Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Suhbatdoshingiz so‘zlarini tekshiring: o‘zbek murabbiylar yolg‘on to‘qishganmidi?

Suhbatdoshingiz so‘zlarini tekshiring: o‘zbek murabbiylar yolg‘on to‘qishganmidi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda hamkasblarim bilan bir murabbiyning tarjimai holini muhokama qilib, unda, yumshoq aytganda, noaniqliklarni topdik. O‘sha shaxs o‘z nomiga aslida mavjud bo‘lmagan yutuqlar va lavozimlarni yozdirgan. Ammo ma’lumotlar intervyudan intervyuga ko‘chgani sari tasdiqlangan fakt holiga kelib qolmoqda...

***

- Ushbu mavzuda yodimga kelgan bir voqeani so‘zlab beraman. 2000 yili, internet atamasi kamchilikka tanish bo‘lgan kezlari «o‘rgimchak to‘ri»ga kirish hammaga ham nasib qilmagan. Bu esa, tabiiyki, tizimdan olinadigan ma’lumotlar sonini ham cheklagan. Natijada jurnalistlar «ilk gapiruvchilar»dan, voqealar ishtirokchilaridan ma’lumot olishga majbur bo‘lishgan. Ushbu holat xalqaro rasmiy musobaqalarga ham taalluqli.

2000 yili O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash turnirida qatnashgan, vakillarimiz joylashgan guruh o‘yinlari Nepalda o‘tkazilib, uchrashuvlar translyasiya qilinmagan, OFK saytida ham natijalar berilmagan (u payt OFKda sayt bo‘lganiga ham ishonchim komil emas). Xullas, musobaqa haqida ma’lumot olishning yagona yo‘li yurtimizga qaytgan murabbiylar bilan suhbatlashish edi. Ularning hikoyasi shunday bo‘ldi: «Biz yaxshi qatnashdik, 2ta o‘yinda g‘alaba qozondik, faqat mezbonlar bilan 0:0 hisobida durang o‘ynaganimiz sababli to‘plar nisbatiga ko‘ra, 2-o‘rinni egallab, yakunda Osiyo chempionatiga chiqolmadik». Ushbu intervyular matbuotda chop etildi, jadvallar arxivga kiritildi. Oradan bir oy o‘tib, futbol statistikasiga ixtisoslashgan saytlarning birida turnir natijalari e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Nepal termasi bilan durang o‘ynalmagan, balki 1:2 hisobida yutqazilgan ekan. Hayron bo‘lib, terma jamoalar bilan ishlash bo‘limining o‘sha paytdagi raisiga savol berdim: «Kimga ishonaylik - sizning gapingizgami yoki o‘sha saytgami?» Bunga javoban tabassumli sukutni oldim.

Oradan ikki yil o‘tib, Viktor Borisov O‘zbekiston yoshlar jamoasi bosh murabbiyi sifatida keyingi Osiyo chempionati saralashi doirasida Nepal termasi bilan o‘yinda qayd etilgan g‘alaba (12:0)dan  so‘ng shunday degandi: «Yigitlar o‘smirlar darajasidagi mag‘lubiyat uchun revansh olishni xohlashdi, buni uddalashdi». Demak, 2000 yili Nepal jamoasiga yutqazganimiz haqiqatga o‘xshaydi. Ammo mavzu shu bilan yopilmaydi. 2005 yili nav­batdagi Osiyo chempionati saralash turniri arafasida o‘sha 2000 yilgi o‘yin mezbonlar foydasiga 3:1 hisobida yakunlanganini aytib qolishdi. Ammo «Vikipediya» sahifasiga kirsangiz, to‘rtinchi variantga ko‘zingiz tushadi: 3:0 - Nepal termasi g‘alabasi.

Bularni yozishdan maqsad nima? Gap shundaki, faktcheking - jurnalistning asosiy quroli. Intervyuda aytilgan so‘zlar va faktlarni tekshirish darkor. Ayniqsa, hozir internet ma’lumot olish uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Faqatgina ushbu imkoniyatdan foydalanish xohishi bo‘lsa, bas.

Agar kimlardir rasmiy o‘yinlar natijasini aytish chog‘i yolg‘on ishlatgan bo‘lsa, boshqa voqealar haqida gapirishganida, haqiqatni kutmasa bo‘laveradi. Leonid Bronevoy qahramonlaridan biri aytganidek: «Bizning davrda hech kimga, ba’zan o‘zingizga ham ishonmasligingiz kerak».

***

- Darvoqe, 1990-2000 yillarda olimpiya sport turlaridan biri bo‘yicha O‘zbekiston termasi muntazam ravishda Yevropaga chiqib, ortga medallar va kuboklar bilan qaytardi. Biroq jamoa vakillari 40-o‘rinlarni olib, Olimpiadaga sira chiqisholmasdi. Aytishlaricha, o‘sha terma jamoa rahbarlari aslida medal va kuboklarni do‘konlardan sotib olishgan, musobaqalar natijalarini o‘ylab topishgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:40, 28.02.2022.
O'qildi: 2060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.