Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ularni eslab qoling! APLda porlayotgan bo‘lajak yulduzlar

Ularni eslab qoling! APLda porlayotgan bo‘lajak yulduzlar

Baho:
+ | -

 

Premyer-liga iqtidorli o‘yinchilarga to‘la va doimiy ravishda yulduz futbolchilarni o‘ziga jalb qiladi. Bunday fonda ajralib turish deyarli imkonsiz, ammo ushbu maqola qahramonlari 2021/2022 yilgi mavsumda kashfiyot bo‘la olishdi.

Jarrod Bouen (“Vest Xem”)

Devid Moyes boshchiligidagi "Vest Xem" kuchli to‘rtlik uchun kurashmoqda va ularning eng yaxshi futbolchisi Jarrod Bouen hisoblanadi. Yarim himoyachi “gol+pas” tizimi bo‘yicha Premyer-ligada 8+8, boshqa turnirlarda (Angliya kubogi va LE) 5 (4+1) ochko jamg‘argan.

2021/2022 yilgi mavsumda Bouen shu qadar yaxshi o‘yin namoyish etmoqdaki, hatto Yurgen Kloppni ham hayratda qoldirdi: "Menga Bouen juda yoqadi. Uyuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda va u Premyer-ligada o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘p vaqt svrflamadi. U allaqachon hayratlanarli darajada katta qadamlar tashlagan."

Xose Sa (“Vulverhempton”)

Ligadagi eng yaxshi darvozabon «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» yoki «Chelsi» klubi vakili emas. U “Vulverxempton” a’zosi. Top-klublar posbonlari albatta yaxshi. Xose Sa esa esa butunlay kashfiyot.

29 yoshli darvozabon Premyer-ligaga yozda keldi (“Olimpiakos”dan 8 million yevro evaziga), darhol chempionatga kirishib ketdi va yuqori darajadagi o‘yinlarni namoyish etmoqda.

Premyer-ligada Sa 84,2% zarbalarni (ligadagi eng yaxshi), barcha musobaqalarda - 81,9% qaytarmoqda. Bu dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Sa ning bu mavsumdagi o‘yini haqida sherigi Daniyel Podense shunday degan edi: “Sa shunchaki ajoyib. U menga raqib dahshatli hujum qilmaguncha gol ura olmasligiga ishonch beradi”. Ko‘rinishidan, u Jeyms Uord-Prouz tomonidan jarima zarbasidan urilgan golga ishora qilgan.

Emmanuel Dennis (“Uotford”)

"Uotford" deyarli "Norvich" kabi umidsiz, ammo ularda e’tirofga loyiq futbolchi bor. Hujumchi Emmanuel Dennis liganing eng yaxshi to‘purarlari beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi, garchi "Uotford" bu mavsumda Premyer-ligada atigi 25 marta gol urgan bo‘lsada. Jamoa gollarining 36 foizi nigeriyalik hujumchi hisobiga yozilgan. Dennis tez-tez assistentlik ham qiladi - 5 ta assist unga ligadagi eng yaxshi 10 nafar assistentga kirish imkonini beradi.

Aytgancha, Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin ham "Manchester Yunayted" va "Arsenal" nigeriyalik futbolchiga qiziqish bildirishgan, ammo “Bryugge” ochko‘zlik qildi (taklif qilingan 15 funt sterling o‘rniga 25 million funt sterling narx belgilagan). Natijada, shartnoma yaqinda tugashi sababli aktiv 3,4 million funt sterlingga "Uotford"ga o‘tdi.

Kristian Nyorgor (“Brentford”)

Brentford mavsum boshidan beri Premyer-liganing eng katta kashfiyotlaridan biri bo‘ldi. Daniyalik hujumchi, pressingda o‘ynash va to‘pga egalik qilish bo‘yicha liganing eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Ha, bunga “Brentford”ning o‘ta shiddatli o‘yini katta yordam berdi, ammo Nyorgorning o‘yinini qayd etmaslikning iloji yo‘q.

Brentford muxlislari Nyorgorni shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, ular hatto u haqida "Kristian Nyorgor - dunyodagi eng zo‘r futbolchi" degan so‘zlar bilan qo‘shiq aytishdi.

Konor Gallaxer (“Kristal Pelas”)

"Chelsi" ning yosh iqtidori keskin ko‘tarilish istiqbollarisiz navbatdagi (ketma-ket to‘rtinchi) ijaradagi futbolchisidir. "Kristal Pelas" yangi murabbiy Patrik Viyeyra bilan qayta qurishni boshladi, ammo Gallaxer tezda yangi tizimda porladi. Uning “gol+pas” tizimi bo‘yicha 13 (8+5) ochkosi, Tomas Tuxelning quvonchi (u “Konor “Chelsi” futbolchisi ekanligidan xursandman”, deb aytdi) va fantaziya boshqaruvchilari tomonidan minglab “layk”lar yig‘ildi.

Aytgancha, Gallaxer joriy mavsumda Premyer-ligada barcha “Chelsi” o‘yinchisidan ko‘proq gol urgan.

2021/2022 yilgi mavsumda quyidagi futbolchilar ham o‘zini ko‘rsata olmoqda:

Ris Jeyms ("Chelsi")

Armando Broxa va Tino Livramento (“Sautgempton”):

Mark Gehi (“Kristal Pelas”)

Jeykob Remzi (“Aston Villa”)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:09, 05.03.2022.
O'qildi: 2956 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.