Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

“El-klasiko” haqida ayrim statistika va faktlar bitta sahifada

“El-klasiko” haqida ayrim statistika va faktlar bitta sahifada

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionati 29-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuviga oid (0:4) qiziqarli ma’lumotlarni o‘qib chiqishingiz mumkin.

— “Barselona” XXI asrda 9 marta “Real”ni yirik hisobda yengdi. Madrid klubida bunday g‘alaba soni bitta;

— Pyer-Emerik Obameyang klasikoda dubl va bitta assist muallifiga aylandi, Ferran Torresda gol va assist bor, Usmon Dembele esa ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi;

— Obameyang “Real”ga qarshi ketma-ket 5 ta o‘yinda gol urgan XXI asrdagi ilk futbolchi bo‘ldi. Gabonlik futbolchi “Barsa” safidagi 8 o‘yinda 9 ta gol urdi;

— “Real” 2019 yilning martidan beri ilk bor “Barselona”ga yutqazdi. Bunga qadar madridliklar 5 marta g‘alaba qozongandi. Shuningdek, poytaxt jamoasi 2018 yildan beri birinchi marta klasikoda 4+ gol o‘tkazib yubordi;

— “Barselona” qatorasiga 12 o‘yindan beri yutqazmayapti — 9 g‘alaba, 3 durang. Katalonlar “Real”ning 5 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi;

— Xavi murabbiylik faoliyatida birinchi marta “el-klasiko”da zafar quchdi. Birinchisini yutqazgandi.

Manba: Telegram.me/Futgol_uz
Kiritildi: 13:49, 21.03.2022.
O'qildi: 2385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик