Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Xoland aprelda o‘z kelajagi haqida qaror qabul qiladi. Futbolchi uchun kurashda qaysi jamoalarning imkoniyati yuqori?

Xoland aprelda o‘z kelajagi haqida qaror qabul qiladi. Futbolchi uchun kurashda qaysi jamoalarning imkoniyati yuqori?

Baho:
+ | -

Yevropaning bir qator nashrlari 10 kun ichida Erling Xoland o‘z kelajagi haqida qaror qabul qilishi haqida xabar qilishdi. Norvegiyalik futbolchiga uchta da’vogar bor – «Real», «Barselona» va «Manchester Siti». Bu klublarning barchasi futbolchi bilan muzokara olib borgan va uning qarorini kutishmoqda.

BBC nashri ma’lumotlariga ko‘ra, har uchala klub ham taxminan bir xil moliyaviy takliflar bilan chiqishgan va endi hammasi Xolandni qaysi loyiha boshqalarga qaraganda ko‘proq jalb qilganiga bog‘liq. Keling, hozir shu holatni biroz tahlil qilishga harakat qilib ko‘raylik va Erling qaysi jamoada top darajadagi futbolchiga aylanishi, hamda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.  

Xoland qanday o‘ynaydi

Xolandning ma’lum bir jamoadagi o‘yini haqida taxmin qilishdan oldin, uning o‘yin uslubi, shuningdek, kuchli va zaif tomonlari aniqlashimiz kerak. Erlingning o‘ziga xos xususiyatlari hammaga ma’lum - u goleador, shu bilan birga norvegiyalik juda harakatchan hujumchi. Erling o‘yin paytida paslarni qabul qilishni va raqiblarni katta tezlik evaziga ortda qoldirishni yaxshi ko‘radi.

  •    Xoland darvozaga ko‘p zarba yo‘lladi. Ammo norvegiyalikni egoist (qizg‘onchiq) deb atash mumkin emas, chunki jarima maydonchasiga uzatmalar ham aynan unga beriladi.
  •    Erling ajoyib natija ko‘rsatmoqda. Buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi – npxG (penaltidan tashqari kutilgan gollar) ma’lumotlariga ko‘ra, Xolandning foiz nisbati 99 ni tashkil etadi, bu esa u gol urish imkoniyatlari bo‘yicha Yevropada 1-o‘rinni egallab turganini anglatadi. So‘nggi 3 mavsumda Erling doimiy ravishda kutilganidan ko‘proq gol urdi.
  •    Jamoaviy o‘yin borasida hamma narsa noaniq. Bir tomondan, Xoland golli uzatmalar bo‘yicha Yevropadagi eng yaxshi 3 ta hujumchilari orasida bo‘lsa, boshqa tomondan, aniq zarba berishga olib keladigan harakatlari (pas, dribling) uchun foizli ko‘rsatkichi 68 ni tashkil qiladi. Ya’ni Xoland muvaffaqiyatli o‘ynab, golli uzatmalarni amalga oshira oladi, biroq shu bilan birga u kombinasion o‘yinlarda sust harakat qiladi.
  •    Buni boshqa statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Har bir o‘yinga aniq uzatma berish bo‘yicha Xoland top-5 ligadagi markaziy hujumchilarning 62 foizidan ortda qolmoqda.
  •    Havoda kechadigan kurashlardagi natijalari ham yaxshi emas. Erling har bir o‘yinda o‘rtacha 2,35 marta ikkinchi qavatda g‘alaba qozonadi, ya’ni 58 foiz. Norvegiyalik futbolchining bo‘yi 94 santimetr, ammo so‘nggi uch mavsumda u boshi bilan atigi 5 ta gol urgan. Xoland to‘pni tanasi bilan yashirishni biladi, lekin baribir havodagi kurashda norvegiyalikning natijalari juda past.
  •    Xoland juda harakatchan va samarali hujumchi ekanligi ta’kidlanadi. Bu to‘g‘ri, lekin Erlingning pressing paytida yaxshi futbol ko‘rsata olmasligini ham ta’kidlash kerak. Uning pressing harakatlaridagi foizi bor-yo‘g‘i - 27. Lekin shuni yodda tutish kerakki, «Borussiya» prinsipial jihatdan pressingga yuqori darajada urg‘u bermaydi va nazariy jihatdan Xolanddan bu talab qilinsa, futbolchining natijalari ham yaxshilanishi mumkin!
  •    Muhim jihat - Xolandning statistikasini «Borussiya» uslubidan ajratib bo‘lmaydi. Dortmundda vertikal futbol o‘ynashadi, bu Erlingga juda mos keladi va uning eng yaxshi fazilatlarini namoyon qiladi. Bu bir tomondan, Erling qisqa to‘p uzatadigan va to‘pga egalik qilishga urg‘u beradigan jamoada moslashishi qiyinroq bo‘lishini anglatadi. Boshqa tomondan, u endigina 21 yoshda va uning o‘yini rivojlanishiga shubha yo‘q. 

«Barselona»

2021 yil dekabr oyida «Barsa» prezidenti Joan Laporta Xolandning agenti Mino Rayola va uning otasi Alf-Inge bilan uchrashdi. Ispaniya matbuoti muzokaralar ijobiy tomonlama yaxshi bo‘lganini yozdi. Bundan tashqari, Rayola Laporta bilan uzoq yillardan beri iliq munosabatda va bu transferning amalga oshish ehtimolini oshiradi.

Ammo baribir «Barselona» futbolchi uchun kechadigan kurashda raqobatchilardan yomonroq holatda qolgan. Avvalo, buning sababi og‘ir moliyaviy ahvol va keyingi mavsum uchun maoshning past to‘lanishi (atigi 144 million yevro) tufayli bo‘lmoqda. Bundan tashqari, Pyer-Emerik Obameyang hozir «Barsa»da ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U Holand kabi bir xil pozisiyadagi hujumchi. Jamoada bu turdagi hujumchilarni ko‘payishidan unchalik ma’no yo‘q, chunki «Barsa» norvegiyalikning transferi uchun bor kuchini sarflamoqchi bo‘lsa, ular Obameyang haqida ham o‘ylashlari kerak bo‘ladi.

Hozircha «Barselona» taklif qilgan shartnoma har tomonlama «Manchester Siti» va «Real»dan pastroq, ammo buning evaziga kataloniyaliklar Xolandga jamoaning asosiy yulduzi maqomini taklif qilishga tayyor. Erling juda ambisiyali futbolchi va bu darajadagi klubda asosiy prima roli uni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Madridda u hech bo‘lmaganda Mbappe va Benzema bilan, «Siti»da De Bryuyne bilan maqomda raqobatlashishi kerak.

«Barsa»ning uslubiga kelsak, hozir taxmin qilish qiyin. Xavi moslashuvchan murabbiy ekanligini isbotladi. Obameyang murabbiyning uslubiga tezda ko‘nikdi va ehtimol Xoland ham bunga mos tushadi.

 

«Real»

Ha, «Real Madrid» yetakchilarining yoshi asta-sekin o‘tib bormoqda, ammo ular hozir ham Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkinligini amalda isbotlamoqda. «Real Madrid»da barcha pozisiyalar yaxshilangan va Anchelotti o‘yinining tamoyillari har qanday futbolchiga mos keladi.

Modrich, Kroos va Alaba Erlingga ajoyib paslar bersa, Vinisius va Mbappe (Kilian yozda Madrid klubiga o‘tishiga shubha yo‘q) qanotlarda unga yordam berishadi.

Boshqa tomondan, mantiqiy savol tug‘iladi - Karim Benzema bilan holat qanday kechadi? Sababi u hozirda eng yaxshisi bo‘lmasa ham, Yevropaning eng zo‘r markaziy hujumchilaridan biri hisoblanadi. Ha, Benzema 34 yoshda, ammo bu degani fransuz zaxiraga mixlanadi yoki boshqa jamoaga ketadi degani emas. Chunki hozirda Karim ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va bu madridliklar rahbarlarini yana bir o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi aniq.

 

«Manchester Siti»

Xoland uchun qiziqarli va oldindan hech narsani taxmin qilib bo‘lmaydigan variant hisoblanadi. Pep Gvardiola bilan ishlash — har bir, har qanday futbolchining kelajakdagi faoliyati uchun ajoyib saboqdir.

«Siti»ga o‘tish — Xoland uchun ajoyib voqea. Uning otasi Alf-Inge 3 mavsumni «shaharliklar» tarkibida o‘tkazgan va Roy Kinning o‘ta qo‘pol o‘yinidan so‘ng faoliyatini tugatishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, Xoland Premyer-liga futboliga mos o‘yinchi ekanligi taxmin qilinadi.

Ammo savol tug‘iladi - hozirgi «Manchester Siti»ga bunday turdagi forvard kerakmi? Gvardiola qo‘l ostida «shaharliklar» klassik markaziy hujumchisiz o‘yin namoyish etadi. Pep qo‘l ostidagi birinchi mavsumda «Siti» Jeko, Yovetich va Boni bilan xayrlashdi, keyingi yili ular Ixenachoni sotishdi. Gvardiola qo‘l ostidagi Manchester klubida Aguerodan tashqari faqat Gabriel Jezus qoldi.

O‘tgan mavsumlarda «Manchester Siti» 4-3-3 va 4-1-4-1 sxemalardan foydalanadi, bunda hujumchi rolini hujumchi emas, balki har qanday futbolchi egallashi mumkin. Pep qanot yarim himoyachilari Grilish va Sterlingni hamda markaziy yarim himoyachilar De Bryuyne va Fodenni soxta hujumchi sifatida sinab ko‘radi. Markaziy hujumchining yo‘qligi «Siti»ning o‘yiniga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi - o‘tgan mavsumda ular Premyer-ligada 88 ta gol urishdi.

Demak, savol tug‘iladi - Gvardiola nega Xoland bilan shartnoma imzolashi kerak?!  Bir tomondan, Pep tajriba o‘tkazishni va o‘z jamoalarini rivojlantirishni yaxshi ko‘radi. Shu bois, «Siti» uzoq vaqtdan beri bo‘sh qolayotgan pozisiyayem to‘ldirishga harakat qilmoqchi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 11:56, 25.03.2022.
O'qildi: 5475 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.