Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Iroqqa futbol qaytdi...

Iroqqa futbol qaytdi...

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Oradan sakkiz yil o‘tib, Bog‘dodga xalqaro futbol qaytdi. Ushbu muvaffaqiyatda yaqinda Iroq futbol assosiasiyasi (IFA) prezidentligiga saylangan Adnan Dirjalning hissasi katta bo‘ldi. Iroq termasi «Al-Madina» stadionida Uganda termasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

IFAning FIFA talablariga binoan belgilangan normalizasiya jarayonidan chiqqaniga uncha ko‘p bo‘lmadi, endi esa Xalqaro futbol assosiasiyasi bilan birgalikda ke-yingi to‘rt yillik sikl uchun strategiya ishlab chiqyapti. Maqsad - IFA moliyaviy ahvolini yaxshilash, yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish va maydondagi ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish. Mazkur holatda Dubaydagi hududiy ofisning rivojlanish ishlari bo‘yicha menejeri Essam al Suxibani uch kunlik tashrif bilan Iroqda bo‘lib, potensial loyihalarni muhokama qildi. Keyingi tashrif shu oyga belgilangan. «Ayni paytda FIFA yordami hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, - deydi Dirjal. - Iroqning futboldagi salohiyati yuqori, ammo undan muvaffaqiyatli foydalanish uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak. Yaqinda IFA bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdi, ammo bu biz uchun endigina boshlanishi. Muntazam qo‘llab-quvvatlayotgani uchun FIFAga minnatdorlik bildiramiz».

Dirjal 1979-1990 yillar mobaynida Iroq termasi safida 100tadan ortiq o‘yinda g‘alaba qozongan, lekin JCH-1986ni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan. Keyinchalik bir nechta jamoalarda murabbiylik qildi. IFA bosh kotibi Muhammad Farxan FIFA ularga moliyalashtirishdan ham ko‘proq narsa berganini ta’kidladi: «Tushunish kerakki, IFA nafaqat FIFA Forward dasturi orqali FIFAdan madad pullarini, balki sifatli strategik tavsiyalarni, samarali boshqaruv, tashkilotning moliyaviy barqarorligi, texnik masalalar va futbolga taalluqli ko‘plab jihatlar bo‘yicha takliflarni oladi. Iroqda futbolning birinchi raqamli sport turi ekanligi aniq, uning bir nechta yo‘nalishlarda rivojlanishida esa FIFA ko‘magi juda zarur».

Iroq futbol assosiasiyasi tashkilotning yangi prezidenti Adnan Dirjal qo‘l ostida yangi davrga kirib bordi. 2020 yili IFA ijroiya qo‘mitasining barcha a’zolari hamda bosh kotib iste’foga chiqishganda, FIFA normalizasiya bo‘yicha qo‘mitani tayinlagandi. 2021 yilning sentyabrida o‘tkazilgan saylovdan so‘ng qo‘mita ishini yakunladi. Iroq termasi 1996 yildan buyon muntazam ravishda Osiyo kubogi «pley-off» bosqichiga chiqmoqda, 2007 yilda esa qit’a chempionligini nishonladi, lekin o‘z tarixidagi ikkinchi mundialga chiqishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda. Qit’a miqyosidagi musobaqalarda erishilgan yutuqlar inobatga olinsa, bu biroz g‘alati, albatta.

FIFA 2013 yili mamlakatdagi xavfsizlik masalalari tufayli IFAga o‘z maydonida o‘yin o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. 2019 yili ushbu cheklov qisqa muddat bekor qilingach, jamoa Gonkong termasiga qarshi JCH saralash o‘yinini Iroqda o‘tkazgandi. Ammo ko‘p o‘tmay, taqiq yana kuchga kirdi.

Shunga qaramay, iroqliklar o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘z uylarida - Basra shahrida o‘tkazishda davom etishdi, ammo mundial saralashidagi bahslariga Doxadagi stadionlar mezbonlik qildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:51, 14.02.2022.
O'qildi: 1466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.