«Real» hujumchisi Garet Beyl katta ehtimol bilan Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Rayo Valyekano»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Uelslik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotida jarohat oldi. Shu bois, u individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. Garet «Rayo»ga qarshi o‘yingacha tiklanishga ulgurmaydi.
«Rayo Valyekano» - «Real» uchrashuvi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.