Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Besh futbolchi bir himoyachiga qarshi, biroq...

Baho:
+ | -

Avvalgi hafta futboldagi eng kulgili lahzalardan biri KONKAKAF miqyosidagi JCH-2022 saralash bosqichida kuzatildi. Panama va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalari. Hisob - 0:0. Shu pallada panamaliklar o‘z darvozalari oldida yuzaga kelgan standart vaziyatni bartaraf etish asnosida chiroyli qarshi hujumga o‘tishdi. Biroq samarasiz...

Tom ma’noda aytsak, bitta chiroyli uzatma Kosta-Rika termasining deyarli barcha maydon o‘yinchilarini vaziyatdan uzib qo‘ydi. Aniqroq aytsak, bir himoyachidan tashqari, hamma «ish»siz qoldi. Vaziyat ichida qolgan shu yagona futbolchiga ham Panama termasining naq 5 nafar vakili qarshi chiqdi! Ajoyib imkoniyat! Biroq panamaliklardan biri negadir birdan yugurishdan to‘xtadi. Ko‘rinishidan, u 4 nafar jamoa­doshi ishni bemalol do‘ndirib qo‘yishini o‘yladi, chog‘i. Ammo bir zumda Kosta-Rika termasining yana futbolchisi ortga qaytishga ulgurdi va hujum bilan himoya o‘rtasidagi nisbat 4ga 2 ko‘rinishiga keldi.

Qarangki, panamaliklar shunday takrorlanmas hujumni besamar yakunlashdi - to‘pni maydon markazida qabul qilgan futbolchi uni chamasi 30 metrga «sudrab» bordi va sherigiga uzatdi. Kosta-Rika termasi jarima maydonidagi o‘sha yagona himoyachi esa to‘pni olib qo‘ydi. Bundan jahli chiqqan panamalik futbolchi uni ushlab oldi. Shu tariqa hujum xotima topdi. Yakunda Panama termasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. To‘g‘ri, jamoa turnir jadvalining 4-qatorida qoldi, ammo bu turga qadar ochko bo‘yicha teng borayotgan Meksika termasi oldinga o‘tib ketdi. Asosiy masala shuki, KONKAKAF saralash guruhida dastlabki 3ta pog‘ona egasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olsa, to‘rtinchi jamoa qit’a­lararo «pley-off» bahsida ishtirok etadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:58, 05.02.2022.
O'qildi: 2082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик