"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman yana futbolga qaytmoqda.
Telegraaf nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Kuman Niderlandiya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha mamlakat futbol federasiyasi bilan kelishuvga erishdi. U 2023 yilning yanvaridan boshlab yana milliy jamoaga murabbiylik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda "lolalar yurti" vakillarini Lui van Gal boshqarib bormoqda. U JCH-2022 yakuniga yetganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi.