Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ishqiboz Abdurahmon Fozilov va mamlakat fan-klubidagi do‘stlik

Ishqiboz Abdurahmon Fozilov va mamlakat fan-klubidagi do‘stlik

Baho:
+ | -

Nega ishqibozlar tajovuzkorlik ko‘rsatishadi? O‘zbekistonda birinchi futbol fan klubi qachon tashkil etilgan? Qichqirib turadiganlar nega kerak? O‘zbekistonning ashaddiy muxlislaridan biri – “Bunyodkor” jamoasi fan klubi raisi Abdurahmon Fozilov bilan shu va boshqa ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.

“G-o-o-o-l!” degan hayqiriqlar. muxlis uchun shunchaki adrenalin, hissiy zavq emas. Ayni damda stadionda bo‘lgan fuqarolar kundalik shov-shuvlardan aql bovar qilmaydigan ruhiy yengillik olishadi. Albatta, butun sport tribunasining kayfiyati bevosita bog‘liq bo‘lgan muxlislarsiz futbol bunday ajoyib sport turi bo‘lolmasdi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda o‘n minglab fuqarolardan iborat futbol jamoalarining 20 ta fan-klubi faoliyat yuritmoqda. Mamlakatdagi eng mashhurlaridan biri haqli ravishda 30 yilga yaqin umrini futbolga bag‘ishlagan 46 yoshli Abdurahmon Fozilovdir.

O‘zimiznikilarga ishqibozlik qilishni otam o‘rgatdi

"Sirk artisti bo‘lgan dadam menda futbolga mehr uyg‘otgan. Qayerda yashasak ham, meni o‘zi bilan birga stadionga olib borardi. O‘shanda Qo‘qonda yashardik va mahalliy "Qo‘qon temiryo‘lchilari" jamoasini qo‘llab-quvvatlardim”, deydi Abdurahmon Fozilov.

Qahramonimiz yoshligida qo‘llab-quvvatlagan jamoaning bugun nomi o‘zgargan – “Qo‘qon 1912”. Sarlavhadagi raqamlar oddiy emas - o‘zbek futboliga asos solingan yil. O‘shanda Qo‘qon va Farg‘onada jamoalar tashkil etilgan. Keyinchalik Andijon, Toshkent, Samarqandda futbol jamoalari paydo bo‘ldi.

Biroz vaqt o‘tgach, Abdurahmon Fozilov Toshkentga ko‘chib keldi va "Paxtakor" stadioniga tez-tez tusha boshladi. Qizig‘i shundaki, u faqat shu nomli jamoa futbolchilarini xalqaro o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlaydi, mahalliy jamoalar bilan o‘ynaganida esa, ularni olqishlaydi.



“Bu qarorga tasodifan kelganim yo‘q. Yoshligimda bir noxush voqea yuz bergandi: Qo‘qon va Toshkent jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda poytaxt muxlislari menga baqlajon otishdi. O‘ylashimcha, futbol o‘yinlarida tajovuzkorlikka o‘rin yo‘q. ayniqsa, poytaxt vakillari bo‘lishsa”, - deydi suhbatdoshimiz.

2008 yilgacha Fozilov ham minglab fuqarolar qatori shunchaki muxlislik qilgan va ilk fan-klublar tashkil etilgandan keyingina futbol ishqibozining hayoti o‘zgargan.

Oddiy muxlislikdan tortib professionallikkacha

"Hammasi shundan boshlandik, bir kuni marhum Mirabror Usmonov meni stadionda payqab qoldi. Senator, futbol federasiyasining sobiq prezidenti oddiy ishqibozni xonasiga taklif qildi. Hozirgacha yodimda: “O‘g‘lim, ikki haftadan so‘ng Toshkentda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida juda muhim futbol o‘yini bo‘lib o‘tadi, o‘yin esda qolarli bo‘lishiga ishonch hosil qilishimiz kerak”. U paytlar mamlakatda tribunalar tomonidan markazlashtirilgan fanklubi yo‘q edi. Uni tashkil qilish uchun 500 ta futbolka, bayroq va boshqa jihozlar so‘radim. Hozirgi “Bunyodkor” stadioni o‘rnida bo‘lgan tadbir yuqori saviyada o‘tdi. Futbolchilarimiz 3:0 hisobida zafar quchdi. Ertasi kuni esa yana Mirabror Usmonovning kabinetiga o‘tirdim, qilgan ishlarim yoqqanidan meni futbol federasiyasiga ishga taklif qildi. O‘shandan boshlab ta’bir joiz bo‘lsa, professional ishqibozlik faoliyatim boshlandi, – deydi Abdurahmon.

2008 yilda O‘zbekistonda birinchi fan klub – “Bunyodkor” jamosi qoshida ochilgan bo‘lib, unga hozirda Fozilov raislik qilmoqda. "Bunyodkor"dan keyin "Paxtakor", "Nasaf" va boshqalar o‘z muxlislari klublariga ega bo‘lishdi. Ulardan eng hayratlanarlisi ikki ming kishidan iborat Andijon klubidir. Darvoqe, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra “Andijon” jamoasi fan-klubi O‘zbekistondan eng yaxshisi deb topilgandi.

– Bu birinchi navbatda muxlislar klubi raisi Nodir To‘ychiyevning dirijyor kabi stadiondagi muxlislar faoliyatini muvofiqlashtirib borishidadir. Andijonliklarning sport shohsupasida chiqishlari ajoyib va ​​ahil ko‘rinadi,mamlakatda muxlislar ko‘p, lekin afsuski, yetakchilik qila oladigan tashkilotchilar kam Masalan, Namanganda muhim o‘yin oldidan 10 000 nafar tomoshabin futbolchilarni olqishlash uchun keladi, lekin ularda markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlashni tashkil eta oladigan odam yo‘q. – deydi 2021 yilda “O‘zbekistonning eng faol muxlisi” unvonini olgan Abdurahmon.



Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston fan-klublari vakillari boshqa sport turlari bo‘yicha sportchilarni ham qo‘llab-quvvatlashadi. Masalan, Toshkentda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida futbol muxlislari nafaqat o‘zbekistonlik, balki xorijlik sportchilarni ham olqishladi. Muxlislar mehmonlarni xorijiy qo‘shiqlarni kuylab xursand qilishdi.

Qoidaga ko‘ra, har bir o‘yin oldidan fan-klub vakillari qo‘llab-quvvatlash nafaqat kuchli, balki ajoyib bo‘lishi uchun tomoshabinlar tribunasida o‘z chiqishlari ssenariysi ustida o‘ylashadi. Aytish kerak, Fozilov shogirdlari buni yaxshi uddalashmoqda. Masalan, 2011 yilda Qatarda o‘zbekistonlik sportchilarni Osiyo chempionatida qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan sarkarda Amir Temur siymosini ko‘rgan xorijliklar xursand bo‘lgan edi. Bunday yorqin ko‘rinish uchun musobaqa tashkilotchilari Abdurahmon Fozilovatulga “Osiyoning eng yaxshi muxlisi” unvonini berishdi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda BAAda u yana ushbu unvonga sazovor bo‘lgandi.

Suhbatdoshimiz futbol ishqibozlarining xalqaro o‘yinlardagi ishtiroki mavzusini ko‘tarib, bunday sayohatlar davlat hisobidan har uch yilda bir marta, yirik sport tadbirlari vaqtida amalga oshirilishini ta’kidladi. Boshqa paytlarda, qoidaga ko‘ra, muxlislar o‘z hisobidan sayohat qilishadi. O‘rtacha bunday sayohat muxlislarga 1,5 ming dollar tushadi.

Muxlislar do‘stligi nima?

Har doim ham, barcha muxlislar ham bir-biri bilan do‘st emas. Fozilovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha fan-klub vakillari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar federasiya tomonidan yetarlicha e’tibor berilmayotgani, uning vakillari ba’zi klublar bilan yaqinroq do‘st bo‘lib, natijada futbolchilar bilan tez-tez xalqaro safarlarga chiqishlari sabab bo‘lmoqda.

"Shunday vaziyatni tasavvur qiling, samarqandlik muxlis Osiyo chempionatiga bordi, buxorolik muxlis bormadi. Buxoro va Samarqand futbol jamoalari stadionda to‘qnash kelganda janjal chiqadi. 2019 yilda barcha ishqibozlarni yig‘ishga qaror qildim. Va o‘zim bilan fan-klublarning 20 vakilini olib ketishga qaror qildim. Garchi faqat14 nafar ishqiboz borishi belgilangan bo‘lsa ham.Qayerdadir pul tejash, qayerdadin ko‘mak so‘rashga to‘g‘ri keldi. Ular birga yashagan vaqtlarda birgalikda O‘zbekiston termasini qo‘llab-quvvatlashdi, birga qayg‘urishdi, yaqin do‘st bo‘lishdi" – deya ta’kidlaydi Fozilov. (Eslatma: 2017 yildan 2019 yilgacha Fozilov biznes bilan shug‘ullangan va fan-klubga rahbarlik qilmagan).

Abdurahmon tajovuzkorlik kayfiyatida stadionga borganlarni qoralaydi. Shuningdek, u xorijda boshqa jamoani pastga uradigan qo‘shiqlar paydo bo‘lganini ham noto‘g‘ri deb hisoblashini ta’kidladi. Futbol millionlar o‘yini, u ommaga faqat yaxshi narsalarni olib kelishi kerak.

Futbol muxlisalari ko‘paymoqda

"So‘nggi paytlarda stadionda ko‘plab muxlisaqizlarni ko‘ryapmiz. Ularning ko‘pchiligi futboldan ko‘ra birorta o‘yinchini yaxshi ko‘rishadi.Bu yomon emas. Biroq, ba’zi qizlarga boshi bilan futbol olamiga sho‘ng‘ishidan oldin kelajak haqida o‘ylashni maslahat berardim. Sababi futbol ishqibozi bo‘lgan qizni kimdir kelinlikka tanlashi dargumon. Albatta, futbolga mehr qo‘yish, o‘yinlarga kelish juda yaxshi, lekin menimcha, ko‘pham ajralib turmaslik kerak, - deydi Abdurahmon.



Shu bilan birga, u ayol ishqibozlar, ayniqsa, yoshi katta muxlisalardan hayratda qolishini ta’kidladi.

Bunga Qarshining “Nasaf” jamoasining o‘ziga xos tumori bo‘lgan 69 yoshli Natalya Tokmovsevani misol qilib keltirish mumkin. Ayol sevimli jamoasining birorta o‘yinini o‘tkazib yubormaydi. Natalya Nikolayevna bir necha bor nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublika miqyosida ham eng yaxshi muxlis deb topilgan. Va bu haqiqat: u doimo stadionda - sovuqda ham, issiqda ham.

Eng qizig‘i, Qashqadaryoning, balki butun mamlakatimizning eng ashaddiy va tajribali futbol ishqibozi o‘zining pensiya jamg‘armasini ayamay, ikkilanmasdan “Nasaf” jamoasining navbatdagi mehmondagi o‘yiniga yo‘l oladi. To‘g‘ri, bundan oldin u har doim yangi qo‘shiq yozadi, va fanatlar uni yodlab olishadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlab o‘tmoqchiman, futbol ishqibozlari har xil, ammo barchasini futbolga muhabbat birlashtirib turadi. Va ular haqli ravishda futbolchilar uchun g‘alaba motivatoriga, haqiqiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

Manba: www.plov.press
Kiritildi: 18:26, 26.02.2022.
O'qildi: 2334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.