Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangning otasi farzandini "ko‘k-anorranglilar" safiga borib qo‘shilganidan xursand ekanligini yashirmadi.
«Yaratganga shukurlar keltiraman. Mening o‘g‘lim ajoyib. Qanday qilib faxrlanmasligim mumkin. O‘g‘lim, biz ham doim oldinga qadam tashlaymiz», – deb post qoldirdi Obameyangning otasi o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.