Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

37 yoshli Krishtianu Ronaldu haqida buni bilarmidingiz? Futbolchi haqida siz bilgan va bilmagan voqealar

37 yoshli Krishtianu Ronaldu haqida buni bilarmidingiz? Futbolchi haqida siz bilgan va bilmagan voqealar

Baho:
+1 | -

Portugaliya prezidentining ismini ko‘pchilik bilmaydi, lekin futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi sardori nomi hammaga ma’lum. Bugun Krishtianu Ronaldu 37 yoshga to‘ldi, lekin u hamon futbol o‘ynamoqda, yana kimlar bilan deng, o‘zidan 19 yosh kichik futbolchilar bilan. U kambag‘al oilada o‘sgan, ammo hozirda millionlarni xayriya ishlariga sarflaydi.

Uning dunyoga mashhur ismi ikki sababga ko‘ra qo‘yilgan. Birinchisi, Portugaliya va Braziliyada keng tarqalgan erkaklar ismi bo‘lib, so‘zma-so‘z “xristian” degan ma’noni anglatadi. Ikkinchisi - Amerika prezidenti Ronald Reygan nomining portugalcha versiyasi (aynan Ronalduning ismi ushbu shaxsga atab qo‘yilgan). Portugaliyaliklarning familiyasi ham ikki xil, ammo bu haqda ko‘pchilik bilmaydi - dos Santos (onasi tomonidan) va Aveyro (otasi).

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasiga ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu  futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Ispaniyaning “Real Madrid” klubi, hamda terma jamoa darajasida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La Ligasi va Italiya A seriyasida g‘alaba qozongan ilk charm to‘p ustasi. France Football  nashri tomonidan beriladigan “Oltin to‘pi”, FIFAning “Oltin butsa” kabi sovrinlarining bir necha bor g‘olibi. Yevropa musobaqalarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi, Yevropa musobaqalari tarixidagi eng yaxshi to‘purar, UYEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi assistent, yetti marta UYEFA Chempionlar Ligasida mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ronaldu hozirda nafaqat futbol o‘ynashni davom ettirmoqda, balki dunyodagi eng kuchli futbol ligalaridan biri hisoblangan APLda ko‘plab gol urishni ham uddalamoqda.

Men pivo ichdim va uyni aylanib chiqdim

Krishtianu juda kambag‘al oilaning to‘rtinchi farzandi. Ronalduning onasi Mariya Dolores dos Santos Aveyro “Jasoratli ona” kitobida shunday deydi: “Men 30 yoshda va shu paytgcha uchta farzandni dunyoga keltirgan edim. Biz qashshoqlikda yashardik. Shu sabab, Ronalduni tug‘ilishini istamaganman. Ammo shifokorlar abort qilishni qat’iyan rad etishgan”.

Dolores to‘rtinchi farzandni dunyoga keltirishni istamasdi. Shuning uchun, u o‘z farzandini mustaqil abort qilishga urindi: ona ko‘p pivo ichdi va uy atrofini aylanishni boshladi. Butun oila va jahon futboli baxtiga, pivo ichish ish bermadi. “Ba’zida Krishtianu kulib: “Ko‘ryapsizmi, siz mening tug‘ilishimni xohlamadingiz. Ammo endi men sizga yordam berish uchun tug‘ilganman”.

 

14 yoshida Ronaldu o‘qituvchiga stul uloqtirgani uchun maktabdan haydalgan. 15 yoshida u futbol bilan butunlay xayrlashishi mumkin edi. Krishtianuga tug‘ma yurak kasalligi tufayli taxikardiya tashxisi qo‘yilgan. Shoshilinch operasiya kerak edi. Jarrohlik operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Yurakning shikastlangan joyi lazer yordamida davolandi, futbolchi tezda formasiga qaytdi va orzusi tomon harakatni davom ettirdi.

Uning otasi alkogolizmdan vafot etgan, onasi esa doimo Ronaldu bilan birga. Krishtianu Ronaldu intervyularining birida: “Onam men uchun jonini fido qilib katta qilgan. U meni ovqatlantirish uchun o‘zi och yotardi.

U haftasiga yetti kun farrosh bo‘lib ishlagan, futbol o‘ynashim uchun mening birinchi butsalarimni olib bergan. Mening barcha muvaffaqiyatlarim unga bag‘ishlanadi. U tirik ekan, doim men bilan yashaydi. U mening borlig‘im va eng katta sovg‘amdir”.

 

U ko‘pincha takabburlik qilishi bilan qoralanadi. Shu sabab, futbolchiga nisbatan boshqacha qarashga majbur qiladigan 11 faktni e’tiboringizga havola etamiz.

 

Krishtianu Ronaldu haqida 11 ta fakt

“Oltin butsa”ni sotib, pulini G‘azodagi maktablar qurilishiga sarfladi

2011 yilda Ronaldu “Real Madrid” safida 40 ta gol urishga erishdi va La  Liganing eng yaxshi to‘purari sifatida “Oltin butsa” bilan taqdirlandi. Krishtianu sovrinni javonning eng ko‘zga ko‘ringan joyi saqlashi mumkin edi, ammo u buning o‘rniga mukofotni auksionda 1,2 million funtga sotdi. U tushgan mablag‘ni urishlar sabab zarar ko‘rgan G‘azodagi maktablar qurilishiga sarfladi.

U “Oltin to‘p”ni bemor bolalarning xursandchiligiga almashdi

Yana bir nufuzli kubok – “Oltin to‘p” ham futbol dahosining javonida chang bosmadi. Futbolchi uni Londondagi kim oshdi savdosida “ko‘rgazma” uchun 580 ming funt sterlingga sotdi. Pulni og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalarning xursand  qilish  uchun “Make-A-Wish” xayriya jamg‘armasiga topshirildi.

Mukofot pullarini xayriyaga ishlatadi

Krishtianu, turnir va chempionatlarda ajoyib natijalari uchunboshqa futbolchilar singari, katta miqdorni mukofot pullari oladi. Shunday qilib, 2013 yilda Krish UYEFA talqiniga ko‘ra yilning “ramziy terma jamoasi”ga kiritildi va buning uchun100 ming yevro mukofot oldi. Ammo, Ronaldu pulni“Qizil Xoch” xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berdi.2014 yilda iqtidorli portugaliyalik “Real Madrid” bilan klub tarixidagi o‘ninchi Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritdi.“Qirollik klubi” rahbariyati hujumchiga 450 ming yevro miqdoridagi bonus bilan minnatdorchilik bildirdi. Krish esa “sovg‘a”ni YUNICEF, “Save the Children” va “World Vision” xayriya jamg‘armalariga tarqatdi.

Krishtianu — qon donori

Mashhur futbolchining tanasida bitta ham tatuirovka yo‘q. Krishtianu Ronaldu muntazam ravishda donorlik maqsadida qon topshiradi va tatuirovkalar bunday muolajalar uchun kontrendikasiya hisoblanadi. Portugaliyalik bu savob ishni tez-tez bajarganligi sababli, tanasiga bitta ham tatuirovka chizdirmaydi. U donorlikka katta ahamiyat berib, butun dunyodagi odamlarni muhtojlarga yordam berishga chaqiradi.

“Hammamiz qon topshirish orqali foyda olamiz. Sizning qoningiz bir nechta odamlarga hayotini saqlab qolishimumkin. Shuning uchun men odamlarni tez-tez qon topshirishga chaqiraman”.

Suyak iligini kasal bolaga bergan

Futbolchi Karlos Martinsning uch yoshli o‘g‘lida zudlik bilan transplantasiya qilishni talab qiluvchi kam uchraydigan va jiddiy suyak iligi kasalligi bor paydo bo‘ldi. Ota-onaning suyak iligi bolaga mos kelmadi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi sherigiga yordam berishga qaror qildi. Aynan u suyak iligi moddasining bir qismini bolakayga bergan. KriRo bunga shunday izoh beradi: “Ko‘pchilik suyak iligi donorligini qiyin deb o‘ylaydi, ammo bu qon donorligi bilan bir xil va bu unchalik og‘riqli bo‘lmaydi”.

Ronaldu xalqaro xayriya tashkilotlarining elchisi

Portugaliyalik o‘zining dunyoga mashhur ismi va mashhurligidan xayriya ishlarini targ‘ib qilish uchun foydalanadi. Krish uchta nufuzli xayriya tashkilotining rasmiy elchisi: YUNICEF, “Save the Children” va “World Vision”.

Krishtianu harbiy to‘qnashuvdan jabr ko‘rgan suriyalik bolalariga xat yozdi

Bu har kimning qo‘lidan keladigan kichik ishdek tuyulishi mumkin, ammo har bir mashhur futbolchi buni amalga oshirish haqda o‘ylamagani aniq.

Tabiiy ofatlardan jabrlangan bolalarga yordam berish uchun 5 million funt sterling xayriya qilgan

Futbolchi bu mablag‘ni 2015 yilda kuchli zilziladan jabr ko‘rgan Nepalga yordam jamg‘armasi sifatida ajratgan. Keyinchalik tabiiy ofat to‘qqiz ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 22 ming kishi turli darajadagi jarohat oldi. Butun davlatga katta iqtisodiy zarar yetkazildi. Futbolchi ushbu mamlakatga bergan yordam miqdori taxminiy, chunki hissaning aniq miqdori odatda oshkor etilmagan.

U onasini davolagan saraton kasalliklari markaziga minnatdorchilik bildirgan

2007 yilda Ronalduning onasi Dolores Aveyro ko‘krak saratonidan davolanib chiqdi. Ronaldu minnatdorchilik belgisi sifatida Portugaliya saraton kasalliklari markaziga 120 000 funt o‘tkazib berdi.

Deyarli imkonsiz ishga qo‘l urgan

2009 yilda to‘qqiz yoshli Nuxuzet Gilyen degan bolaga og‘irsaraton kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu Ronalduni e’tiboridan chetda qolmadi. Krish Nuxuzetni “Santyago Bernabeu”dagi o‘yinni tomosha qilishga taklif qildi. Bola nafaqat afsonaviy jamoaning o‘yinini ko‘rdi, balki Krish o‘zi urgan golni Nuxuzetga gol bag‘ishladi va Ronaldu unga o‘z futbolkasini berdi. Afsuski, bolaning kasalligiga davo yo‘q edi, ammo AQSHda muntazam ravishda davolanishi kerak bo‘lgan. Futbolchi nafaqat xususiy tibbiyot markazida bu muolaja uchun pul to‘lagan, balki muntazam ravishda yuz ming dollarlik dori-darmonlarni ham olib bergan. Barcha sa’y-harakatlarga qaramay, bola 2013 yil mart oyida vafot etdi.

10 oylik bolaga yordam bergan

2014 yilda o‘n oylik Erik Ortis Kruzning onasi taniqli futbolchidan kichkina o‘g‘liga o‘z futbolkasini berishni so‘rab murojaat qildi. Ronaldu o‘sha bolada kortikal displaziya kasalligi borligini aniqladi. Portugaliyalik chaqaloqning dastlabki operasiya uchun 55 ming funt sterling to‘ladi va keyingi davolanishni ham moliyalashtirishga va’da berdi. Ronaldu Erik uchun mablag‘ yig‘ishga yordam berdi. U xayriya auksionida o‘z dastxati tushirilgan futbolkalar sotdi.

Yaxshilikni unutmang

Krishtianu Ronaldu intervyularing birida qiziq voqeani aytib qoldi:

“11-12 yoshligimda oilamizda pul yo‘q edi. Men “Sporting”ning boshqa o‘quvchilari bilan birga yashardim va oilamni har uch oyda bir marta ko‘rgani borganman. Bu juda qiyin edi. Kechqurun, chamasi soat 22:30 yoki 23:00 qorni ochdi. Stadion yonida “Mc Donalds” bor edi. Men eshikni taqillatib: “Salom, sizda burger bormi?” deya so‘radim. Ular menga tekinga burger berishdi. Edna ismli ayol va yana ikkita qiz u yerda ishlardi. Ammo, men ularni boshqa ko‘rmadim. Portugaliyadagi odamlardan so‘radim, lekin “Mc Donalds” yopiq edi. Agar ularni ushbu intervyu orqali topsam xursand bo‘laman, chunki ularni Turin yoki Lissabonga taklif qilib, kechki ovqatni birga yemoqchiman. Men qarzni hech bo‘lmaganda qisman qaytarishni istayman”.

Ana shundan so‘ng ayollardan biri topildi va Ronaldu minnatdorchilik belgisi sifatida uni kechki ovqatga taklif qildi.

Salomatligi 20 yoshli yigit kabi

Umuman olganda, Ronaldu erishish mumkin bo‘lgan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, ammo Krish to‘xtashni istamaydi. “Yuventus”ga o‘tish oldidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda futbolchining salomatligini 20 yoshli bolakaynikiga qiyoslash mumkinligini ko‘rsatdi. Portugaliyalik, odatda, o‘z tanasini faqat ishlaydigan vosita sifatida emas, balki do‘st sifatida ko‘radi. U qat’iy diyetaga va kundalik rejimga rioya qiladi. U spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydi, doimo o‘z vaqtida uxlaydi, har kuni mashq qiladi.

Krishtianu Ronaldu yaqinda bergan katta intervyusida shunday dedi: “Genetik jihatdan o‘zimni 30 yoshli odamdek his qilyapman. Men tanamga yaxshi e’tibor beraman. Yaqinda tushundimki, 33 yildan keyin tana har qanday vazifalarni bajara olmaydi, ammo haqiqiy jang bu — aql jangidir.

Ko‘p qiyinchiliklardan o‘tish, bor e’tiborni faqat bitta maqsadga qaratish - yuqori darajada qolish demakdir. Men ko‘proq futbolda aqlimni ishlatishni o‘rganmoqdaman. Bilaman, tanam men nima istasam bajara oladi, chunki men uni avaylayman va uning signallarini tinglayman.

Hayotda yaxshi va yomon turli xil muhim paytlar bo‘ladi, ammo yiqilishdan keyin ko‘tarilish uchun kuch bo‘lishi kerak. Men baxtliman, futbolda qolishni va u bilan qayergacha olib borishimni ko‘rishni xohlayman. 40, 41, 42 yoshgacha o‘ynaynashni rejalashtirganman. Lekin asosiysi, futboldan zavq olishdir”.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, u haqiqiy futbol qiroli. Yosh futbolchilar uchun haqiqiy motivasiya.  

Tug‘ilgan kuning bilan, Krishtianu

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:46, 05.02.2022.
O'qildi: 9066 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.