Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya 1-1 Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

Yangi Saloh, yangi Mane va yangi Mahrez yoxud Afrika kubogida porlashi kutilayotgan iqtidorlar

Yangi Saloh, yangi Mane va yangi Mahrez yoxud Afrika kubogida porlashi kutilayotgan iqtidorlar

Baho:
+ | -

2022 yil boshlanishi bilan dunyodagi eng yirik turnirlardan biri boshlandi. Kamerunda Afrika qit’asining 24 ta eng yaxshi jamoasi Afrika Millatlar kubogi bosh sovrini uchun kurash olib bormoqda. Turnirda ko‘plab yulduzlar to‘p tepmoqda. Ammo, hozir gap bu haqda emas. Afrika kubogi ko‘plab iste’dodlarni yetishtirib chiqarishi bilan ham nom qozongan. Shu sabab, bugun biz Afrika Millatlar Kubogining yosh va iqtidorli futbolchilari haqida gaplashamiz.

 

Kamaldin Sulemana, 19 yosh
Davlat: Gana
Klub: “Renn”
Pozisiyasi: vinger

 

Mana siz tanishining kerak bo‘lgan va yaqin kunlarda OAV e’tiboriga tushishi taxmin qilingan o‘yinchi: Kamaldin Sulemana yosh va jismoni baquvvat futbolchisi hisoblanadi. Uning o‘yinlarini kuzatish har doim qiziq bo‘lgan. U chaqqon, texnikasi kuchli va yaxshigina tezligi bor. Hozir “Renn” futbolchisi Fransiya chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Futbolchi joriy mavsum Liga—1 musobaqasi doirasida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

 

Ibraim Sangare, 24 yosh
Davlat: Kot-d’Ivuar
Klub: PSV
Pozisiyasi: tayanch yarimhimoyachi

Ibraim Sangare yevropalik skautlar e’tiborini qozonishga umid qilayotgan futbolchilardan biri. PSV o‘yinchisi himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Obidjonlik futbolchi texnikasi va to‘p uzatish qobiliyati bilan ham maqtana oladi. Gollandiya chempionatida bor-yo‘g‘i 3 nafar futbolchi undan ko‘proq aniq pas bergan. Mazkur statistika ham u qay darajadagi futbolchi ekanligini ko‘rsatadi.

 

Xannibal Mejbri, 18 yoshda
Davlat: Tunis
Klub: “Manchester Yunayted”
Pozisiyasi: hujumkor yarimhimoyachi

Fransiyada tug‘ilgan, ammo asli kelib chiqishi tunislik bo‘lgan futbolchisi Gannibal Mejbri 2021 yilda terma jamoada o‘ynash borasida Afrik qit’asi vakili taklifini qabul qildi. Yosh bo‘lsa-da, bu MYU futbolchisining ikkinchi yirik turniridir. Yarimhimoyachisi Tunisning Arab Millatlar Kubogidagi oltita o‘yinining hammasini boshlang‘ich tarkibda o‘ynadi. U hali juda yosh, lekin uning iste’dodini inkor etib bo‘lmaydi. Ko‘pincha raqib unga nisbatan qo‘pollik qilishga majbur bo‘ladi, aks holda yarimhimoyachini to‘xtatib bo‘lmaydi.

 

Ilaysh Moriba, 18 yosh
Davlat: Gvineya
Klub: “Leypsi”
Pozisiyasi: markaziy yarimhimoyachi

2021/22 yilgi mavsum yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagani uchun “Barselona”ni tark etgan Ilaysh Moriba uchun kutilganidek o‘tayotgani yo‘q. Ammo yarimhimoyachi, terma jamoasiga yordam berish uchun Kamerunga otlandi! Gvineyalik futbolchi “Kamp Nou”da o‘zini ko‘rsata olmadi, ammo hozirda “RB Leypsig” bilan Germaniya chempionatiga moslashmoqda. Uning narxi 16 million yevroga baholanmoqda, ammo kelajakda uning narxi osmonga yanada ko‘tarilishi aniq.

 

Edmond Tapsoba, 22 yosh
Davlat: Burkina-Faso
Klub: “Bayer”
Pozisiyasi: markaziy himoyachi

Agar, Burkina-Faso musobaqada g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bunda balan bo‘yli va ajoyib himoyachi Tapsoba tufayli bo‘ladi. Gap nafaqat himoyachi, balki hujumlarni boshlashga qodir futbolchi haqida ham ketmoqda. Tapsoba – havoda ham ajoyib o‘yin ko‘rsata oladi. U yosh bo‘lsa-da, hozirgi kunda “Bayer” va mamlakatining asosiy yulduzi hisoblanadi.

 

Abdul Fatavu Issaxaku, 17 yosh
Davlat: Gana
Klub: “Stedfast”
Pozisiya: Hujumchi

Abdul Fatavu Issaxaku ajoyib futbolchi. 2021 yilda “Liverpul” uni 1,5 million funt sterlingga sotib olgani haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo bu mish-mishlar tasdiqlanmadi. Shunday qilib, u vatani Gana chempionatida qoldi. Abdul endigina 17 yoshda va hali ham ingliz giganti uchun foydali transfer bo‘lishini isbotlash imkoniyatini kutmoqda. Hozircha u nafaqat turnirning eng yosh ikkinchi futbolchisi, balki 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Afrika kubogining “eng yaxshi futbolchisi” ekanligi bilan maqtanishi mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 16:26, 16.01.2022.
O'qildi: 4800 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.