"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska kelasi haftadan boshlab umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi, deya xabar berdi Bild.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli germaniyalik yarim himoyachi 2021 yilning 4 dekabr sanasida "Borussiya D"ga qarshi kechgan (2:3) Bundesliga o‘yinida jarohat olib safdan chiqqan edi. U 3 oylik tanaffusdan so‘ng yana umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi.