Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Jamoaning o‘n ikkinchisi bo‘ling!

Jamoaning o‘n ikkinchisi bo‘ling!

Baho:
+2 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kimlargadir tanish, yana kimlar uchundir begona bo‘lgan "o‘n ikkinchi o‘yinchi" iborasi nimani anglatadi o‘zi? Javob oddiy, o‘n ikkinchi o‘yinchi — maydon tashqarisidagi alohida bir jamoadir, bu muxlislar jamoasi. Agar siz kitobni PDF shaklida telefon yoki boshqa elektron uskuna orqali o‘qisangiz (sizning uskunangiz qanchalik zo‘r bo‘lmasin) baribir qog‘oz kitobni o‘qigandek bo‘lmaysiz. Chunki, (qog‘oz) kitobning o‘zgacha ifori, varaqlarining shitirlashi kishining zavqini keltiradi. Muxlislik ham xuddi shunday.Siz uyingizda ham xuddi shu o‘yinni ko‘rishingiz mumkin, lekin siz maydondagi adrenalin, muxlislarning suyuklilarini qo‘llab-quvvatlashi, futbolchilar ko‘rsatayotkan shiddat va temir butsalar ostida bosh ko‘tarib turgan maysalarning iforidan bebahra qolasiz.

Endi qad rostlab kelayotgan novda suvga qanday muhtoj bo‘lsa, futbolchilar ham muxlislarga shunchalik muhtojdir. "Barcelona" yulduzi Pedri "Galatasaroy"ga qarshi o‘yindan so‘ng intervyusida ajoyib bir gapni aytib o‘tdi: "Men umrimda hali bunchalik bosim (muxlislar bosimi) ostida o‘ynamaganman". "Galatasaroy" "Barcelona"ni ellik ming kishi bilan to‘lib-toshgan maydonda "Jahannamga xush keldingiz" deb yozilgan "bannerlar" bilan kutib oldi. Ta’kidlab o‘tish joizki, "Barcelona" bu katta qozonda yaxshigina qovurildi, qiyinchiliklarga duch keldi.



Bundan 2 kun avval O‘zbekiston milliy jamoasi "Navruz Cup-2022" musobaqasida ishtirok etdi va qo‘shni Qirg‘iziston terma jomoasi ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. G‘alabaga sabab bo‘lgan asosiy omil bu — SIZ, ya’ni muxlislar deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi! Chunki, Qirg‘iziston o‘yinni boshida hisobni ochib olgach chuqur himoyalanishga o‘tdi. Bu esa har qanday jamoani tinkasini quritadi. Qirg‘izlar 2 qavatli himoya orqali juda tartibli o‘yin ko‘rsatishdi. Futbol atamasi bilan aytilsa "avtobus" qo‘yishdi. Bunday chuqur himoyani yorib o‘tish juda katta kuch talab qiladi. Lekin futbolchilarimiz toliqishmadi, "Markaziy" stadionidagi muxlislar ularni toliqtirishmadi. Futbolchilar yigirma ikki ming muxlis qarshisida mag‘lub bo‘lishga haqqi yo‘q ekanligini tushunib yetishdi. Natijada ularni tashlab qo‘ymagan muxlislar uchun naqd uchta golni tortiq qilishdi.



Angliya yashil maydonlarida, garchi jamoa yirik hisobda yutqizayotgan bo‘lsa-da, muxlislar o‘yinning oxirigacha qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi. Futbolchilar esa hisobni tenglashtira olishga kuchlari yetmasligini bilsalar ham, o‘z muxlislari uchun bor-budini tashlaydi. Hozirda futbol taraqqiy etgan davlarlarni barchasida "o‘n ikkinchi jamoa" juda yaxshi ishlaydi, shuning uchun ularda futbol ham yuqori darajada.Olinadigan xulosa shuki: Futbol — muxlislar uchun o‘ynaladigan o‘yindir! Bu o‘yinni siz va biz rivojlantiramiz!

Avazbek Mirsaitov

Kiritildi: 14:53, 27.03.2022.
O'qildi: 1893 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик