiz ishonchini oqlay olganimizdan xursandmiz.

Darhaqiqat, Olimpiada medali bebaho quvonch beradi. 2021 yilda boshqa xalqaro turnirlar ham bo‘lib, unda atletlarimiz ancha yuqori natija ko‘rsatishdi. Bu muvaffaqiyatlar murabbiy sifatida sizga qanchalik motivasiya beradi?
– Men uchun sportchilarimizning har bir medali qimmatli, chunki uning ortida ulkan mehnat, puxta va qat’iy tayyorgarlik yotibdi. Tokio-2020 dan oldin bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. 14-18 iyun kunlari Livanda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz 10 ta medal qo‘lga kiritib, tariximizdagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdik. Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegasiyasi uchta oltin, bitta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

– Bo‘lajak sport mavsumi uchun qanday maqsad qo‘yilgan?
– Albatta, bu Xitoydagi epidemiologik vaziyat tufayli keyingi yilga qoldirilgan jahon chempionati. So‘ngra Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari va kattalar o‘rtasidagi qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etish jamoamizning asosiy maqsadi.

– Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari uchun terma jamoa tarkibi qachon shakllanadi?
– Osiyo o‘yinlari uchun ro‘yxat ushbu musobaqalar oldidan oraliq chempionatlar natijalari asosida shakllanadi. Bu haqida gapirishga hali erta. Hali vaqt oldinda. Barchasini mashg‘ulot va musobaqa natijalari ko‘rsatadi.

– Hozirgi kunda, terma jamoa qanday musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda?
– Ayni paytda yangi mavsum uchun terma jamoa tarkibini shakllantiryapmiz. Ayrim vazn toifalarida o‘zgarishlar bor, yangi chempionlarni tayyorlayapmiz. Taqvimga qarab musobaqalarda qaysi sportchi ishtirok etishini taqsimlamoqdamiz.

– Suhbat uchun rahmat. Yangi sport mavsumida sizga omad tilab qolamiz!
– Rahmat!

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:17, 29.12.2021.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.