Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. 3-tur tahlili

Superliga. 3-tur tahlili

Baho:
+ | -

Amaldagi chempion «Paxtakor» 3-turdayoq ochko yo‘qotdi - liga debyutanti «Olimpik» «sherlar»ni o‘yin nuqtai nazaridan ham ancha qiynab qo‘ydi. 1:1 hisobida yakunlangan bahsda Temur Kapadze jamoasi hattoki, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishi ham hech gap emasdi, faqat yosh futbolchilarga hal qiluvchi pallada sovuqqonlik yetishmadi. Shuningdek, dastlabki 2ta o‘yinda 6 ochko olgan «Qizilqum» bu safar «Dinamo» bilan bahsda nursiz durangga ko‘ndi. «Navbahor» esa xuddi Termizda bo‘lgani kabi Elguja Grigalashvili va Zoran Marushichning gollari evaziga navbatdagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Farqi shuki, bu safar 2:0 hisobida. Diqqat, 3-turdan keyin turnir jadvalida 4ta jamoa 7tadan ochko bilan pesh­qadamlik qilmoqda. Ha, hozircha «intriga» joyida.

*** 3ta turdan so‘ng gol quvonchini tuymagan bitta jamoa qoldi - «Dinamo». To‘g‘ri, samar­qandliklar o‘z hisoblariga dastlabki ochkoni yozib qo‘yishdi.   

*** Elguja Grigalashvili («Navbahor») O‘zbekiston chempionatidagi 100-o‘yinini 36-goli bilan bezadi.

*** «Olimpik»ning Superligadagi tarixiy debocha goli Ruslan Jiyanov hisobiga yozildi.

*** Superliga-2022dagi birinchi «dubl» muallifi - Ibrohim Tomiva («Bunyodkor»).


TUR QAHRAMONI - IBROHIM TOMIVA

Yo‘q, «Bunyodkor» legioneri - Ibrohim Gbadamosi Tomivani Superliga-2022 hisobidan «dubl»lar hisobini ochgani uchungina tanlamadik. Nigeriyalik hujumchi «Lokomotiv»ga qarshi kechgan «Toshkent derbisi»da gollar urish barobarida na o‘zi tinim bildi, na «temiryo‘lchilar»ga tinchlik berdi. Xullas, Ibrohim hamisha voqealar markazida bo‘lishga urindi. Bu harakatlari samarasi - mavsumdagi birinchi «dubl»!


TUR IQTIBOSLARI

- VAR yo‘qligi pand berdi. Agar tizim ishlaganida, gol urilgan vaziyatda barchasiga oydinlik kiritilardi. Luisma Ernandes («Metallurg» bosh murabbiyi).

- Nazarimda, bugun 2 ochko yo‘qotdik. Balki durang adolatli natijadir, lekin bizda yaxshi imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Qisqasi, o‘yin jihatidan g‘alabaga loyiq edik. Temur Kapadze («Olimpik» bosh murabbiyi).

- Futbolda omaddan tashqari, sifat ham muhim. Predrag Rogan («Dinamo» bosh murabbiyi).

- Xato qilishimizda «Navbahor» muxlislari o‘rni ham bor. Davron Fayziyev («Qo‘qon-1912» murabbiyi).

- Asosisi, muxlislar ko‘zida quvonch ko‘rdik. Shuning uchun kerak bo‘lsa, kuniga 24 soat - ertalabdan tonggacha ishlashimiz zarur. Samvel Babayan («Navbahor» bosh murabbiyi).

- VAR ko‘p vaqt olmoqda, baribir. Demak, kamchilik bor. Denis Korostichenko («Lokomotiv» bosh murabbiyi).

- Oldimizga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo‘yilgan. Buni uddalashimiz shart. Hammasi hali oldinda. Ilhom Mo‘minjonov («Neftchi» bosh murabbiyi).

«METALLURG» - «SURXON» - 0:0

 «OLIMPIK» - «PAXTAKOR» - 1:1 (1:1)

 «DINAMO» - «QIZILQUM» - 0:0

 «NAVBAHOR» - «QO‘QON-1912» - 2:0 (1:0)

 «BUNYODKOR» - «LOKOMOTIV» - 2:1 (0:0)

 «NEFTCHI» - «SO‘G‘DIYONA» - 1:2 (0:2)

 OKMK- «NASAF»  o‘yini qoldirildi.

 

TUR STATISTIKASI

O‘yin: 6

Gol: 10 (o‘rtacha: 1,66...)

Tomoshabin: 20358 (o‘rtacha: 3393)

Mezbonlar g‘alabasi: 2

Mehmonlar g‘alabasi: 1

Durang: 3

Yirik hisobli g‘alaba: -

Eng  sermahsul o‘yinlar: «Bunyodkor» - «Lokomotiv», «Neftchi» - «So‘g‘diyona» (3tadan gol)

Ogohlantirish: 30 (o‘rtacha: 5)

Chetlatish: 2 (o‘rtacha: 0,28...)

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Olimpik» - «Paxtakor» (5ta sariq } 2ta qizil kartochka)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Navbahor» - «Qo‘qon-1912» (12870)

Penalti: 2 (samarali)

«Dubl»: 1 (Ibrohim Tomiva, «Bunyodkor»)

«Xet-trik»: -

Avtogol: 1 (Avazbek O‘lmasaliyev, «Bunyodkor»)

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-yatT-NOchko
1 Qizilqum 3 2 1 0 5-1 7
2 Navbahor 3 2 1 0 4-1 7
3 Paxtakor 3 2 1 0 4-1 7
4 So‘g‘diyona 3 2 1 0 3-1 7
5 Metallurg 3 1 2 0 2-1 5
6 Bunyodkor 3 1 1 1 3-4 4
7 Neftchi 3 1 0 2 2-3 3
8 Lokomotiv 3 1 0 2 3-5 3
9 Qo‘qon-1912 3 1 0 2 1-3 3
10 Nasaf 2 0 2 0 1-1 2
11 Olimpik 3 0 2 1 1-2 2
12 Surxon 3 0 2 1 1-2 2
13 Dinamo 3 0 1 2 0-3 1
14 AGMK 2 0 0 2 1-3 0

TO‘PURARLAR:

Dragan Cheran («Paxtakor») - 2ta

Elguja  Grigalashvili («Navbahor») - 2ta

Zoran Marushich («Navbahor») - 2ta...


4-TUR O‘YINLARI

31 mart (payshanba)

18:30 «QO‘QON-1912» - «METALLURG»

19:00 «BUNYODKOR» - «DINAMO»

1 aprel (juma)

18:30 «QIZILQUM» - «NEFTCHI»

18:30 «SURXON» - AGMK

19:00 «PAXTAKOR» - «NAVBAHOR»

2 aprel (shanba)

18:30 «LOKOMOTIV» - «NASAF»

18:30 «SO‘G‘DIYONA» - «OLIMPIK»

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:24, 22.03.2022.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.