Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Yulduzlarsiz Yevropani zabt etgan Mourinyo

Yulduzlarsiz Yevropani zabt etgan Mourinyo

Baho:
+ | -

  Bir-necha soatdan keyin start oladigan “Benfika” va “Ayaks” uchrashuvi nom jihatidan parallel o‘tadigan o‘yin bilan bahslasha olmaydi. Lekin u uchrashuvda so‘nggi yillarda o‘zini ko‘rsata olayotgan top-5 liga vakili bo‘lmagan jamoalar to‘qnash kelishadi. Ular orsidan kimdir chempion bo‘lishi aqlga sig‘ishi qiyin. "Portu" Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan so‘nggi top-5  chempionat vakili bo‘lmagan klubdir. Mourinyo buni qanday uddalagan?

 "Uzoq muddatli ayerobik mashqlar"

Chempionlar kubogida Portu 1987 yilda g‘alaba qozongandi, o‘shanda ular yarim finalda Kiyevning "Dinamo"sini ikki marta mag‘lub etgan, finalda Madger va Xuarining gollari "ajdarlar"ga "Bavariya" ustidan irodali g‘alabani keltirgan.

Chempionlar ligasida jamoaning eng yaxshi natijasi 1994 yilgi yarim final bo‘lgan.

G‘alabalar 2000/2001 yilgi mavsum oxirida kamtarona “Leyriya”ni chempionatda beshinchi o‘ringa ko‘targan Joze Mourinyo bilan birga keldi. Keyingi mavsumda - 2002 yil yanvarda - Otavio Machado qo‘l ostida g‘oliblar qatoridan pastga tushib qolgan "Portu" (ajdarlar 1950 yillarning o‘rtalaridan beri bunday yomon mavsumni o‘tkazmagan) atigi 3 kun ichida Joze bilan kelishuvga erishdi. Jamoa u bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Yangi bosh murabbiy esa Chempionlar ligasida debyut qilishga ham muvaffaq bo‘ldi - 2002 yil fevral-mart oylarida guruh bosqichida "Portu" ikki marta "Real"ga yutqazdi, "Panatinaikos" ustidan g‘alaba qozondi va Pragada "Sparta"ga yutqazib qo‘ydi. Portugaliyaliklar guruhda 4 o‘rinni egallashdi.

Ammo "ajdarlar" boshchiligidagi birinchi to‘liq mavsumidayoq, 40 yoshli Mourinyo klubga oltin xet-trik keltirdi - 2003 yil may-iyun oylarida "Portu" 4 yil ichida birinchi marta milliy chempionatda g‘olib chiqdi. Portugaliya kubogi va UYEFA kubogini qo‘lga kiritdi.

Mourinyoning fan va innovasiyalarni o‘z ichiga olgan ish usullari ko‘p jihatdan Portugaliya futboli uchun inqilobiy edi. Mourinyo “Portu”ga yuqori bosimga asoslangan o‘yinini singdirdi. Albatta, u futbolchilardan ko‘proq narsani talab qila boshladi. Xullas, Jose 20 kilometrlik krossni “uzoq ayerobik mashq” deb atardi.

 Shunga qaramay, "Portu" 2003/2004 yilgi Chempionlar Ligasi favoriti hisoblanishga yaqin ham emas edi. G‘alaba uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxati butunlay top jamoalardan iborat edi - "Real Madrid", "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Milan" turnirining amaldagi g‘olibi, 2003 yilgi Chempionlar Ligasi finalchisi "Yuventus"

"Mourinyo jamoaga bor bilim va jonini bag‘ishladi"

Mourinyo o‘zining chempion jamoasini klassik uch yil davomida tarbiyaladi.

Mavsum-2001/02. "Portu" janubiy afrikalik hujumchi Benni Makkartini "Selta"dan ijaraga oldi, u 2003 yilning yozida 3,5 million evroga sotib olinadi. 2003/04 yilgi tarixiy mavsumda janubiy afrikalik futbolchi jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylanadi - u 25 ta gol uradi.

Mavsum-2002/03. “Portu” “Real Sosyedad”dan litvalik hujumchi Edgaras Yankauskasni 2,4 million yevroga, o‘ng qanot himoyachisi Paulo Ferreyrani “Vitoriya Setubal”dan 2 million yevroga sotib oladi. Mourinyo o‘zining sobiq jamoasi "Leyriya"dan birdaniga uchta futbolchini oladi - himoyachi Nuno Valente (550 ming yevro), hujumchi Derley (450 ming yevro) va yarim himoyachi Tiago (250 ming yevro). "Charlton"da ijara muddatidan keyin "Portu" o‘zining sobiq sardori Xorxe Kosta ortga qaytadi. Erkin agent sifatida Manishe "ajdarlar" safiga qo‘shiladi. Himoyachi Pedro Emanuyel "Boavishta"dan Mourinyo shogirdiga aylangandi.

 

Mavsum-2003/04. UYEFA kubogini qo‘lga kiritgach, yetakchi hujumchi Elder Poshtiga jamoani tark etadi - "Tottenxem" uni 9 million evroga sotib oladi. Yarim himoyachi Nuno Kapucho "Reynjers"ga 1 million evaziga sotib yuborilgandi. 2,5 million yevro evaziga "Portu" Braziliyaning "Fluminense" klubidan 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Karlos Albertoni sotib oladi. Himoyachi Xose Bosingva "Boavishta"dan 1 million yevro evaziga keladi. “Vitoriya”dan “ajdarlar” yarim himoyachi Pedro Mendeshni ham jamoa tarkibiga qo‘shib olishgan.

Qolaversa, Mourinyo 2000 yilda "Perudja"dan "Portu"ga kelgan, Fernando Santush va Otavio Machado qo‘l ostida to‘p tepgan, 2002 yilning qishida esa jamoani tark etishga tayyor bo‘lgan Dmitriy Alenichevni jamoada saqlab qolgandi. 2001 yilning oktyabr-dekabr oylarida "ajdarlar" safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi: "Agar "Portu"da mustahkam o‘rnim bo‘lmasa, klubimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keladi" degan. "Jahon chempionati o‘tkaziladigan yilda men zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmayman". Mourinyo kelishi bilan hammasi o‘zgardi. Alenichev nihoyat “Portu”da o‘zini uyidagidek his qildi. “Maydonda biz futboldan zavqlanamiz. Mourinyo jamoaga butun bilim va jonini bag‘ishladi va natijada ajoyib jamoa paydo bo‘ldi ", dedi u 2002 yilning bahorida.

 "Portu" Chempionlar ligasi finalidagi asosiy tarkib: Vitor Baiya, Paulo Ferreyra, Xorxe Kosta, Rikardo Karvalyu, Nuno Valente, Kostinya, Manishe, Pedro Mendesh, Karlos Alberto, Deku, Derley. Zahira o‘rindig‘idagi yulduzlar Alenichev, Makkarti va Pedro Emanuel edi. Mourinyo qo‘l ostida jamoaga 8 kishi keldi va ularni sotib olish uchun u 10 million yevrodan ko‘p pul sarflamagan.

Yulduz futbolchilarsiz Mourinyo Yevropani zabt eta oldi.

"Ular odatiy Portugaliya jamoasi edi”

“Portu” guruhida “Real”, “Marsel” va “Partizan” bilan o‘ynagan.

Birinchi o‘yin - Belgradda durang 1:1. Uchrashuvning 22 daqiqasida Kostinya hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda “Partizan” muvozanatni tiklagan edi.

2-turda "Real"ga qarshi o‘yinda Mourinyo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi - o‘z maydonida 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yana bir bor Kostinya birinchi bo‘lib gol urdi, ammo Madridliklar Elgera, Solari va Zidanning gollari bilan javob qaytardi.

 Bu mag‘lubiyat "Portu" uchun o‘sha Chempionlar ligasidagi yagona bo‘lib qoladi. Ammo bunday startdan so‘ng muxlislvrning jamoaga bo‘lgan ishonchi so‘ngan edi.

  UYEFA kubogi sohiblari uchun “Marsel” bilan ikkita juftlik o‘yini hal qiluvchi bo‘ldi. “ajdarlar” esa 2 o‘yinda ham ustun kelishdi. “Velodrom”da mezbonlardan 3:2 hisobida ustun kelgan portugaliyaliklar javob o‘yinida minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.

 25 fevral va 9 mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinlar Yevropa futboliga “Portu” va Mourinyoning murabbiylik qobiliyatini to‘liq ochib berdi. Birinchidan, o‘z uyida yangi "Dragau"da (stadion Yevro-2004 uchun maxsus qurilgan) portugaliyaliklar irodali g‘alabaga erishdilar - 2: 1. Safarda esa 32-daqiqada Skoulz “qizil iblislar”ni hisobda oldinga olib chiqdi va o‘yin yakuniga 30 soniya vaqt qolganda Kostinya “Portu” uchun muhim bo‘lgan golga mualliflik qildi. Goldan so‘ng xursand Joze Maydon bo‘ylab yugurgan edi.

"O‘yindan so‘ng, ochiqchasiga g‘azablangan Fergyuson meni tabriklash uchun kiyinish xonamiz eshigini taqillatganida juda hayron bo‘ldim", - deydi Mourinyo yillar o‘tib.

Manchester Yunayted”dan keyin esa qur’a “Portu”ga nasbatan oddiyroq raqiblarni to‘qnash keltirdi. Chorak finalda – “Lion” (2:0 va 2:2), yarim finalda – “Deportivo” (0:0 va 1:0).

Hal qiluvchi bahsda “Portu” “Monako”ga duch keldi. 26 may kuni Gelzenkirxenda Didye Desham, Fernando Moriyentes, Lyudovik Jyuli va Patris Evra kabi yulduzlari jamoa mag‘lubiyatga uchradi - 0:3. Uchrashuvning birinchi bo‘limi so‘nggida Karlos Alberto hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda esa Dmitriy Alenichevga navbat yetib keldi. U 60 daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va dastlab Dekuga golli uzatmani amalga oshirdi (71-daqiqa - 2:0), 75-daqiqada esa yakuniy hisobni o‘rnatib, Chempionlar ligasi finalida gol urgan birinchi rossiyalik bo‘ldi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:56, 23.02.2022.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.