Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Anelka Messi va Ronaldu haqida: «Futbolchi faoliyatining cho‘qqisida yakunlashni bilishi kerak»

Anelka Messi va Ronaldu haqida: «Futbolchi faoliyatining cho‘qqisida yakunlashni bilishi kerak»

Baho:
+ | -

Fransiyalik sobiq futbolchi Nikolya Anelka ikki yulduz — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ular 15 yilda erishgan yutuqlaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsalar kerak. Ronaldudan ko‘ra meni ko‘proq Messi hayron qoldirdi. Leo Fransiya chempionatida maydon bo‘ylab shunchaki piyoda yursa kerak, Ronaldu esa APLda qiynalsa kerak deb o‘ylagandim. Chunki premyer-liga murakkab chempionat.

Futbolda bunchalik uzoq vaqt hukmronlik qiladigan o‘yinchilar bo‘lishiga ishonmayman. Ular 15 yil davomida boshqalardan oldinda bo‘lishdi. Hozir ularning o‘yinida pasayish ro‘y berayotgani normal holat.

Uzoq vaqt davomida o‘ynashni istagan har qanday futbolchi bilan bunday holat ro‘y beradi. Ular biroz aqlli bo‘lgan holda o‘zlariga: «Osonroq sinovni qabul qilganim yaxshiroq», deyishlari kerak edi.

Faoliyatining cho‘qqisida futbolni tugatish uchun to‘g‘ri qaror qabul qilish kerak. 32-34 yoshda futbolni tamomlaydigan o‘yinchilar bor. Tanqidlarga uchramasdan avval cho‘qqida yakunlash kerak. Men 36 yoshimda futbolni tugatdim, ammo 32 yoshimda Xitoyga jo‘nab ketdim», – dedi «Chelsi» klubi sobiq o‘yinchisi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:24, 17.03.2022.
O'qildi: 2367 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.