«Lasio» moliyaviy muammolarga duch keldi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Vaziyatni yaxshilash uchun «burgutlar» o‘zlarining eng yaxshi futbolchilaridan biri - yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichni sotishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, «Lasio» serbiyalik futbolchining transferidan 80 million yevro ishlab olmoqchi.
E’tiborlisi, Milinkovich-Savich anchadan beri Rimdan ketmoqchi bo‘lib turgan edi. «Lasio» yarim himoyachisiga asosiy davogarlar «PSJ» va «Manchester Yunayted» hisoblanadi.