Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Yangilanayotgan «Metallurg»

Yangilanayotgan «Metallurg»

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Dastlabki yig‘in kuniyoq jamoada bir qator juz’iy o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish mumkin. Jamoaning o‘tgan yilgi asosiy tarkibi o‘zagi saqlab qolingani holda yangilanish sari katta qadam tashlanganligini payqash qiyinmas. Avval ma’lumot berganimizdek, klub rahbariyati jamoaga bir qator yangi o‘yinchilarni taklif etdi. Ular orasida Fozil Musayev, Islombek Isoqjonov, Abbos Otaxonov, Hakimxon Alamxonov, Shohnazar Norbekov, Ergash Ismoilov, Zabihillo O‘rinboyev, Ixtiyor Toshpo‘latov singari tajribali o‘yinchilar qatorida ko‘rikka taklif etilgan yangi nomlarni ham uchratish mumkin. Yangi mavsumda “Metallurg” sharafini himoya etuvchi yakuniy tarkib esa qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini siklida aniqlab boriladi.

O‘z o‘rnida bir necha mavsum “Metallurg” sharafini himoya etgan bir qator o‘yinchilar bilan klub do‘stona xayrlashganini ham aytib o‘tish joiz. Yangi mavsum arafasida faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishni ixtiyor etgan Akbar Ismatullayev, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreev, Akmal Tursunboyev, Muhammad Isayev, Ivan Nagayev, Abdurahmon Abdulhaqov, Shahzodbek Nurmatov, Dilshod Rahmatullayev, Bobir Davlatov, Mahmudjon Qudratillayev, Ruslan Roziyev hamda murabbiylar Anatoliy Kurlayev va Petr Gizimchuklarga “Metallurg” PFK rahbariyati, ko‘p ming sonli muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Ularga Bekoboddagi samarali hamkorliklari uchun tashakkur izhor etgan holda keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:41, 11.01.2022.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик