"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres qaysi pozisiyasida o‘zini erkin his qilishini aytdi.
“Mening sevimli pozisiyam? O‘ng qanot hujumchisi, u yerda juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdim, hozirda 9 lik hujumchi sifatida ham o‘zimni yaxshi his qilyapman. Aslida esa men hujumning istalgan joyida o‘ynay olaman", - deya Torresning so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Mundo Deportivo".
Eslatib o‘tamiz, hujumchi qishki transfer oynasida 55 million yevro evaziga "Manchester Siti"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi.