Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yanvar oyida “Arsenal” kimlarni sotishi va kimlarni jamoaga olib kelishi kerak?

Yanvar oyida “Arsenal” kimlarni sotishi va kimlarni jamoaga olib kelishi kerak?

Baho:
+ | -

Yanvar oyida "Arsenal" "Siti" va "Liverpul" bilan ikki martadan o‘ynaydi. Ammo ularda havotir yo’q. "Arteta bolalari" bilan hazillashib bo‘lmaydi. Uayt himoya ustuniga aylandi, Takexiro Tomiyasu esa jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga. Ammo hech qanday transferni amalga oshirmaslik yaxshi variant emas.

"Arsenal"ning zaif tomonlari

Artetaning sevimli futbolchilari bor - Ramsdeyl, Uayt, Gabriel, Tomiyasu ular mavsum boshidan beri asosiy tarkibga 16 marta kiritilgan. Jarohatdan tiklangan Kiran Tirni esa chap qanotda Nuna Tavaresga tarkibga kirishga imkon qoldirmayapti.

Shunday qilib, “Arsenal” nihoyat barqarorlikka erishdi. Oktyabr va noyabr oylari orasida allaqachon quruq o‘yinlar seriyasi bo‘lib o‘tgan, ammo himoyani kuchaytirish hali ham zarur. Rob Xolding tarkibga qaytgan holatdayam. Shikastlanish va kasallik xavfi juda katta. Yarim himoya haqida ham shunday deyish mumkin – Tomas Partey va Granit Jaka Martin Edegordan keyin eng yaxshi duyet bo‘lib qolmoqda, biroq ularning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar Muhammad el Nenni va Albert Sambi Lokonga.

"Arsenal"ni kim tark etishi mumkin ?

Pyer-Emerik Obameyang endi sardor emas va "Arsenal"da uzoq vaqt ushlanib qolmasligi tobora aniq bo‘lib qolmoqda. ESPN xabariga ko‘ra, "kanonirlar" hujumchini sotishga tayyor, qiziquvchilar orasida allaqachon "Yuventus" va "Barselona" ham bor. Ular birinchi navbatda ijaraga olishga tayyor. Vaziyatni murakkablashtiradigan yagona narsa - haftasiga 250 000 funt sterling maosh.

Aleksandr Lyakazett ham jamoani tark etishi xavfi bor. Uning shartnomasi olti oydan keyin tugaydi. Eddi Nketia, Bernd Leno va Sedrik ketishlari deyarli aniq bo‘lib ulgurgan futbolchilar.

Lenoga "Shtutgart" va "Bayer" klublari qiziqmoqda.

Shartnomalar

Aytib o‘tganimizdek, Lyakazetning shartnomasi tez orada tugaydi, The Sun muzokaralar yozgacha davom etmasligini ta’kidlamoqda. Bu vaqtga kelib, fransuz boshqa klub bilan dastlabki shartnoma imzolay oladi. Nketia ham ketishdan manfaatdor. Uning kelajagi Obameyang va Lyakazett bilan bog‘liq va u ketishni istayotganini bir necha bor ta’kidlagan.
Kalum Chambers, El Nenni va Kolashinas bu yozda shartnomasiz erkin agentga aylanadi.

"Arsenal" kim bilan shartnoma imzolaydi?

Qishda Obameyangning sotilishi va yozda Lyakazettning ketishi “Arsenal”ni yangi hujumchi izlashga undaydi. "Fiorentina"dan Dushan Vlahovich bu yerda favorit bo‘lib qolmoqda. "Everton" futbolchisi Dominik Kalvert-Lyuinga Arteta qiziqish bildirgan.
Ayni paytda “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sanches yangi jamoaga o‘tishga tayyor, lekin Sanches boshqa davogarlar ham yetarlicha topiladi.

Tomas Partey va El Nenni Afrika Millatlar kubogiga yo‘l oladi, “Arsenal”ning yarim himoyasi esa butunlay zaiflashadi. Bu yerda "Marca" "kanonirlar"ning "Yuve" a’zosi Artur Meloga qiziqishini eslatib o‘tadi.

Kiritildi: 17:09, 02.01.2022.
O'qildi: 3888 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.