Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yilning eng tushunarsiz goli, “G‘alati” hakam va darvozabonning qo‘pol xatosi. Afrika kubogida yuz bergan eng kulgili va sharmandali holatlar

Yilning eng tushunarsiz goli, “G‘alati” hakam va darvozabonning qo‘pol xatosi. Afrika kubogida yuz bergan eng kulgili va sharmandali holatlar

Baho:
+ | -

Afrika Millatlar kubogi dunyodagi eng ommabop futbol turniri emas. Agar xalqaro musobaqalar bilan solishtiradigan bo‘lsak, JCH, Yevropa chempionati va Amerika Kubogi turnirlari darajasida o‘tkazilmaydi.

Tashkilotchilik bo‘yicha esa Afrika kubogini yuqoridagi musobaqalar bilan umuman solishtirib bo‘lmaydi.

Ochig‘ini aytamiz: Kamerun bunday keng ko‘lamli turnirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha unchalik yaxshi ishlay olmadi. OAVda deyarli har kuni Afrika kubogida sodir bo‘lgan hamda bo‘layotgan qiziq, g‘alati va ba’zan dahshatli vaziyatlar haqidagi xabarlar tarqaldi.

Shu sabab, bugun biz Afrik Millatlar kubogi-2021 turnirining asosiy voqealari va muvaffaqiyatsizliklari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

 

Zerikarli o‘yinlar

Guruh bosqichidagi 36 uchrashuvning 18 tasida golsiz durang va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan.

Qolaversa, birinchi davradagi bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda (12 o‘yindan) bittadan ko‘p gol kiritildi. Bunday natijalar Afrika kubogini tomosha qilish istagini susaytirishi tayin. Quvonarlisi, guruh bosqichi yakunlanishiga yaqin jamoalar o‘zlariga kelib, ko‘proq gol ura boshlashdi.

Bunday ko‘rsatkichlarga mahalliy maydonlar ta’sir qilgan deb taxmin qilish mumkin. Kamerun futbolni yaxshi ko‘radigan mamlakat, ammo bu yerda yaxshi stadionlar juda ham kam.

 

Top jamoalarning zaif o‘yini

Guruh bosqichida ko‘plab jamoalar o‘z imkoniyatlaridan ko‘ra yomonroq o‘yin ko‘rsatishdi. Keling, oldingi Afrika kubogida g‘olibi Jazoirdan boshlaylik. “Cho‘l tulkilari” Kot-d’Ivuar, Ekvatorial Gvineya va Syerra-Leone kabi terma jamoalar bilan bir guruhda edi. Jazoirga ivuarliklar bilan o‘yin qiyin o‘tishi ma’lum edi, ammo ular qolgan ikki raqibni ham mag‘lub eta olmaganliklari kutilmagan natija bo‘ldi.

Syerra-Leone jazoirliklar bilan durang o‘ynadi va Gvineya esa sensasion tarzda g‘alaba qozondi - 1:0. Kot-d’Ivuarga qarshi o‘yin ham durang bilan yakunlandi.

Yana bir ajablanarlisi, Gananing musobaqani erta tark etishi. Albatta ganaliklarda Jazoirdagidek kuchli tarkib yo‘q, lekin umuman olganda ular har doim e’tiborda bo‘lgan jamoa hisoblanadi. “Qora panteralar”ning o‘rnini Komor orollari terma jamoasi egalladi.

Umuman olganda, ko‘plab jamoalar (Gana va Jazoirni hisobga olmaganda ham) ancha yaxshi o‘ynashlari mumkin edi. Xususan, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan Tunis ham bundan mustasno emas.

 

Boshqa madhiya

Guruh bosqichining birinchi turidayoq turnir bizga ko‘plab kutilmagan hodisalarni taqdim etishdi. Mavritaniya – Gambiya uchrashuvi boshlanishidan oldin tashkilotchilar nominal mezbonlar madhiyasini qo‘yishga uch marta (!) urinib ko‘rdilar, biroq uch marta ham xatoga yo‘l qo‘yishdi.

Keyinchalik, ularning madhiyasini topa olmagach, Gambiya davlat madhiyasi qo‘yildi. Mavritaniyalik futbolchilar esa milliy madhiyani musiqasiz kuylashga majbur bo‘ldi.

Yevropa chempionatida bunday holat yuzaga kelishi dargumon. Albatta, hech kim xatolardan holi emas, lekin agar Yevro tashkilotchilari bunday xatoga yo‘l qo‘yib, boshqa davlat madhiyasini qo‘yishsa, bu katta janjalga sabab bo‘lishi tayin.

 

Bu hiyla ish bermadi

Afrika kubogida nafaqat tashkilotchilar, balki futbolchilarning ham g‘alati holatlari bilan esda qoldi. Guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gana va Gabon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (1:1), qiziq voqea yuz berdi.

Gabonliklar 88-daqiqada hisobni tenglashtirishdi, biroq Gana vakillari gol qoidabuzarlikdan keyin kiritilgan deb janjal ko‘tarishdi. O‘yindan so‘ng maydonda mushtlashuv boshlandi va ganalik hujumchi Benjamin Tette hujumchi Aaron Bupendzaning yuziga shapaloq urdi. Gabonlik futbolchi darhol maysazorga yiqildi. Tette esa maydon tashqarisiga qarab yugurib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shundan so‘ng darhol Benji kiyim almashtirish xonasiga yugurib kirgan. Uchrashuv hakami dastlab kim futbolchiga zarba berganini bilmay qoldi. U uzoq vaqt davomida o‘sha futbolchi kimligini aniqlashga urindi, keyin bu zo‘ravon Tette ekanligini anglagach, hakam Gana terma jamoasi murabbiylar shtabiga murojaat qildi va ulardan “jinoyatchi”ni maydonga qaytarishni so‘radi. Benji oxir-oqibat kiyinish xonasidan chiqib keldi-yu, darhol qizil kartochkasini oldi.

 

Yilning eng kulgili goli

Ikkinchi turda Kot-d’Ivuar kutilmaganda Syerra-Leone bilan durang o‘ynadi. “Fillar” 93-daqiqagacha hisobda oldinda borayotgan edi, biroq so‘nggi soniyalarda ivuarlik darvozabon kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi va shunchaki to‘pni raqib hujumchisi Alxaji Kamaraga oshirdi.

Rostini aytsak, darvozabon dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin o‘tkazib yuborilgan golda faqat kiper aybdor emas edi. O‘sha paytda himoyachilar qayerda edi? Tushunarsiz.

 

Yaundedagi dahshatli voqea

Afrika Millatlar Kubogining 1/8 final doirasidagi o‘yinlar oldidan haqiqiy fojia yuz berdi. Kamerun poytaxti Yaunde shahridagi stadion oldidagi tiqilinchda bir qancha odamlar halok bo‘ldi.

Hammasi minglab mahalliy muxlislarning o‘z jamoasini Komor orollariga qarshi qanday o‘ynashini bevosita stadiondan ko‘rishni xohlaganidan boshlandi. Uchrashuvga 50 mingga yaqin odam kelishi kutilgandi. Ammo, odam ko‘pligidan, o‘yinga kira olmagan muxlislar ham stadionga kirishga harakat qilishdi.

Arena xavfsizligi hodimlari bunga bardosh bera olmadi va natijada “bardak” boshlandi. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 50 kishiga yaqin odam yaralandi. Shunchaki, dahshat!

 

Darvozani qo‘riqlagan himoyachi

Komor orollari terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogining asosiy voqealaridan biri bo‘ldi. Jamoa uchta o‘yinda uch ochko jamg‘argan holda, Gana, Gabon va Marokash kabi yetakchilar bo‘lgan guruhda uchinchi o‘rinni egallashdi.

Komor orollari musobaqada o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan holda, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

1/8 finalda Komor orollari terma jamoasi turnir mezboni Kamerun bilan o‘ynadi. Uchrashuv oldidan ular kadrlar bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch keldi. Jamoaning ikki darvozabonida koronavirus aniqlandi, uchinchisi esa musobaqa paytida jiddiy jarohat oldi. Shu bois, ular o‘yin qaydnomasiga bor-yo‘g‘i 12 kishini kiritdi va ro‘yxatda birorta ham darvozabon yo‘q edi. Shu sabab, o‘yin paytida darvozani himoyachi Shaker Aladur qo‘riqladi.

Vaziyat uchrashuv boshidayoq futbolchi Komorovning chetlatilishidan keyin yanada murakkablashdi. Umuman olganda, Aladur juda zo‘r o‘ynadi: ha, u ikkita gol o‘tkazib yubordi, lekin bir nechta ajoyib seyvlarni ham amalga oshirganini ham unutmaslik kerak.

 

“G‘alati” hakam

Afrika kubogi ishtirok etadigan hakamlar alohida muhokama qilinadigan mavzu. Keling, Tunis-Mali o‘yinini boshqargan Janni Sikazvedan boshlaylik.

Uning qarorlari o‘yinning borishini to‘liq belgilab berdi. 48-daqiqada Sikazve penalti belgiladi va uni Ibrohim Kone ishonchli tarzda golga aylantirdi. Bu gol uchrashuvdagi yagona gol bo‘ldi. Lekin gap 11 metrlik jarimada emas, chunki penalti haqiqatdan ham to‘g‘ri belgilangan edi.

Gap Sikazvening uchrashuvni muddatidan oldin yakunlash haqidagi g‘alati qarorida. Shu tariqa bosh hakam avvaliga 86-daqiqada, keyinchalik esa 89-daqiqada final hushtagini chaldi. Shu bilan birga, ikkinchi bo‘limda Sikazve uch marta VAR tizimiga murojaat qildi va yana bir marta “Cooling Break” uchun o‘yinni to‘xtatdi.

Uchrashuv “tugashidan” yarim soat o‘tgach, tashkilotchilar qolgan uch daqiqani o‘ynab qo‘yish uchun o‘yin davom ettirilishini ma’lum qilishdi. Ammo Tunis terma jamoasi maydonga qaytishdan bosh tortdi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 21:52, 08.02.2022.
O'qildi: 5948 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.