Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Bolalar uxlab yotgan paytda uyga bostirib kirishdi". Futbol yulduzlari borgan sari o‘g‘rilar qurboniga aylanishmoqda

"Bolalar uxlab yotgan paytda uyga bostirib kirishdi". Futbol yulduzlari borgan sari o‘g‘rilar qurboniga aylanishmoqda

Baho:
+ | -

Nima bo‘lmoqda va bunga qanday qarshi turish kerak?

Noxush tendensiya shundan iboratki, Yevropa klublari, ayniqsa ingliz klublari futbolchilarining uylari ommaviy ravishda o‘g‘rilar tomonidan tunab ketilyapti. Qimmatbaho buyumlar olib ketiladi, futbolchilar kaltaklanadi va ularning yaqinlari xavotirda. Tabiiyki, bu ularning nafaqat farovonligiga, balki psixologiyasiga, natijada futbol o‘yiniga ham ta’sir qiladi.

Trendning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘g‘irliklar tez-tez sodir bo‘lmoqda va bosqinchilarning usullari yana-da tajovuzkor bo‘lib bormoqda.

2 kun avval, 1 aprel kuni Rimda “Lasio” futbolchisi Raul Moroni : polisiyachilar qiyofasida bo‘lgan o‘g‘rilar mashinasini to‘xtatib, futbolchi va uning otasini kaltaklab, pullari va soatlarini tortib olib, qochib ketishgan. Tez orada mashina topildi, o‘g‘rilarni qidirish davom etmoqda. Va bunday futbol-kriminal yangiliklar muntazam ravishda ko‘payib bormoqda.

Bekxem hamma uxlab yotganida talon-taroj qilindi

30 martdan 31 martga o‘tar kechasi afsonaviy angliyalik futbolchi, uning rafiqasi va 10 yoshli qizi uxlab yotganida, ularning London g‘arbidagi qasriga o‘g‘rilar tushdi. Niqobli o‘g‘ri deraza orqali bo‘sh mehmon yotoqxonasiga kirib, minglab funt sterling turadigan dizayner aksessuarlari va elektronikasini olib chiqib ketgan.

Pol Pogbaning JCH-2018 medali o‘g‘irlab ketildi

Yaqinda Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan “Yunayted” – “Atletiko” (0:1) o‘yinida uning uyi o‘g‘irlangan – ya’ni jinoyatchilar futbolchining uyda bo‘lmasligini bilishgan. Biroq, u yerda enagasi bo‘lgan futbolchining bolalari bor edi: u o‘g‘irlik ovozlarini eshitib, futbolchining xotini va xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi va bolalar bir xonaga qamalib olgan.

“Qo‘rqinchli tush sodir bo‘ldi: bolalarimiz o‘z xonasida uxlayotgan paytda uyimizga o‘g‘ri tushdi. Jinoyatchilar besh daqiqadan kamroq vaqt ichida ichkarida bo‘lishdi, lekin o‘sha vaqt ichida ular uyimizdagi hamma qimmat narsani olib ketishdi”, deydi Pogba.

Fransiyalik yarim himoyachi, shuningdek, qaroqchilarni topishda yordam bergan har bir kishiga mukofot taklif qildi va u his qilganlarini hech kim his qilmasligini istadi: "Bu dunyoda farzandlaringizni himoya qilish uchun u yerda bo‘lmaslikdan yomonroq tuyg‘u yo‘q".
O‘g‘rilik natijasida yetkazilgan zarar: Uch noma’lum shaxs uning onasining taqinchoqlari va Jahon kubogi medali bo‘lgan seyfini o‘g‘irlab ketishdi.

O‘g‘rilar Joau Kanseloning yuziga musht tushirdi

Yangi yil oldidan to‘rt nafar noma’lum shaxs portugaliyalik himoyachiga Manchesterdagi uyida hujum qilib, uning barcha qimmat buyumlari olib, kaltaklagan. Shu bois Kanselu o‘z ijtimoiy sahifasida yuzidagi yaralar aks etgan suratni ilova qildi.

Himoyachi qaroqchilarni qo‘rqoqlar deb atagan, shuningdek, ular uning oilasiga ham ziyon yetkazmoqchi bo‘lishganini aytgan. “Qanday qilib bunchalik yomon bo‘lishingiz mumkinligini bilmayman. Hayotimdagi yana bir to‘siqni yengib o‘taman”, - deb yozgan futbolchi.

Italiyada qaroqchilik haftaligi

2021 yil dekabrida Italiyalik futbolchilarninh uylariga ommaviy tarzda o‘g‘rilar hujumi kuzatildi.

“Inter” yarim himoyachisi Stefano Sensining uyiga o‘g‘rilar “Torino”ga qarshi uchrashuv vaqtida oshxona oynasidan kirishgan va natijada futbolchiga tegishli bo‘lgan 200 ming yevro miqdoridagi buyumlarni olib ketishgan.

“Udineze” klubining sobiq hujumchisi Antonio Di Natalening rafiqasi, bolalari va qaynotasi bilan oilaviy kechki ovqat paytida uyiga niqobli qurollangan jinoiy guruh bostirib kirgan. Qaroqchilar uy yaqinidagi butalar orasiga yashiringan: ular Di Natale oilasi a’zolaridan biri uyga qaytishini va eshik ochilishini kutishgan. Keyin jinoyatchilar ichkariga bostirib kirishgan. Ular pichoq bilan tahdid qilib, taxminan 30 000 yevro turadigan Rolex soatini futblochidan tortib olishgan.

Qaroqchilar “Napoli” hujumchisi Adam Unaning garajiga skuterda kirib kelishdi. Bu janubliklar A seriyaning 18-turi doirasidagi o‘yin uchun Milanga jo‘nab ketishidan sal oldin sodir bo‘ldi. Italiya OAVlarining yozishicha, ikki o‘g‘ri futbolchini elit Posillipo tumanidagi uyi yonida kutib turib, uning ortidan garajga kirib ketgan. Zarar - qimmatbaho buyumlar, shu jumladan 5 ming yevroli zanjir.

"Jenoa" darvozaboni Salvatore Sirigu "Lasio" bilan o‘yin vaqtida uyiga bosqinchilar kirgan. Uni “Akrobatlar” nomli jinoiy guruh talon-taroj qilgan. Ularga uylarning derazalariga quvurlar orqali chiqishganliklari uchun shunday laqab qo‘yishgan. Sirigu uyida signalizasiya chalingan, ammo uydan oltin va kumush taqinchoqlar olib chiqib ketilgandan keyin polisiya yetib kelgandi.

O‘sha "akrobatlar" Ashraf Hakimiyning uyini ham talon-taroj qilishdi.

Futbolchilar o‘zlari qanday himoya qilyapti?

Ular katta itlarni sotib olib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatishyapti va "Ogoh bo‘ling, uyni yovuz it qo‘riqlaydi", kabi post qoldirishmoqda. “Manchester Siti”dan Kayl Uoker, “Lester”dan Jeymi Vardi va “Tottenxem”dan Dele Alli xudi shunday qilishgan.

Bundan tashqari kameralar o‘rnatilib, shaxsiy qo‘riqchilar yollashmoqda. Kameralar faqat talonchilikni qanday bo‘lganini ko‘rishga yordam beradi, lekin uning oldini olish uchun emas. Masalan, “Chelsi” himoyachisi Ris Jeyms uyi hovlisidagi kameralardan olingan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi – biroq uning medallari (chempionat oltini va yevro kumushi) baribir g‘oyib bo‘ldi.

Bu borada eng yaxshi yechim shaxsiy qo‘riqchilarni yollash bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 21:24, 03.04.2022.
O'qildi: 2243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.