Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘FA rahbariyati yaponiyalik murabbiylar bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati yaponiyalik murabbiylar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, O‘FA tomonidan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yaponiyalik tajribali mutaxassislarni taklif etish borasida ishlar olib borilmoqda. Rejaga muvofiq, bosh murabbiy lavozimiga nomzod Midori Honda va uning yordamchisi Takaya Tsutsumi O‘zbekistonga yetib keldi hamda O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi.

Dastlab, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimiz futboli tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek ularga bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berildi. O‘FA rahbariyati tomonidan yangi murabbiy yordamida tartib, intizom, kurashuvchanlik kabi yapon mentalitetiga xos xislatlarni mamlakatimiz futbolida yanada kuchaytirish, jamoamizni yangi darajaga olib chiqish kabi maqsadlar ko‘zlanganini ta’kidlab o‘tildi. O‘z o‘rnida, yaponiyalik mutaxassislar bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishga tayyor ekanligini bildirishdi. Shundan keyin Midori Honda bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Yaponiyalik tajribali mutaxassislarning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, Midori Honda 17 yoshidan boshlab 10 yil davomida Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1991 yilda o‘tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan. Osiyo o‘yinlarida jamoasi bilan birgalikda bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini 2001 yilda “Okayama” klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida ishlab, Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2013-2019 yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021 yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klubini boshqardi. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi lisenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:08, 27.01.2022.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.