Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Aslida yulg‘ich kim - «Bavariya»mi yoki «Borussiya»?

Aslida yulg‘ich kim - «Bavariya»mi yoki «Borussiya»?

Baho:
+ | -

«Bavariya» himoyachisi Niklas Zyule yangi mavsumni myunxenliklarning ashaddiy raqibi - Dortmundning «Borussiya»si tarkibida boshlaydi. Qo‘shimchasiga, Bundestim a’zosi mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududiga erkin agent maqomida yo‘l oladi - amaldagi shartnomasi yozda tugaydigan futbolchi hozirning o‘zida kelishuvga erishib oldi. Dabdurustdan bu xabar o‘ta kamyob hodisadek eshitiladi, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transferlar esa, tez-tez uchrab turadigan oddiy voqeadek qabul qilinadi, to‘g‘rimi? Ha, Bundesliga grandini asosiy raqobatchilari, ayniqsa, «qovog‘arilar»ning yetakchi o‘yinchilarini sariq chaqa ham to‘lamagan holda tortib olish orqali zaiflashtirishda ayblashga odatlanib qolganmiz. Biroq aslida ham shundaymi? «Bavariya» «Borussiya»ning 5 nafar futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Yakka-yu yagona erkin agent - Robert Levandovski. Hayron bo‘lmang, bizning yozganimiz va sizning o‘qiganingiz xato emas, nemis futboli tarixida atigi 5 nafar futbolchi «Borussiya»dan «Bavariya»ga o‘tgan! Siz-u biz o‘ylaganimizga nisbatan juda kam. Ular qaysi o‘yinchilar? Sports.ru ular bilan tanishtiradi.

• MATS XUMMELS - 35 mln. yevro (2016)

Xummels «Borussiya» Dort­mund va Germaniyaning bosh himoyachisi edi: o‘sha davr­da undan mahoratliroq himoyachi bo‘lmagan, terma jamoada u Jerom Boatengdan ham ishonchliroq o‘ynardi. «Bavariya» mutasaddilari ulardan juftlik tashkil etishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, Mats bavariya-lik bo‘lib, Myunxenga yaqin hududda istiqomat qilardi. Biroq Xummels rekordmayster darajasiga ko‘tarila olmadi - o‘ta yorqin bo‘lmagan 3 yilni bazo‘r o‘tkazdi.

• ROBERT LEVANDOVSKI - erkin agent (2014)

Taajjubki, Dortmunddan Myunxenga tekinga o‘tgan hujumchi, yangi jamoasida eng muvaffaqiyatli o‘yinchiga aylandi. U hozirgi avlod vakillari orasidagi eng sermahsul to‘purarlardan biri bo‘lib turibdi. Garchi Bundesliga «klasiko»sida Marko Roys bilan ko‘z qisishib tursada, «Bavariya» safiga qo‘shilganidan afsusda emas.

• MARIO GYOTSE - 37 mln. yevro (2013)

Gyotseni «Bavariya» aynan shu azaliy raqibi bilan YECHLning Londondagi finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgan pallada xarid qilgandi. Tabiiyki, bu «Borussiya» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ldi, futbolchining o‘zi esa bir yildan so‘ng jahon chempioni unvoniga erishdi. Lekin 2 yildan keyin Myunxenga o‘tganiga afsuslandi. Hozirda 29ga chiqqan futbolchi PSVda to‘p surmoqda, ammo ko‘rinishidan, faoliyatini yakunlagandek.

• TORSTEN FRINGS - 9,25 mln. yevro (2004)

«Bavariya»ning navbatdagi omadsiz xaridi. Frings o‘zining eng muvaffaqiyatsiz mavsumini aynan «Alyans-Arena»da o‘tkazdi. Garchi jamoa u bilan 4 yillik shartnoma imzolagan bo‘lsada, mavsum yakunida «Verder»ga sotib yubordi.

• TOMAS XELMER - 3,75 mln. yevro (1992)

Bu futbolchi grand tarkibida 7 yil to‘p surdi, o‘yinlar soni bo‘yicha (190 va 191) Dortmunddagi ko‘rsatkichga deyarli yetib oldi. To‘g‘ri, samaradorlik borasida uni Robert Levandovski bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Lekin har holda, avvalgi saviya-sini yo‘qotib qo‘ygani ham yo‘q. 1996 yilda Xelmer Bundesmanshaft tarkibida Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

--------------------------

«Borussiya» ham «Bavariya»dan tez-tez futbolchilarni «o‘g‘irlab» turdi va ko‘pincha manfaatga erisholmadi. Bundesliganing ikki nomdor klubi o‘rtasidagi qarama-qarshi transferlar ham oz emas. Lekin ularning o‘ziga yarasha sabablari bor.

• NIKLAS ZYULE - erkin agent (2022)

Hozircha, oldi-sotdilarning oxirgisi. Ammo bunday ko‘lamdagi kelishuvlarning birinchisi: Germaniya terma jamoasining asosiy himoyachisi faoliyatining ayni gullagan davrida «Bavariya»ga kelmayapti, «Borussiya»ga ketyapti. Boz ustiga, tekinga. Bundan 5 yil avval myunxenliklar Niklas uchun «Xoffenxaym»­ga 20 mln. yevro to‘lagan edilar.

• MATS XUMMELS - 30,5 mln. yevro (2019)

Bu Xummelsning «Borussiya»ga uchinchi tashrifi. Kim uchundir yangilik, lekin haqiqat. 2008 yilda dortmundliklar uni ijaraga olishgandi, bir yildan keyin 4 mln. yevroga xarid qilishdi. 2019 yilda esa uni qaytarib berish evaziga 30 mln.dan ko‘proq tushumga ega bo‘lishdi. O‘shanda «Bavariya» Jerom Boatengning ketishiga tayyorgarlik ko‘rib, yangi xaridlarni amalga oshirayotgandi. Biroq Mats Jeromni ortda qoldirib, Dortmundga yo‘l oldi.

• MARIO GYOTSE - 22 mln. yevro (2016)

Gyotsening Myunxendagi faoliyati Xummelsnikidan ham omadsiz chiqdi. Nima bo‘lganda ham, Mats grandning asosiy himoyachisi edi va Dortmundga qaytishi ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Mario esa o‘z o‘rnini topa olmadi, «Borussiya»da ham «ketmoni uchmadi». Qisqasi, Mario avvalga saviyasini tiklay olmadi.

• SEBASTYAN RODE - 12 mln. yevro (2016)

Umidlarni puchga chiqargan kelishuv. Rode «Signal Iduna-Park»da atigi yarim yil to‘p surgan bo‘lsada, Dortmundni 2019 yilda tark etdi. Sababi - jarohatlar. Tayanch yarim himoya­chisi jiddiy shikastlanishlar oqibatida qariyb ikki yilni yashil maydon tashqarisida o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.

• KRISTIAN NERLINGER - erkin agent (1998)

«Bavariya»da 6 yil to‘p surgan va sovrinlarga sazovor bo‘lgan Nerlinger tez-tez maydonga tushsada, asosiy tarkibdan muntazam joy olishga erisha olmadi. «Borussiya»da esa, aksincha, sovrinlar ozroq bo‘lsada, o‘yin amaliyoti talab darajasida edi. U hatto terma jamoa murabbiylarining e’tiborini jalb etdi. Lekin jarohatlar hammasini barbod qildi.

• YURGEN VEGMAN - transfer qiymati ma’lum emas (1989)

«Borussiya»dan «Shalke» orqali «Bavariya»ga yo‘l olgan iqtidorli hujumchi ke-yin ort­ga qaytgan va Bundesligada 68ta (asosan «Borussiya»da) gol urgan. Biroq faoliyatidagi yagona chempionlik unvonini Dortmundga qaytish arafasida, «Bavariya» tarkibida qo‘lga kiritgandi.

• MIXAEYEL RUMMENIGGE - transfer qiymati ma’lum emas (1988)

Rummenigge (afsonaviy Karl-Xaynsning ukasi) ham Yevropadagi faoliyatining qoq o‘rtasida klubini o‘zgartirgandi. Myunxenliklar safidagi 6 yillik faoliyatida u 152ta, Dortmunddagi 5 yilda esa 157ta o‘yinda ishtirok etdi. Sermahsullik va sov­rinlar borasida «Bavariya»da yaxshiroq ko‘rsatkichlarni qayd etgan, o‘yin sifati va jamoadagi nufuzi bo‘yicha «Borussiya»dagi natijalari ustun - Ottmar Xitsfeld davrida u «qovog‘arilar» sardori sifatida jamoani maydonga olib tushgandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:34, 20.03.2022.
O'qildi: 1929 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.