Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mahmud Daud jamoada qolishi mumkin.
Sport1 nashri xabariga ko‘ra, nemis klubi 26 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Shartnoma tafsilotlari noma’lumligicha qolmoqda, biroq u tez orada yangi shartnoma imzolanishi kerak.
Joriy mavsumda Daud Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.