Londonning "Chelsi" klubi himoyachi Sesar Aspilikueta bilan xayrlashmoqchi emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati shu haftada himoyachi bilan uchrashib, unga o‘z taklifini beradi. "Aristokratlar" iloji boricha tezroq u bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
O‘z navbatida, 32 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga ayni vaqtda "Bavariya" va "Barselona" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Aspilikueta APLning 17 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.