Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor Yunior» loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi

«Paxtakor Yunior» loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

9 fevral, chorshanba kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor Yunior" loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dilshod Karimov ("Paxtakor" futbol klubi raisi o‘rinbosari): - Yangi mavsumda "Paxtakor" tarkibini yoshartirish, akademiyaga ko‘proq ahamiyat berish haqida klubimiz raisi tomonidan vazifa qo‘yilgan. Iqtidorlarni ko‘proq izlab topish maqsadida "Paxtakor Yunior" loyihasi ishga tushirilmoqda. Bu orqali nafaqat Toshkent shahri, balki butun mamlakat bo‘ylab yoshlar va bolalarni futbolga jalb qilib, ular orasidan eng yaxshilarini akademiyaga tanlab olishga intilamiz. Yurtimizda sport va futbolni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunga biz ham o‘z hissamizni qo‘shish niyatidamiz. Hozircha ushbu maktablardan 4tasi Toshkent shahrida ish boshlaydi. Tez orada boshqa hududlarda ham bu loyiha ishga tushiriladi. Buning yordamida "Paxtakor" futbol klubining brendini yanada ko‘tarish ham rejalarimizdan o‘rin olgan.

- Ushbu maktablarda barcha yoshlar futbol bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bolalarni qamrab olish chegerasi kattaroq bo‘ladi.

Shuhrat Yusupov ("Paxtakor Yunior" loyihasi ta’sischisi): - Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida maktablar ish boshlaydi. Bosqichma-bosqich loyihani kengaytirib boramiz. Dastlab Toshkent shahrini qamrab olishni rejalashtirganmiz. Keyin esa boshqa hududlarda ham buni ishga tushiramiz. Dastlabki maktablar mart oyida ishga tushishi kutilmoqda. Dastlabki loyiha poytaxtimizdagi "Do‘stlik" bog‘i hududida ochilishi kutilmoqda.

- Talabdan kelib chiqqan holda ishlaymiz. Marketing tahlilini ko‘rib chiqamiz. Birinchi bosqichda 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jalb etmoqchimiz. Murabbiylar masalasiga kelsak, "Paxtakor" futbol klubi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatamiz. Murabbiylar nomini e’lon qilib boramiz.

Olim Shokirov ("Paxtakor" FK akademiyasi direktori): - Mashg‘ulotni qanday tashkil etish va o‘tkazish borasida zarur qo‘llanmani taqdim etamiz. Akademiya qanday faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, "Paxtakor Yunior" loyihasida ham shunday uslubda ishlanadi. Barcha ishlar hamjihat holda olib boriladi.

- Tarbiyalanuvchilarimizga ko‘proq e’tibor berishni istaymiz. Faoliyatimizni o‘zgartirib, yanada ko‘proq iqtidorli futbolchilarni asosiy jamoa uchun tarbiyalab berishni istaymiz.

Dilshod Karimov: - Avvalgi yili ko‘plab futbolchilar "Olimpik" jamoasiga berildi. Shu sababli yoshlar tarkibini kuchaytirish imkoniyati bo‘lmadi. Avval akademiyada joy bilan bog‘liq muammo bor edi. Yaqinda yotoqxona qurib bitirdik, oshxona bo‘yicha muammoni hal qildik. Yana akademiya faoliyatini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuhrat Yusupov: - Maktablarda futbolchilar qanday shug‘ullanayotgani, undagi ko‘rsatkichlarni ota-onalar bevosita platforma orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Maxsus dastur yordamida ularning turli jihatlar bo‘yicha qanday o‘zgarayotganini bilib olish imkoniyati havola etiladi. Va umuman mashg‘ulotlarni ham bemalol kuzatib turishlari mumkin. Barcha ishlar shaffof yo‘lga qo‘yiladi. Eng iqtidorli bolalar tekinga qabul qilinadi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga imtiyoz taqdim etiladi. Qolganlar uchun esa xizmat pullik bo‘ladi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:35, 09.02.2022.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.