Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

“Bavariya” o‘yinida pasayish kuzatilmoqda, bunga sabab nimada?

“Bavariya” o‘yinida pasayish kuzatilmoqda, bunga sabab nimada?

Baho:
+ | -

 

“Bavariya deganda ko‘plab futbol ishqibozlari ko‘z oldida o‘ta hujumkor va kuchli jamoa “gavdalanadi”. Lekin so‘nggi o‘yinlar “rekordmeyster”ning biroz pasayganini ko‘rsatmoqda. Raqib darvozasiga gol urib charchamaydigan dahshatli jamoaga nima bo‘lmoqda? Ularning sust o‘yin namoyish qilishiga sabab nimada? Quyida aynan shuning bir nechta ehtimoliy sabablarini ko‘rib chiqamiz.

O‘rtameyonalar “sindromi”

 Jamoa barqarorlikni va jismoniy holatini yuqori darajada ushlab turishi uchun albatta raqiblar ham shunga yarasha bo‘lish kerak. To‘g‘ri Bundesliga jamoalari kuchli, lekin “Bavariya”ga yetarli darajada emas. Aynan o‘sha raqiblar bilan o‘ynagan har qanday jamoa Chempionlar ligasida nisbatan darajasi o‘ziga teng klubga qarshi bahs olib borishda qiynalishadi. “Qizillar” yevropani zabt etishda qiynalishiga sabablardan biri aynan shu. Biroz tejamkor o‘yinga o‘rgangan jamoa yakunda kuchli raqibga qarshi yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishi qiyin bo‘lib qoladi. Bunga shunchaki yana bir yorqin misol bu – “PSJ”. Ushbu jamoalarni Yevropada tengsiz bo‘lishi uchun ichki liga raqiblarini kuchaytirib berishi kerak. To‘g‘ri “Bavariya” bir necha yil oldin ko‘hna qit’ada tengsiz topildi. Aslida bunga sabab karantin va bir uchrashuvdan iborat bahslar bo‘lganligi ko‘proq haqiqatga yaqin.

 Motivasiya – jiddiy qurol

Umuman olganda bu yaqoridagi sababning mantiqiy davomi hamdir. Yana o‘sha o‘rtameyonalar buning asosiy sababi. Ichki chempionatdagi ketma-ket g‘alabalar jamladagi motivasiyani deyarli o‘ldirgan. Jamoa biladiki, “qoqilib-qoqilib” bo‘lsa ham ular Bundesligani yuta oladi. Afsuski ichki chempionatdagi holat doim ham qit’a bo‘ylab o‘tadigan musobaqalarga ta’sir qiladi. O‘sha holatning yahshi bo‘lishi ham ko‘p narsani hal qila oladi. “Ayaks” yarim finalga yetib borgan mavsumni eslang. O‘shanda jamoa ichki chempionatda ham ohirgi turlargacha “PSV” bilan birdek ochko jamg‘argan. Yoki “Lion” “Manchester Siti”ni yarim final chiptasidan mosivo qilganda ham fransiyaliklar “PSJ” bilan chempionlik uchun kurashayotgan edi. Darhaqiqat o‘sha kurashning ta’siri tufayli “PSJ” yuqori formani saqlab qolgan holda “shalpangquloq” kubokning finaligacha bora olgan edi. Hech bo‘lmaganda “Borussiya Dortmund” “Bavariya”ga  etib olsa, jamoaning o‘sha vahshiyligini ko‘rarmidik?

O‘rganilgan uslub

Texnika va taraqqiyot rivojining futbolga ham ta’siri katta. Zamonaviy texnikalar jamoaning o‘yinlarini chuqur tahlil qilish imkonini bermoqda. “Bavariya” uzoq yillardan beri bir hil o‘yin uslubini saqlagan holda maydonga tushmoqda. Ba’zi murabbiylar ularning hujumkorliga yetarlicha javob qaytara olmoqda. Bitta misol Adi Xyutter. Uning jamoasi bir necha bor “rekordmeyster”ni taslim eta oldi. Ular shunchaki omad bilan bog‘liq g‘alabalar emas. Bunda murabbiyning ishi yaqqol ajralib turgan. Aks xolda hisob bunday yiriklashib ketmas edi.  Ammo, bu nisbiy qarash, shu tufayli fikrni faktga yo‘yish ortiqcha.

Jarohatlar “oyoqdan chalishi”

“Bavariya” 2-3 mavsum juda katta kuch bilan harakat qildi va bu futbolchilarning jismoniy holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Goreska va Devisning tarkibda yo‘qligi bilinmoqda. Kimmix lazaretda payti jamoa umuman boshqacha taktikada o‘ynadi. Jarohatdan qaytgan futbolchilar ham o‘z darajasiga chiqishi uchun vaqt kerak. Jamoada yo‘qotishlar ko‘p. Ammo hammasini nazorat qiluvchi Noyer bu dahshatli yo‘qotshdir. Balki, jamoa “Red Bull Zalsburg” to‘sig‘idan osonlikcha o‘tar, ammo keyingi bosqichda har bir yo‘qotishning o‘rni sezilishi tayin.

Albatta, jamoada o‘yin pasayishiga bundan boshqa sabab ham bo‘lishi mumkin. Lekin yo‘qoridagi sabablarning har biri jamoada kuzatilayotgandek go‘yo. Biz futbol ishqibozlari uchun esa hamma jamoa yuqori darajada o‘yin ko‘rsatgani, o‘yinlar tomoshabop bo‘lgani yaxshi. Chiroyli futboldan bahra olishning gashti bor.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:09, 05.03.2022.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.