Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oltin to‘p» me’mori kim?

«Oltin to‘p» me’mori kim?

Baho:
+ | -

Har yili dunyoning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladigan oliy mukofot kim tomonidan va qachon yaratilganini bilasizmi? Uni bundan bir necha asr muqaddam qirollar, aslzodalar va nufuzli tashkilotlar uchun nodir taqinchoqlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oilaviy korxonaning 15-avlodi vakillari yaratmoqdalar.

XVI asrda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Melleriolar oilasi 1515 yilda taqinchoqlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan korxonani tashkil etgandi. 1613 yilda korxona Mellerio dits Meller firmasiga aylantirildi. Avvaliga oila aslzoda dvoryanlarning taqinchoqlarini ta’mirlash va tozalashni rejalashtirgandi. Keyinchalik uning xizmatidan qirolliklar oilalari ham foydalana boshladilar.

1815 yilda Melleriolar firmani Parijga ko‘chirib, Ryu-de-la-Pe ko‘chasidagi 9-uyda o‘z ofislarini ochdilar. U hozir ham mavjud. 400 yildan ko‘proq vaqt davomida zargarlar oilasi a’zolari juda ko‘p buyumlarni, brilliant bilan qoplangan toj va tillaqoshlardan tortib, Rim katoliklarining kitoblari muqovalarigacha qo‘ldan o‘tkazdilar. Sport olamidagi dastlabki buyurtmani esa, tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati tashkilotchilaridan olindi va Coupe des Mousquetaires sovrini dunyoga keldi. Keyin Melleriolar Fransiya, Belgiya va Italiya sport federasiyalaridan turli buyurtmalar olishdi. 1956 yildan boshlab korxona France Football bilan «Oltin to‘p»ni ishlab chiqarish borasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, firma hozir ham turli taqinchoqlar ishlab chiqarishni davom ettirmoqda. Rasmiy saytdagi ma’lumotga ko‘ra, eng arzon mahsulotning bahosi - 500 yevro.

«Oltin to‘p»nitayyorlashda 11 nafar mutaxassis ishtirok etadi: zargar, naqqosh, trafaretchi, pardozlash ustasi. Tayyorlash jarayoni quyidagicha:

1. Sovrinning boshlang‘ich holati - 2 dona latun yarim shar. Uni bolg‘a bilan urish orqali dumaloq shaklga keltiriladi.

2. Keyin o‘ymakor usta dumaloq sharni qaynoq yelim bilan to‘ldirib, uni to‘p ko‘rinishiga keltiradi. Shakl berish jarayoni yakunlangach, shar yelimdan tozalanadi.

3. Mazkur jarayondan keyin to‘p zargar qo‘liga o‘tadi. U sov-ringa Ballon d~Or yozuvini tushiradi.

4. Keyin zargar bo‘lajak sov­rinni suyuq oltin quyilgan idishga tushiradi.

5. Endi silliqlovchi usta sov­rinni pardozlab, yana zargarga qaytaradi. Zargar to‘pni qimmatbaho toshlar va brilliantlar bilan bezatilgan taglikka o‘rnatadi.

6. Jarayon 5-bandga yetib kelgunga qadar «Oltin to‘p»ning tagligi trafaretlar ustasida bo‘ladi. 2010 yillargacha zargarlar sovrin sohibi nomini oldindan bilishardi. Hozir bunday emas: ular 3 nafar asosiy nomzod nomiga tablichkalar tayyorlab, g‘olib nomi yozilgan tablichkani taqdirlash marosimi boshlangan paytda «Oltin to‘p»ga mahkamlab qo‘-yishadi. Bunday ehtiyotkorlikning asosiy sababi shuki, 2011 yilda OAV asosiy 3 nafar nomzodlar nomini taqdirlash marosimidan 2 kun avval e’lon qilishgandi.

Muhim jihat: oilaviy firma ixtiyorida «Oltin to‘p»ning tayyor qolipi mavjud emas. Har yili mutaxassislar muayyan proporsiyaga (balandligi 31 sm., kengligi 23 sm.) asoslangan holda yangi sovrinni yaratadilar. Lekin dizayn bobida mustaqil ish yuritadilar. Mellerioning asosiy prinsipi: har qaysi to‘p o‘ziga xos betakror ko‘rinishda bo‘lishi shart. Bunga erishish maqsadida mutaxassislar har yili latun tarkibiga ma’lum miqdorda o‘zgarish kiritadilar.

«Oltin to‘p»ni xarid qilishning iloji yo‘q. Biroq France Football sovrinning o‘rtacha qiymati 13 ming yevroga teng ekanligini ma’lum qilgandi. 1956 yilda joriy etilgan «Oltin to‘p»ning hajmi 1983 yilgacha o‘zgarmadi. Shundan beri nufuzli sov-rinda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Asosiy yangiliklar taglik dizayni va to‘pning bezaklarida kuzatildi. Platini olgan sovrinning tagligi nisbatan silliq edi. Keyinchalik mutaxassislar uni mayda toshlar bilan bezata boshladilar.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 06.02.2022.
O'qildi: 2922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.