Italiya A Seriyasining 24-turida «Fiorentina» «Lasio» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Rossiyalik hujumchi Aleksandr Kokorin ushbu bahsda yana zaxirada qoldi. Markaziy hujumchi sifatida asosiy tarkibda Artur Kabral maydonga tushadi.
Kokorin «Fiorentina»ga kelganidan beri A Seriya doirasida biror marotaba ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi. U bugungi bahsni hisobga olganda, 25-uchrashuvida zaxirada qolmoqda.