Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Men bu jamoa uchun hamma narsani beraman». Kamerunlik 19 yoshli shved - «Manchester Yunayted»ning yangi qahramoni

«Men bu jamoa uchun hamma narsani beraman». Kamerunlik 19 yoshli shved - «Manchester Yunayted»ning yangi qahramoni

Baho:
+ | -

Entoni Elangining goli «Manchester Yunayted»ga Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Atletiko» bilan durang o‘ynashga yordam berdi.

«Red Bull» kompaniyasiga qarashli futbol klublarda Ralf Rangnik qurgan tizimning asosi yosh, potensiali yuqori bo‘lgan futbolchilarni kashf qilishir. Dayo Upamekano, Takumi Minamino, Erling Xoland, Nabi Keyta, Ibraxima Konate, Mateus Kunya - «Zalsburg» va «Leypsig»dan top-klublar darajasiga ko‘tarilgan iste’dodlar ro‘yxatini uzoq vaqt davom ettirish mumkin.

Rangnik va uning jamoasi Moskvaning «Lokomotiv» klubida ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirishga harakat qilgan edi. Hatto bolalar futbolchiga katta e’tibor bermaydigan «Manchester Yunayted»da ham nemis mutaxassisi yosh iqtidorlarni topishni uddaladi. Ko‘rinib turibdiki, yosh futbolchilar bunday yulduzlarga to‘la tarkibga kirishi nihoyatda qiyin, ammo bu yerda ham Rangnik iqtidorli futbolchini topa oldi va aynan murabbiy Entoni Elanganing ijaraga berilishiga qarshilik qilgan.

Brunodan chiroyli pas va Elangadan mukammal yakun

«Atletiko» himoyachisi to‘xtata olmagan pas. «Manchester Yunayted»da yangi iqtidorlar kuchayib borayotganga o‘xshaydi.

Noyabr oyi boshida 19 yoshli shved «qizil iblislar» (U-23) yoshlar jamoasida va UYEFA Yoshlar ligasida o‘ynagan. O‘sha musobaqada yerda «Atalanta» yoshlariga qarshi kechgan o‘yinning hal qiluvchi golni urdi va YECHL doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda golli uzatma berdi. O‘sha bahsdan atigi bir yarim hafta o‘tib, Entoni «qizil iblislar»ning asosiy tarkibida o‘ynay boshladi. Boz ustiga, Elanga kecha Chempionlar ligasi pley-off bosqichi birinchi uchrashuvida doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda «Manchester Yunayted»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan. Ta’kidlash kerakki, futbolchi o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganda, Markus Reshfordning o‘rniga maydonga tushgan edi.

Biroq, faqat Rangnikni maqtash noto‘g‘ri, chunki hujumchining Premyer-ligadagi debyuti o‘tgan yilning bahorida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida bo‘lib o‘tgan.

Futbolchining o‘g‘li va yoshlar jamoasining asosiy iste’dodi

Elanga Shvesiyaning Malmyo shahrida tug‘ilgan. Futbolchi 12 yoshida «Manchester Yunayted» qabul qilingan va barchasi o‘sha yerdan boshlangan. Aytgancha, Elanga boshqa mamlakat fuqarosi ham bo‘lishi mumkin edi, sababi uning otasi Kamerun terma jamoasining sobiq himoyachisi va 1998 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi Jozef Elanga hisoblanadi. Katta Elanga futbolchilik karyerasini yakunlaganidan so‘ng, oila Shvesiyaga ko‘chib ketadi.

«Uning karyerasida turli xil davrlar bo‘lgan. U ko‘p marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo Entoni barchasini mardonavor tarzda yengib o‘tgan», - dedi «qizil iblislar» yoshlar jamoasi murabbiyi Nil Vud Elanga haqida. Elanganing o‘yini yildan-yilga rivojlanib bordi va 2020 yilda U-18 klubining eng yaxshi futbolchilariga beriladigan Jimmi Merfi mukofotini oldi.

«U biz mashg‘ulotlarda yaxshi taassurot qoldirdi», — deydi Sulsher Elanga haqida.  – U ikki-uch oy oldin jiddiy jarohat oldi va u safga qaytish uchun juda ko‘p mehnat qildi. Unda ajoyib hislatlar bor. Tezligi yuqori, qolaversa qanot yarim himoyachilari uchun kerak va menga yoqadigan barcha fazilatlarga ega. U golni his qila oladi».

«Rangnikga rahmat»

Rostini aytsak, futbolchi haqiqatdan ham Rangnik qo‘l ostida yorqin o‘yin ko‘rsatishni boshladi. Elanga Rangnikning debyut o‘yinidayoq «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Kechagi Madriddagi o‘yindan so‘ng Entoni Rangnik haqida iliq so‘zlar aytdi: «Murabbiyning menga bo‘lgan ishonchi sabab jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam bermoqchiman. Men jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayman. Men murabbiyning ishonchini qadrlayman».

«MYU» boshqaruviga Rangnik kelganidan so‘ng, Elanga barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. U so‘nggi ikki golini zahiradan maydonga tushib kiritganini aytib o‘tish kerak («Lids» va «Atletiko»).

Rangnik BT Sport nashriga shunday dedi: «Men yana bir nechta o‘yinchilar Elangani namuna sifatida olishlarini istardim. Entoni hamma narsani to‘g‘ri qilgani uchun emas, balki o‘yindan zavq olgani uchun ham natijaga erishdi. Men barcha futbolchilar maydonda dam olishimizni istardim».

Uchrashuvlardan biridan so‘ng Elanga o‘zining instagram sahifasida shunday post qoldirdi: «Stretford End» muxlislar sizning ismingizni kuylashsa, qanday ajoyib tuyg‘u. O‘zim ham bir vaqtlar «Old Trafford» tribunasida turib, shunday lahzalarni orzu qilib qo‘shiq kuylaganman. Men bu jamoa uchun hamma narsani beraman!».

Klub bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirganda, Elanga shunday dedi: «Mana, men har kuni o‘rganishim mumkin bo‘lgan jahon darajasidagi futbolchilar va murabbiylar. Klub mening yorqin kelajagimga ishonch bildirganidan xursandman va doimiy qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun xodimlarga hamda oilamga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bilaman, bu klubda mashaqqatli mehnat va fidoyilik sizga imkoniyatga ega bo‘lishingizni anglatadi».

Elanga o‘z imkoniyatidan maksimal tarzda foydalanmoqda. Ba’zan, shunday bo‘ladiki, yosh futbolchilar yorqin o‘yin ko‘rsata boshlagandan keyin ba’zida yulduzlik kasalligiga uchrashadi, ammo shved so‘nggi muvaffaqiyatlari bilan hamma narsa uning xarakteriga mos ekanligini isbotladi. Aynan u Angliya kubogida «Midlsbro»ga qarshi kechgan o‘yindagi penaltilar seriyasida katta xatoga yo‘l qo‘ydi, shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratlarga uchradi. O‘sha voqeadan so‘ng, Elanga ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Krishtianu Ronaldu Entonining xato zarbasidan so‘ng, darhol uni yupatdi. Hozirda esa portugal futbolchisi soyada qolmoqda va aynan Elanga «Manchester Yunayted»ni qutqaruvchisi roliga keldi.

Kiritildi: 20:39, 24.02.2022.
O'qildi: 2576 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.