Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Anchelotti «Real» rahbaryaitidan «Arsenal» futbolchisini sotib olishni talab qildi

Anchelotti «Real» rahbaryaitidan «Arsenal» futbolchisini sotib olishni talab qildi

Baho:
+ | -

Taxminan bir hafta oldin Ispaniya matbuotida «Real Madrid» «Arsenal» va Shotlandiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Kiran Tirnini o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi xabarlar tarqalgan edi. «Qaymoqranglilar» Marseloning ketishi va Ferlan Mendining jarohatlari tufayli ushbu futbolchi nomzodini ko‘rib chiqayotgani aytilgan edi.

Biroz vaqt o‘tgach, bu mish-mishlarning tasdig‘i topdi. Daily Star nashri xabariga ko‘ra, «Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shaxsan Tirni xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Shotlandiyalikning transfer narxi 32 million yevroga baholanmoqda. 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Arsenal» safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 21:51, 19.02.2022.
O'qildi: 6883 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик