Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Stranja-2022. O‘zbekistonlik bokschilar yarim finalda qozoq sportchilarini to‘liq mag‘lub etishdi

Stranja-2022. O‘zbekistonlik bokschilar yarim finalda qozoq sportchilarini to‘liq mag‘lub etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bolgariyaning Sofiya shahrida 25 fevral, juma kuni boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy Stranja Kubogining oltinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

-57 kg vazn toifasidagi jangda Abdumalik Halokov rossiyalik raqibi Vsevolod Shumkov qiyinchilik bilan mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Halokov finalda bolgariyalik Xavier Dias bilan bahs olib boradi.

-80 kg vazn toifasidagi Odiljon Aslonov esa yarim finalda Kromvil Kommi ustidan g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik bokschi finalda bolgariyalik Kristian Nikolovga qarshi ringga chiqadi.

-52 kg vazn toifasida Tursunoy Rahimova ukrainalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan cheklandi. O‘zbekistonlik sportchi jang davomida ustunlikka erishdi, ammo hakam tomonidan 2 marta ogohlantirilgani uchun g‘alaba ukrainalik sportchiga berildi.

Bundan tashqari, Madiyor Saidrahimov (92 kg.), Mujibillo Tursunov (-63,5 kg.) va Lazizbek Mullajonov (+92 kg) qozog‘istonlik raqiblari ustidan g‘alaba qozonishdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishing:

Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) 5:0;
-57 kg: Abdumalik Halokov — Vsevolod Shumkov (Rossiya) 5:0;
-80 kg: Odiljon Aslonov — Kromvil Kommi (Italiya) 4:1;
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Abzal Kuttibekov (Qozog‘iston) 3:2;
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Abzal Serik (Qozog‘iston) 5:0;
+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Nurlan Saparbay (Qozog‘iston) 5:0.

Ayollar:
-52 kg: Tursunoy Rahimova — Tetiana Kob (Ukraina) 1:4.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:00, 26.02.2022.
O'qildi: 3134 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик