Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Rebus haqida

Rebus haqida

Baho:
+ | -

Kecha chiqqan xabarlardan e’tiborimni tortgani Pol Pogbaning “MYU” mashg‘ulotlariga qaytgani bo‘ldi. Garchi bungacha fransiyalik futbolchi jamoasini o‘zgartirishni istayotgani, masalan Parijga ko‘chgisi borligi haqida ham turli xabarlar chiqib turgan bo‘lsada, hozirgi jamoasi uchun u juda kerak.

Joriy mavsumda u o‘zi o‘tkazgan 9 ta o‘yinda 7 assist muallifiga aylangan (ulardan 4 tasi bir o‘yinda ekani ham bor gap). Yana ko‘pincha Pogbaning yaratuvchi sifatlari diqqat markazida bo‘lib, uning yaxshigina shakllangan tayanch futbolchisi sifatidagi fazilatlari unitiladi. Krishtianu Ronalduning transferidan so‘ng menimcha maydonda Pol Pogba singari futbolchiga ehtiyoj bir necha karra ortdi.

Klubdagi yarim himoyachilariga qarab turib ularda ikki xislat mutanosib deyish qiyin. Tayanchda o‘ynashi mumkinlari-ku, umuman yaratishga moyil emas – Matich, Fred, Maktominay. Bular asosan qattiq yuklama bilan ishlovchi, ko‘proq buzishga moyil futbolchilar. Hujum chog‘i ulardan keskinlashtiruvchi, kreativ qarorlar kutish qiyin. Bunday holda Pol kabi futbolchi markazdagi balans uchun juda zarur. Deylik, u yaxshi formada bo‘lsa istalgan toza tayanch yarim himoyachisi bilan markazda juftlik bo‘la oladi. Bu juftlik esa istalgan boshqa ko‘rinishdagi juftlikdan ko‘ra himoya-hujum funksiyalarida samaraliroq bo‘ladi. Ya’ni hozirgidek tayanchda bir-biriga o‘xshash ikki futbolchi ayni vaqtda maydonda bo‘lganidan ko‘ra, farqli futbolchi harakat qilgani ma’qul menimcha. Faqat Pogba bilan shunday farqli juftlik shakllanishi mumkin. Keyin to‘rt himoyachi bilan boshlanadigan istalgan sxemada hujumdagilar uchun komfort hosil bo‘lsa kerak. Har holda Ronaldu ishtirokidagi ilk o‘yinda shunday bo‘lgandi.

Menimcha, ba’zida rebusdagi ayrim murakkab ramzlarni aniqlash uchun undan avval yoki keyin turgan osonroq ramzni aniqlab olish lozim.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 20:14, 18.01.2022.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик