Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Keyrush Eto'Oga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Afrika millatlar kubogi yarim final bosqichi bahsi arafasida Kamerun futbol assosiasiyasi prezidenti Samyuel Eto'Oning so‘zlariga javob qaytardi. Avvalroq Eto'O Misrga qarshi bahsni "jang"ga qiyoslab, vatandoshlarini ruhlantirishga uringandi.

"Men Eto'Oning so‘zlarini muvaffaqiyatsiz izoh deya hisoblayman va bu Kamerun xalqi uchun yomon chorlov. Bir necha kun avval stadionda kamerunliklar vafot etganini u unutgan ko‘rinadi. Shunga qaramay, bitta o‘yinga nisbatan u urush e’lon qilishi professional futbolchi sifatida hech narsani o‘rganmaganini ko‘rsatadi. Futbol — bu jang emas, bu bayram, quvonch va baxt. Jangga qarshi biz futbol bilan javob qaytaramiz.

Biz bu yerga xalqimizni xursand qilgani kelganmiz, ularni o‘lishga majbur qilish uchun emas. Ularga quvonch baxsh etishni xohlaymiz.

"Kamerun bizga qarshi jang e’lon qilgani uchun Afrika futbol konfederasiyasi Eto'Oning ishini ko‘rib chiqishi lozim. Chunki, bunday bayonot berish qizil kartochka bilan teng", — dedi Keyrush.

Eslatib o‘tamiz, Kamerun — Misr uchrashuvi 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalda Senegal Burkina-Faso bilan to‘qnash keladi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 16:25, 02.02.2022.
O'qildi: 3312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик