Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Nyukasl" "Roma" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Nyukasl" "Roma" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

TeamTalk nashrining Correira dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga “Nyukasl Yunayted” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "hakkalar" fransiyalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Nyukasl"dan tashqari, "Tottenxem" va "Milan" ham futbolchini kuzatib borishmoqda, ammo "yangi boylar" Veretu uchun kurashda favorit hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 2020 yildan buyon "Roma"da to‘p surmoqda, u "Fiorentina"dan 17,5 million yevro evaziga rimliklar safiga ko‘chib o‘tgan.

O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Veretu 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:42, 17.03.2022.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик