Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekiston delegasiyasining Pekin-2022 qishki Olimpiadasidagi ishtiroki yakunlandi

O‘zbekiston delegasiyasining Pekin-2022 qishki Olimpiadasidagi ishtiroki yakunlandi

Baho:
+ | -

Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasining chiqishi nihoyasiga yetdi.

Bu Olimpiadada yurtimiz sharafini tog‘ chang‘ichimiz Komiljon To‘xtayev himoya qildi. Komiljon unda gigant slalom va slalom dasturlarida ishtirok etdi. Aytish mumkinki, gigant slalom hamyurtimiz uchun omadli keldi. 87 sportchi start olgan ushbu dasturda sportchimiz 29-natijaga erishdi, 46 chang‘ichi finishga kela olmadi. Bu uning uchun nafaqat faoliyatidagi, balki Osiyo va MDH vakillari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, bu qishki Olimpiadalarda gigant slalom dasturida hamyurtlarimiz qayd etgan eng yaxshi natija bo‘ldi.

Afsuski, texnik jihatdan juda murakkab hisoblangan slalom dasturi omadsiz yakunlandi. Finishga bir necha metrlar qolganida To‘xtayev darvozalardan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va diskvalifikasiya qilindi. Shunday bo‘lsa ham, bu Olimpiada orqali Komiljon kelgusi faoliyati uchun ulkan tajriba to‘pladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Olimpiya qo‘mitasi Komiljon To‘xtayevning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi. Uning qo‘lga kiritgan yo‘llanmasi orqali ushbu Olimpiadada ishtirok etgan 91 mamlakat orasida O‘zbekiston nomi tilga olinadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:48, 16.02.2022.
O'qildi: 2082 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик